yetakchiligi, uning shaklni belgilash xususiyati haqida aytiladi.
Darhaqiqat, ikkilamchi tabiat (inson tomonidan yaratilgan narsalar)ga
nazar solinsa, buni yaqqol ko‘rish mumkin boMadi. Misol uchun
yana o ‘sha stulni olaylik. Yuqorida ko‘rganimiz «o‘tirish uchun
moMjallangan moslama» degan mazmun yasalajak buyumning
parametrlarini belgilaydi: balandligi, kengligi, suyanchiqqa ega bo‘lishi,
o ‘tirgMchning old tomoni biroz ko‘tarilgan boMishi va h.k. Ya’ni bu
o ‘rinda shaklning mazmunga muvofiq boMishi talab qilinadi. Tasavvur
qiling: usta stulning oyoqlarini bir yarim metrdan qilib yasadi va
natijada o ‘tirg‘ich kishining yelkasi barobar turibdi; yoki
o ‘tirg4chning kattaligi shapaloqdek boMsin... Albatta, har ikki holda
ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga keladi va buyum
o ‘zining qimmatini yo‘qotadi. Mazmun o ‘zgarishga, yangilanishga
moyil boMgani holda, shakl konservativlik xususiyatiga ega, ya’ni
o ‘zgaruvchanlikka u qadar moyil emas, shakldagi o'zgarishlar juda
sekin kechadi. Aytaylik, «o‘tirish uchun moMjallangan moslama»
degan mazmunga «bolalaming» aniqlovchisi qo‘shilsa, shakl
parametrlari o ‘zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga
«go‘daklaming» aniqlovchisini qo‘shsak, shaklga yana biror bir
qo'shimcha, masalan, go‘dakni yiqilib tushishdan saqlovchi old to‘siq
qo‘shiladi. Biroq shunisi borki, barcha hollarda ham «o‘tirish uchun
moMjallangan moslama» o ’zining asosiy shakl ko'rsatkichlarini saqlab
qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va
mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun «badiiy shakl», «badiiy
mazmun» degan tushunchalami ishlatganimizda ulaming atigi ilmiy
abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kerak. Ya’ni biz yaxlit
Do'stlaringiz bilan baham: |