maxsus o'rganilsa, bulardan boshqa ham mushtarak o'rinlar topilishi,
ehtimol.
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti
bilan jadid adabiyoti orasida qator o'xshashliklar mavjud. Buning
sababi esa har ikki adabiyotni yuzaga keltirgan ijtimoiy-tarixiy omillar,
har ikki harakat ko'zlagan maqsadlardagi o'xshashlik bilan izohlanadi.
Badiiy adabiyotning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan ko'p
jihatdan bog'liq bo'lgani holda, uni faqat shu sharoit bilan bog'lab
tushunish, tashqi ta’sir ahamiyatini mutlaqlashtirish ham to'g'ri
boMmaydi. Deylik, badiiy adabiyot muayyan tarixiy bosqichlarda
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan oldinlab ketishi yoki,
aksincha, ortda qolishi ham mumkin. Masalan, XIX asrdagi chor
Rossiyasi ko‘plab Yevropa davlatlaridan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
taraqqiyotda ancha ortda qolgan edi, yarim quldorlik tuzumiga
asoslangan davlat edi. Biroq ayni shu asr rus adabiyoti ko‘plab
iste’dodlarni, jahon miqyosida tan olingan Tolstoy, Dostoyevskiy
singari buyuk yozuvchilami yetishtirdi. Yoki, aksincha, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotda ancha oldinlab ketgan Amerika adabiyotining
jahon badiiy tafakkurida hodisa sanaluvchi u qadar katta iste’dodlami
berolmaganini ham qayd etish zarur. Demak, badiiy adabiyot
taraqqiyoti ko‘p jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bo‘liq rivojlanadi va,
ayni paytda, nisbiy mustaqillikka ham egadir.
Badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omillaridan biri
sifatida an’ana va yangilik munosabati olinadi. Har bir davr o‘zidan
oldingi davr adabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlami o'ziga singdiradi
va o‘zidan unga nimadir qo‘shishga intiladiki, shu asosda taraqqiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |