Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


) islom sharqi adabiyoti ta’siridagi mumtoz adabiyot davri


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

2) islom sharqi adabiyoti ta’siridagi mumtoz adabiyot davri;
3) yangi o‘zbek adabiyoti davri.
Ikkinchi davmi asrlarga ajratmoqchi bo‘lsak, unda quyidagilami 
ko'rish mumkin:
1) turkiy sulolalar davri adabiyoti;
2) mo'g'ul istilosi davri adabiyoti;
3) temuriylar davri adabiyoti;
4) uch xonlik davri adabiyoti.
Adabiy avlod adabiy jarayonni davrlashtirishda eng kichik birlik 
sifatida olinishi mumkin. Adabiy avlod sanalishi uchun ma’lum guruh 
ijodkorlarining bir davrda tug'ilgani yoki bir davrda adabiyotga kirib 
kelgani emas, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayangani 
e’tiborga olinadi. XX asr o'zbek adabiyotidagi avlodlarga nazar solsak, 
bu narsa yaqqol ko'riladi:
1) jadidchilik ta’sirida adabiyotga kirib kelgan avlod;
2) sho'ro adabiyoti avlodi;
3) 60-yillar avlodi;
4) 70-yillar adabiy avlodi.
Yuqoridagilardan, misol uchun, 60-yillar adabiy avlodiga
O.Yoqubov, P.Qodirov, O'.Umarbekov, O'.Hoshimov, A.Oripov, 
E.Vohidov, R.Parfilarni ko'rsatish mumkin. Ular ijodining 
boshlanishi, tug'ilgan yillaridagi farqlarga qaramay, bitta avlodga 
mansub, chunki ularning ijodi estetik prinsi plari jihatidan bir- 
biriga yaqin turadi. Keyingi avlod ulami inkor qiladi va yangi ijodiy 
prinsi plar bilan maydonga chiqadi.
Tayanch so‘z va iboralar:
adabiy jarayon
vorisiylik
uzluksizlik
ichki va tashqi omillar 
ijtimoiy-tarixiy sharoit 
an ’ana va yangilik 
davrlashtirish


1. Badiiy adabiyot taraqqiyotining ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog‘liqligini 
tushuntirib bering.
2. Adabiy an’ana deganda nimani tushunasiz? An’ana bilan yangilik 
munosabatini tushuntiring.
3. Adabiy jarayonni davrlashtirish zarurati nimada? Uzluksiz adabiy 
jarayonni davrlarga ajratishga imkon beruvchi omillami ko‘rsating.
4. “Adabiy davr” , “adabiy asr”, “adabiy avlod” tushunchalariga izoh 
bering. Adabiy avlodga mansublik qanday belgilanadi? “Adabiy asr” va 
“astronomik asr” tushunchalari orasidagi farqni tushuntiring.
5. 0 ‘zbek adabiyoti tarixining yuqoridagicha davrlashtirilishiga 
munosabatingiz qanday? Bu borada sizning shaxsiy qarashingiz bormi? Bo‘lsa, 
asoslab tushuntirishga harakat qiling.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling