Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ulardagi o'xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ulardagi o'xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy 
munosabatlardan farqli ravishda, kapitalistik munosabatlar 
jamiyatning har bir a’zosi uchun teng imkoniyatlar ochishi bilan 
xarakterlanadi. Yangi sharoitda endi insonning ijtimoiy kelib chiqishi 
emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi uning taqdirini va 
jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rinadiki, yangicha ijtimoiy 
munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o‘zgartirdi, shaxs endi 
o‘zini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va o‘zining hayotiga faol 
ta’sir ko‘rsata oladigan unsur sifatida anglay boshlaydi. Shaxs


maqomining o'zgarishi bilan feodal-monarxik tartiblaming eskirgani, 
jamiyat hayotini isloh etish zarurati tobora ravshan ko‘zga tashlana 
boradi. Yevropaning qator mamlakatlarida ayni shu xil sharoit yuzaga 
kelganida maydonga chiqqan harakat ma’rifatchilik harakatidir.
Ma’rifatchilik harakatining ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan uzviy 
bog'liqligini shundan ham ko'rsa bo'ladiki, uning g'oyalari Yevropa 
mamlakatlarining hammasiga bir paytda emas, konkret mamlakatda 
buning uchun mos ijtimoiy sharoit yuzaga kelgandagina yoyilgan: 
awal Angliyada, keyinroq Fransiyada, so'ng Germaniyada 
(ma’lumki, jadidchilik g'oyalarining Qrim, Tatariston, Ozarbayjon, 
Turkiston hududlariga yoyilishida ham shunga o'xshash holni 
kuzatish mumkin: ularning har birida g'oyaning o'zlashishi va 
ommalashuv darajasi turlicha bo'lgan). Jadidchilikka o'xshab, Yevropa 
ma’rifatchiligining ham yagona harakat dasturi bo'lgan emas, har 
ikki harakat ichida ham qarashlar turlichaligi (biroz konservativroq 
qarashlardan to radikal qarashlargacha) mavjud edi. Ma’rifatchilar 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling