sifatida qaraganlami formalistlar deb yuritiladi. Formalizm ko‘rinishlari
XIX asr oxiri XX asr boshlaridan bir qator adabiy oqimlarda
namoyon bo'ladi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi futurizm,
imajinizm, dadaizm, avangardizm kabi oqimlar badiiyatni faqat
shaklda ko'rib, turli yangi shakllar ixtirosiga o'tdilar. Biroq ularning
ixtirolari «shakl — shakl uchun» shiori ostida kechib, mazmunni
e’tiborga olinmagani sababli samarasiz yakun topdi. 0 ‘z vaqtida ayni
shu xil qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoqchi
bo‘lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar tabiatiga
nomuvofiq bo‘lgani bois biryoqlamaligicha qoldi. Ayni paytda,
formalistlarning badiiy asar shaklini o'rganishga ayricha e’tibor
qilganlari adabiyotshunoslikda izsiz ketdi, deyish ham insofdan emas.
Ular badiiy asar shakliga xos ko‘p jihatlarni: badiiy til, uslub, she’r
tuzilishi, she’r kompozitsiyasi, ritm, metr, syujet qurilishi, badiiy
asar kompozitsiyasi kabi adabiyotshunoslikning muhim masalalarini
maxsus va chuqur tadqiq etdilar. Xususan, rus formal maktabining
V .S h k lo v sk iy , V .Jirm u n sk iy, Y .T o ‘n y a n o v , G .V in o k u r ,
B.Eyxenbaum kabi namoyandalari amalga oshirgan tadqiqotlar
adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyatga molikdir.
Shuningdek, adabiyotshunoslikda badiiy asarning shakliga ko‘z
yumib, uning qimmatini mazmundan kelib chiqibgina baholashga
u r in ish la r ham b o ‘lg a n .
X u s u s a n ,
2 0 - у i 11 a r s h o ‘ ro
adabiyotshunosligida maydonga kelgan «vulgar sotsiologizm»
tarafdorlari faoliyatida badiiy asami faqat g'oyaviy mazmunidan, sinfiy
mohiyatidan kelib chiqib baholash amaliyoti kuzatiladi. Badiiy
Do'stlaringiz bilan baham: |