Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Adabiyotshunoslikka oid asarlarni ko'zdan kechirsangiz, ularda shakl


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Adabiyotshunoslikka oid asarlarni ko'zdan kechirsangiz, ularda shakl 
va mazmun komponentlari tasnifi masalasida, qaysi unsurlami 
shaklga, qaysilarini mazmunga daxldor deyish masalasida turlichalik 
mavjudligiga guvoh bo'lasiz. Biz quyida bunga ayrim misollami keltirib 
o'tamiz:
1) 
tema, problema, ideya — mazmun unsurlari; syujet, 
kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistemasi — shakl unsurlari 
(Shepilova);


2
) tema, ideya, xarakter — mazmun unsurlari; syujet, kompozitsiya, 
til — shakl unsurlari (L.Timofeev);
3) tem a, ideya — mazmun unsurlari; obraz, syujet, 
kom pozitsiya, ritm, til — shakl unsurlari (V .G u lyayev, 
G. Abramovich);
4) tema, g'oya — mazmun unsurlari; obraz — ham shakl, ham 
mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, 
tur, janr, she’r tuzilishi — shakl unsurlari (T.Boboyev);
5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm - shakl unsurlari; tema, 
fabula, konflikt, xarakterlar, badiiy g'oya, tendensiya — mazmun 
unsurlari; syujet ham shakl, ham mazmun hodisasi (V.Kojinov);
6) syujet — shakl ham mazmun unsuri; tema, fabula, obrazlar 
sistemasi, konflikt — ichki shakl; kompozitsiya - tashqi shakl; g'oyaviy 
mazmun — mazmun;
Bu tasniflarning hammasida ham asosli va bahsli o'rinlarning 
borligi ularning shartliligidan kelib chiqadi. Biz ishimizni 
osonlashtirish uchun kursimiz davomida tubandagicha tasnifga 
tayanishni ma’qul ko'ramiz: problema, tema, tendensiya, g'oya
— mazmun unsurlari; til, obrazlar sistemasi, syujet, konflikt, 
kompozitsiya, ritm — shakl unsurlari.
Tayanch so'z va iboralar:
shakl
mazmun
badiiy asar shakli 
badiiy asar mazmuni 
shaklning nisbiy mustaqilligi 
shaklning konservativligi 
mazmunning originallikka intilishi 
shakl va mazmun unsurlari tasnifi 
mazmunning shaklni belgilashi



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling