muayyan muammolar o ‘ylatadi, tashvishga soladi. Ijodkor o ‘sha
muammoni idrok etishga intilishi ichki ehtiyojga aylangani uchun
ham asarga qo‘l uradi. Shu ma’noda badiiy asar — «ehtiyoj farzandidir».
Demak, paydo boMishi va ijodga turtki berishi jihatidan problema
birlamchi, o ‘sha problemani badiiy idrok etish uchun ijodkor bunga
keng imkon beruvchi hayot materialini ajratib oladiki, bu badiiy
asar temasi (mavzu)dir. Ya’ni ijodkomi o ‘ylatgan, tashvishga solgan
muammo(lar) asar temasini belgilaydi.
Asarda tasvirlanayotgan badiiy reallik muallif tomonidan ko‘rilgan,
ideal asosida g‘oyaviy-hissiy baholangan va ijodiy qayta ishlangan
voqelikning aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik quruqqina «aks
ettirilmaydi», unga muallifning g‘oyaviy-hissiy bahosi ham qo‘shiladi
(hatto muallif o‘ta «obyektiv» boMishga intilganida ham, uning nuqtai
nazaridan ko‘rilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti akslanaveradi).
Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga muallifning g‘oyaviy-hissiy
m u n osa b a ti, ob razlar sistem a si v o sita sid a ifo d a la n g a n
problematikaning badiiy idrok etilishi va baholanishi tendensiya(lat.,
«intilmoq», «yo‘naltirmoq») deyiladi. Demak, tendensiya asar
problematikasidan kelib chiqib tanlangan hayot materialini
umumlashtirgan («yo‘naltirgan») holda badiiy g‘oyaga aylantiruvchi
vosita ekan. Ya’ni asarda qo‘yilgan problemaning hayot materiali
asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy g‘oya (kengroq olsak
— badiiy konsepsiya) o ‘sib chiqadi.
Mazmunning shaklga ta’sirini, uning belgilovchilik xususiyatini
shu asosda yana bir bor kuzatish imkoniga egamiz. Birinchidan, tasvir
va tadqiq uchun tanlab olinayotgan hayot materiali ixtiyoriy (spontan)
Do'stlaringiz bilan baham: |