Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asr boshida Turkistonda adabiy mushtarakliklar / / 0 ‘zbek tili va adabiyoti.—1994.—№4—6.—B. 16—23. 5.
- Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. M etod va uslub tushunchalari haqida. Adabiy yo‘nalish tushunchasi.
Adabiyotlar:
1. Adabiyot nazariyasi: 2 tomlik. —T.2.—Т., 1979. 2. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. Qadimiy adabiy aloqalar.—Т., 1997. 3. Mirvaliyev S. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari// Til va adabiyot ta’limi.—1995.—№5—6.— B. 48—52. 4. Karimov E. XX asr boshida Turkistonda adabiy mushtarakliklar / / 0 ‘zbek tili va adabiyoti.—1994.—№4—6.—B. 16—23. 5. Turdiyev Sh. A.Qodiriy va tatar adabiyoti / / 0 ‘zbek tili va adabiyoti.— 1994.—№ 6 —32—38. 6. She’riyatda Fitrat va Cho‘lpon an’analari / / Guliston. —1995.—№2.—B.46— 47. 7. Al-Amin B. Milliy adabiyotning ikki ildizi / / Sharq yulduzi.—1998.—№5.— B. 156-158. 8. Quronov D. Jahon adabiyotiga yo‘l / / Jahon adabiyoti.—1997.—№6.— B. 168-172. Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. M etod va uslub tushunchalari haqida. Adabiy yo‘nalish tushunchasi. Awalo shuni aytish kerakki, biz «hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari»(G.Pospelov) tarzida ishlatayotgan tushuncha adabiyot nazariyasi va estetikaga oid ishlarda «ijod tipi» (L.Timofeev), «badiiy tafakkur shakli» (I.Sulton), «badiiy tafakkur usuli» (Y.Borev) kabi qator atam alar bilan yuritiladi. Lo‘nda qilib aytsak, bu o ‘rinda gap adabiy asarlarni ularda yaratilgan badiiy voqelikning real voqelikka munosabatiga ko‘ra ikkita katta guruhga (realistik va norealistik) ajratish ustida boradi. Shunisi ham borki, guruhga ajratish prinsi plarida ham muayyan farqlar mavjud. Xususan, L.Timofeev bunda quyidagicha fikrga tayanadi: «... biz realistlar deb ataydigan yozuvchilaming ijodida oldingi planga biz aks ettirish deb atagan ibtido, ya’ni voqelikdagi hodisalami ular hayotda qanday bo‘lsa o ‘shandayligicha ko‘rsatishga intilish yetakchilik qiladi; shunisi bilan ular yozuvchining voqelikka bevosita monandlikdan chekinishiga imkon beruvchi qayta yaratish ibtidosi ustivorlik qilgan obrazlardan farqlanadi» (Тимофеев Л.И. Основы теории литературы.— М., 1966.— С. 101). K o‘ramizki, L.Timofeev ijod jarayonida «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallari nisbatidan kelib chiqadi-da, ijodning realistik va romantik tiplari haqida so‘z yuritadi. Biroq, bizningcha, «voqelikni aslidagicha tasvirlashga intilish» talabi realistik adabiyot imkoniyatlarini toraytirib yuborishi, deylik, uning badiiy arsenaliga shartli obrazu vositalaming kirib kelishiga to ‘sqinlik qilishi tabiiy (realistik adabiyotning hozirgi holati buning aksini ko‘rsatayotir) bo‘lur edi. Boz ustiga, har qanday badiiy asarda «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallarining natijasi namoyon bo'lishini L.Timofeevning o'zi ham e’tirof etadi. Zero, badiiy ijod estetik faoliyat ekan, faoliyat predmeti (hayot materiali) ijodiy qayta ishlanib qayta yaratilganidagina chinakam san’at asari dunyoga keladi. 0 ‘ylashimizcha, mazkur masalada G.Pospelov tutgan mavqe realizmni birm uncha kengroq tushunish imkonini berishi bilan diqqatga molikdir. Sababki, G.Pospelov realistik adabiyot tabiatini asarda yaratilgan xarakterlardan kelib chiqib tushuntiradi. Olimning fikricha, realistik asarda: «... yozuvchi o'z qahram onlarini o'zlari yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari asosida shakllangan ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga, ularning ichki m antiqiga muvofiq tarzda harakat qilish(istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi». Buning aksi o'laroq, hayotni badiiy aks ettirishning norealistik («normativ») prinsipiga tayanilgan asarda esa: «... yozuvchi o 'z personajlarini o 'z xarakterlarining real, tarixan konkret xususiyatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda emas, balki o'sha xarakterlarning yozuvchi qarashlari va ideallari asosida hissiy idrok etilgan, tarixiy konkretlilikdan uzilgan mohiyatiga muvofiq tarzda harakat qilish (istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi» (П о с п е л о в Г .Н . П р о б л е м ы и с т о р и ч е с к о г о р а з в и т и я литературы.—М .,1972.—С .258—270). E’tiborli jihati shundaki, bu xil yondashuvda badiiy voqelikdagi epik tafsilotlaru detallarning har vaqt ham hayotiy (ya’ni real voqelikdagiga m onand) bo'lishi talab qilinmaydi. Zero, bu o 'rin d a bosh mezon - personajlam ing konkret ijtimoiy sharoitda shakllangan xarakterlari ichki mantiqidan kelib chiqqan holda harakat qilishidir. D em ak, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsi pi xarakterlarning ularni shakllantirgan ijtimoiy-tarixiy sharoitga, ko'proq shu sharoit bilan belgilanuvchi xarakter mantiqiga muvofiq harakat qilishlarini taqozo qiladi. Masalan, Razzoq so'fi xonadonida voyaga yetgan, xarakter xususiyatlari shu m uhit to m o n id an belgilangan Zebi romanda o 'z xarakter mantiqiga muvofiq harakat qiladi: uning mingboshiga unashilganidan so‘ng, kelin bo‘lib tushgach yoki suddagi xatti-harakatlari shunday deyishga asos beradi. Xuddi shu gapni A .Qodiriyning R a’nosiga nisbatan ham aytishimiz mumkin (buni o ‘zingiz asoslashga urinib ko‘ring). Norealistik asarda esa qahram on 0 ‘zining konkret sharoitda shakllangan xarakteri m antiqidan kelib chiqib harakat qilmaydi, balki yozuvchining qarashlari va idealiga mos tarzda harakatlantiriladi (masalan, Farhod). H a y o tn i b a d iiy aks e ttir is h ta m o y illa ri 3 0 -4 0 - y illa r adabiyotshunosligida «metod» deb yuritilib, unga ko‘ra badiiy adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy m etodlar mavjud deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq b o ‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsi plari tushunila boshlangan. Ya’ni metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon b o ‘luvchi hodisa sanalgan. Anglashiladiki, atamadagi keyingi m a’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir b o ‘lgandir. Shunday b o ‘lsa-da, atam aning keyingi m a’noda qo ‘llanishi badiiy ijoddagi ikki lliulliili u n s u i - Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling