Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


o ‘ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo‘lgan: qisqalik, syujet


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

o ‘ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo‘lgan: qisqalik, syujet 
o ‘tkirligi v.b. Keyincha novellaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, 
o ‘ziga xos shakl — novella janri yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va 
mazmunning bir-biriga o ‘tishini bir asar doirasida ham ko‘rish 
mumkin. Bunda endi badiiy asarning «sistema» ekani, har qanday 
sistema quyi va yuqori darajadagi strukturaviy boiaklardan iborat 
ekanligidan kelib chiqamiz. Masalan, til obrazga nisbatan shakl, obraz 
tilga nisbatan mazmun; obraz ayni paytda badiiy mazmunni ifodalash 
shakli. Yoki badiiy obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra turlari (detal 
fabula — xarakter va bliaioil — dunyo obrazi) ham shaklning 
mazmunga, mazmunning shaklga o ‘tishiga misol bo‘la oladi.
Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shaklning uyg‘un 
muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi. Badiiyat go‘zal shaklda 
ifodalangan aktual, umuminsoniy qadriyatlarga mos mazmunni 
taqozo qiladi. Adabiyotshunos badiiy asami tahlil qilarkan, uning 
diqqat markazida shakl yoki mazmun turishi mumkin. Lekin asosan 
shaklga e ’tibomi qaratgani holda ham adabiyotshunos shaklning 
mazmun jihatlarini nazardan soqit qilolmaydi; asarning mazmun 
jihatini tekshirayotgan olim ham o‘sha mazmunning muayyan shaklda 
ifodalanayotganini unutmasligi shart qilinadi. Modomiki badiiy asarda


shakl va mazmun uyg‘un birikar ekan, shaklni badiiyat, mazmunni 
g‘oyaviylik (bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida 
tushunib, har ikkisiga birdek e’tibor berish zarur. Adabiyotshunoslikda 
mazkur qoidadan chekinilgan hollar ham bo'lgan, albatta. Shaklning 
nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mezoni 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling