bo‘lmay, qo‘yilgan problemani badiiy idrok etishga eng optimal
imkoniyat berishi zarur; ikkinchidan, obrazlar sistemasi, har bir
obrazning bu sistemada tutgan mavqei, konflikt turi, kompozision
qurilish, janr — bular hammasi problema va tendensiya talabidan
kelib chiqadi.
Shu o'rinda masalaning ikkinchi muhim jihatiga e’tibor zarur:
badiiy asardagi shakl komponentlarining har biri mazmun
komponentlaridan konkret bittasi bilan bevosita bog‘lanadiki, bu badiiy
asarda shakl va mazmunning birligini namoyish etadi. Mavzuni badiiy
tadqiq uchun olingan hayot materiali desak, u holda ayni shu
materialni uyushtirish syujet zimmasiga tushadi. Muallifni o ‘ylatgan
problema asar konfliktida o'z aksini topsa, uning g'oyaviy-hissiy
bahosi ko‘proq kompozisiyaning muhim unsuri bo‘lmish obrazlar
tizimida bo‘rtib ko'zga tashlanadi. Nihoyat, muallifning badiiy hukmi
— badiiy konsepsiyaning tashkil etilishi va ifodalanishida kompozitsiya
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, badiiy asar mazmuni
ko‘p qatlamli hodisa bo'lib, ulardan ikkitasi — aktual va tub estetik
qatlamlar universal xarakterga ega. Aktual qatlam deyilganda asarning
ijtimoiy-siyosiy mohiyati tushuniladiki, u bevosita asar yaratilgan
davrning ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga qaratiladi. Ijodkor muayyan
bir davr kishisi, u zamonasining muammolaridan forig‘ bo‘lolmaydi,
atrofida yuz berayotgan hodisalarga o ‘zining g‘oyaviy-hissiy
munosabatini bildiradi, baski, asarida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy g'oyalami oldinga suradi, asari bilan o‘z zamonasiga muayyan
ta’sir o'tkazish maqsadini ko'zlaydi. Biroq aktual mazmun uni aktual
Do'stlaringiz bilan baham: |