jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik,
an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o‘ziga xoslik, milliy
qiyofaning yo'qotilmasligini kafolatlaydi. Boy an’anaga tayangan
adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan
yuqori boMadi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy an’analari
XX asr boshlaridan kuzatiluvchi yangi o‘zbek adabiyotning
shakllanish jarayoni tez kechishini ta’minladi: adabiyotimiz juda qisqa
fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning ko‘pini ijodiy
o‘zlashtirdi, o‘zining badiiy arsenalini boyitdi. Aytaylik, roman g‘arb
adabiyotiga xos janr ekanligi, uning o‘zbek adabiyotida o‘zlashishi
20-yillarga to‘g‘ri kelishi ma’lum. Biroq g‘arbona shakl milliy
adabiyotimizni boyitdigina emas, balki adabiy an’analarimiz zaminida
uning o‘zi ham boyidi — o‘zbek romanchiligi dunyoga keldi. Milliy
romanchiligimizning ilk namunasi boMmish « 0 ‘tgan kunlar»dan
boshlab «Otamdan qolgan dalalar»gacha boMgan namunalarida ming
yilliklar bilan oMchanadigan adabiy-madaniy an’analarimiz izlari bor,
shu tufayli ham u o‘zining qiyofasiga ega «o‘zbek romani»dir.
Badiiy adabiyotning rivojlanishida adabiy aloqalar katta ahamiyatga
molikdir. Milliy adabiyotlaming o‘zaro aloqasi ularni boyitadi,
rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga
uning forsiy adabiyot bilan aloqalari juda katta ta’sir ko‘rsatgan.
Jumladan, forsiy adabiyotda yaratilgan xamsachilik, ruboiynavislik
an’analari o‘zbek adabiyotida davom ettirildi; deyarli barcha mumtoz
shoirlarimiz Hofiz, Sa’diy kabi forsiyzabon ijodkorlardan
ta’sirlandilar, ularni o'zlariga ustoz deb bildilar. Shunga o'xshash,
Do'stlaringiz bilan baham: |