etgan ijtimoiy-tarixiy asoslaming yo'qolishi barobari yo'qolib boradi
— asarning boshqa qatlamlari aktuallashadi. Shu bois ham konkret
badiiy asar turli davr o'quvchilari tomonidan turlicha tushunilishi
mumkin bo'ladi. Masalan, A.Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida o'z
davrining ijtimoiy muammolari (millat fojialarining ildizi, milliy
ozodlik masalalari)ga munosabat bildirib, davri uchun benihoya muhim
g'oyalami singdirishga intilgan edi. Keyinroq, deylik, 60-yillarda asar
mazmunining bu qirrasi tushib qoladi-da, uning boshqa qatlami (ota-
ona orzusi, sevgi va vafo) aktuallashdi, 80-yillar oxirida esa ijtimoiy-
tarixiy sharoitning asar yaratilgan davrdagiga mohiyatan yaqinligi
yana o'z davridagi aktual mazmunning aktuallashuviga olib keldi.
Tub estetik qatlam esa asar yaratilgan davrgagina qaratilgan emas
— u davr kontekstidan alohida ham tushunilaveradi. Buning omili,
ilgari aytilganidek, badiiy ijod onlarida san’atkor o‘z davridagina emas,
katta VAQT qo‘ynida yashashi bilan izohlanadi. Shu bois ham unda
mangu muammolar, mangu qadriyatlar o ‘z aksini, ifodasini topadi.
Asarning umrboqiyligini ta’minlovchi jihat ham aslida shudir. Hali
zamonlar o ‘tar, lekin Qodiriy romani kelgusi avlodlami ham hayratga
solaveradi, zero, unda mangu muammolar («otalar va bolalar»
muammosi, «ma’rifat va jaholat», «ezgulik va yovuzlik» va b.) o‘lmas
umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan badiiy tadqiq qilingan va
baholangan. Odatda, aktual qatlam yuzada boMadi, shu bois ham
ba’zan asar yaratilgan davrda o ‘quvchilaming tub estetik qatlamni
ilg‘ab olishlariga, uni munosib baholay olishlariga xalal berishi ham
(M.Muhammad D o‘stning «Lolazor» romani) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |