badiiy adabiyot taraqqiyotida uning boshqa san’at turlari bilan o'zaro
aloqasi ham katta o'rin tutadi (bu haqda ilgari to'xtalganmiz).
Adabiyotshunoslik oldida turgan muhim muammolardan biri
adabiy jarayonni davrlashtirish masalasidir. Bu masalada
turli
qarashlar mavjud bo'lib, bu turlichalik ikkita asosiy ko'rinishga ega:
birinchi guruh adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga
asoslansa, ikkinchi guruh adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiy-
estetik tamoyillardan kelib chiqqan holda davrlashtirish lozim, deb
hisoblaydi. Bu o'rinda har ikki tomonni ham to'la yoqlash yoki to'la
inkor qilish maqbul emas, aksincha, o'rtaliq mavqeni egallash
to'g'riroq bo'lur edi. Chunki, ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi
o'zgarishlar adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar
bo'lganidek, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo'lishi
tabiiy. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli bo'lmagan
davrlarda(XIX asrgacha, bizda XX asrgacha) ijtimoiy-tarixiy
sharoitdagi o'zgarishlar adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko'zga
tashlanmaydi, keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning o'zi
yo'qdek. Demak, davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tiborga
olish va shu sharoitning adabiyotga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol
ko'rsatish zarur bo'ladi.
Adabiy jarayonni davrlashtirishda adabiy davr, asr, adabiy avlod
tushunchalarini ajratish mumkin. Shuni aytish kerakki, bundagi
vaqt astronomik vaqtga har vaqt ham to'g'ri kelmaydi. Eng katta
bo'linish sifatida davmi olsak, o'zbek adabiyotida uchta katta davmi
ajratish mumkin:
1) eng qadimgi adabiyot davri;
Do'stlaringiz bilan baham: |