Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


muvofiq jamiyat qurish» ma’rifatchilik adabiyotining estetik idealiga


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

muvofiq jamiyat qurish» ma’rifatchilik adabiyotining estetik idealiga 
aylandi. Bu esa adabiyotning-da shunga muvofiq holda o‘zgarishini 
taqozo qildi. Mazkur o‘zgarishlar orasida eng muhimi — idealning 
«yerga tushgani»dirki, buning natijasi o‘laroq badiiyat, go‘zallik 
tushunchalariga ham jiddiy tahrirlar kiritildi.
Jadidchilar kabi ma’rifatchilar ham adabiyotda avvalo 
o‘quvchilami tarbiyalash asosida ijtimoiy hayotni isloh qilish vositasini 
ko‘rganlar. Shu bois ham ma’rifatchilik adabiyotidagi qator jihatlar 
jadid adabiyotidagi tamoyillami esga soladi. Badiiy adabiyotga konkret 
maqsadga erishish vositalaridan biri sifatida qaraganlari uchun ham 
ma’rifatchilarning asarlarida ko‘pincha qahramonlar orasida ochiq 
g‘oyaviy kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan g‘oyalar 
aytiladi, qisqasi, g‘oya asarning butun to‘qimasiga singdirib yuboriladi. 
Ayrim adabiyotshunoslarning «ma’rifatchilik realizmi» atamasidan 
ko'ra «didaktik realizm» alaiiias>iiii nia’qul ko‘rishlari bejiz emas, 
albatta. Zero, ma’rifatchilik adabiyoti, bir tomondan, adabiyotni 
hayotga yaqinlashtirdi, ikkinchi tomondan, uni tarbiya vositasi deb 
bildi. Ma’lumingizki, ayni shu ikki tamoyil jadid adabiyotining ham 
mohiyatini belgilovchi xos xususiyatlar sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
Ma’rifatchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun qulay 
imkoniyatlar beruvchi san’at turlari va janrlarga ayricha ahamiyat 
berganlar. Xususan, ular teatmi o‘z g‘oyalarini targ‘ib etish minbari 
deb bilganlar, shu bois ham dramatik janrlar rivojlantirilgan, sahnada 
o‘ynalayotgan voqealar hayotiylik kasb etib borgan. Didro, Lessing 
kabi yirik ma’rifatchilar teatr san’atiga, dramaturgiyaga bag‘ishlangan 
maxsus tadqiqotlar yaratishganki, bu ham yuqoridagi fikrimiz daliliga



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling