Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Adabiyotshunoslikda «adabiy jarayon» atamasi tor va keng


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Adabiyotshunoslikda «adabiy jarayon» atamasi tor va keng 
ma’nolarda qo'llanadi. Keng ma’noda qo‘llanganda adabiy jarayon 
atamasi badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga 
qadar davom qilib kelayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi. 
Tor ma’noda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy jarayoni, 
undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan bogMiq barcha 
narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Masalan, XX asr 
boshlaridagi Turkiston adabiy jarayoni deganda, o‘sha davr adabiy- 
ijtimoiy hayoti (ya’ni unda faoliyat ko‘rsatgan ijodkorlar, ulaming 
o‘zaro munosabatlari; jamiyat hayotida yetakchilik qilayotgan g'oyalar, 
ijtimoiy maqsad va intilishlar va h.k.), davming xarakterli adabiy- 
estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik 
tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo boMishi, 
adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va h.k.), 
adabiyotning u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko'rsatgan 
ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy- 
ma’rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy an’ana va yangilik 
munosabati) 
- qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita 
aloqador bo'lgan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha 
kechayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon 
kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, 
umummadaniy va umumma’rifiy rivojlanishi bilan baqamti 
kechayotgani ko'riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr 
adabiy hodisalarini o'rganganda, ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling