butunlik — badiiy asami atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish
maqsadidagina shu xil shartli boMishga yoM qo‘yamiz. Aslida esa shakl
mazmunsiz, mazmun shaklsiz mavjud emasdir. Zero, badiiy shakl
badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi boMsa, mazmun
o ‘sha shaklning ichki ma’nosi, mag‘zidir.
Badiiy asarda shakl va mazmun o ‘zaro dialektik aloqada boMib,
ular bir-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biriga o ‘tadi.
Badiiy shakl bilan badiiy mazmun munosabatida ham mazmun
yetakchiroq mavqega ega bo‘lib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir.
San’atkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda bo‘lg‘usi asarning
shaklini belgilaydi, yana ham aniqrog‘i, bo'lg'usi asarning mazmuni
uning shaklini belgilaydi. Masalan, jamiyatning joriy holatini badiiy
idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsepsiya tarzida shakllantirish
va ifodalash maqsadini ko‘zlagan ijodkor roman shaklini tanlaydi.
Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda ko‘zda tutilgan mazmunga har
jihatdan muvofiq keladi va o‘sha niyatning ijrosi uchun imkon beradi.
Shu bilan birga, badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ega hamdir.
Ma’lumki, har bir davr adabiyotida qo'llanilib kelayotgan, o ‘quvchi
omma uchun tushunarli boMgan va o ‘zining nisbatan turg‘un
ko‘rsatkichlariga ega bo'lgan shakllar mavjud. Shunga ko‘ra,
san’atkor ifodalashni ko'zda tutgan mazmunni o ‘sha shakllar
doirasiga sig‘dirishga intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan
ijodkor uni pardalarga, ko‘rinishlarga bo'ladi, syujet voqealarini
ijro vaqtiga sig'diradi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga
keltiradi, ularni remarkalar bilan ta’minlaydi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |