Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


narsani farqlash zarur. Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

narsani farqlash zarur. Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa 
tasvirlangani holda butunlay boshqa narsa idrok etilayotgan boiadi 
(« 0 ‘g‘ri», «Na’matak», «Soxta Neron»). Shunga ko‘ra, badiiy asar 
mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan narsalar 
nuqtai nazaridan tushuniladi. Ko‘rinadiki, badiiy asar mazmuni 
deyilganda, ko'proq g‘oyaviy mazmun tushunilsa-da, badiiy mazmun 
g'oyaviy mazmundan kengroq tushunchadir. Bu esa badiiy asar 
mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekanligi bilan bog'liq 
hodisadir. Agar asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni, badiiy 
reallikni obyektiv ibtido desak, ijodkoming tasvirlanayotgan voqea- 
hodisalarga munosabati subyektiv ibtidodir. Shunga ko'ra badiiy asar 
mazmunini so'zlab berish mumkin emas. Buni hatto muallifning 
o'zi ham uddalay olmaydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho'ng'ish 
mumkin emas». Odatda, amaliyotda «mazmunni so'zlab bering» 
deyilganda, uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushtiruvchi 
muhim unsur — fabula so'zlab beriladi.
Biz badiiy mazmun komponentlarini badiiy ijod jarayoni va uning 
badiiy asarda namoyon bo'lishi nuqtai nazaridan farqlash tarafdorimiz. 
Adabiyotshunoslikda «tema»(mavzu) tushunchasi ikki ma’noda 
ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot materiali; 2) asarda badiiy 
idrok etish uchun qo'yilgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va


boshqa problemalar majmui. Biz buni ikkita atama bilan nomlash 
to‘g‘riroq bo‘ladi, deb hisoblaymiz va buni badiiy ijod tabiatidan 
kelib chiqqan holda asoslaymiz.
Badiiy asar ijodkoming borliq bilan munosabati mahsuli o ‘laroq 
dunyoga keladi. Ya’ni borliqda yashayotgan individ sifatida ijodkomi 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling