Adabiyotshunoslikka oid asarlarni ko'zdan kechirsangiz, ularda shakl
va mazmun komponentlari tasnifi masalasida, qaysi unsurlami
shaklga, qaysilarini mazmunga daxldor deyish masalasida turlichalik
mavjudligiga guvoh bo'lasiz. Biz quyida bunga ayrim misollami keltirib
o'tamiz:
1)
tema, problema, ideya — mazmun unsurlari; syujet,
kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistemasi — shakl unsurlari
(Shepilova);
2
) tema, ideya, xarakter — mazmun unsurlari; syujet, kompozitsiya,
til — shakl unsurlari (L.Timofeev);
3) tem a, ideya — mazmun unsurlari; obraz, syujet,
kom pozitsiya, ritm, til — shakl unsurlari (V .G u lyayev,
G. Abramovich);
4) tema, g'oya — mazmun unsurlari; obraz — ham shakl, ham
mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya,
tur, janr, she’r tuzilishi — shakl unsurlari (T.Boboyev);
5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm - shakl unsurlari; tema,
fabula, konflikt, xarakterlar, badiiy g'oya, tendensiya — mazmun
unsurlari; syujet ham shakl, ham mazmun hodisasi (V.Kojinov);
6) syujet — shakl ham mazmun unsuri; tema, fabula, obrazlar
sistemasi, konflikt — ichki shakl; kompozitsiya - tashqi shakl; g'oyaviy
mazmun — mazmun;
Bu tasniflarning hammasida ham asosli va bahsli o'rinlarning
borligi ularning shartliligidan kelib chiqadi. Biz ishimizni
osonlashtirish uchun kursimiz davomida tubandagicha tasnifga
tayanishni ma’qul ko'ramiz: problema, tema, tendensiya, g'oya
— mazmun unsurlari; til, obrazlar sistemasi, syujet, konflikt,
kompozitsiya, ritm — shakl unsurlari.
Tayanch so'z va iboralar:
shakl
mazmun
badiiy asar shakli
badiiy asar mazmuni
shaklning nisbiy mustaqilligi
shaklning konservativligi
mazmunning originallikka intilishi
shakl va mazmun unsurlari tasnifi
mazmunning shaklni belgilashi
Do'stlaringiz bilan baham: |