Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


adabiyotga bu xil yondashuv uni san’at hodisasi ekanligini inkor


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

adabiyotga bu xil yondashuv uni san’at hodisasi ekanligini inkor 
qilish, uni mafkura quroliga aylantirishning qo‘pol ko'rinishi edi. Qo'pol


deyishimizning boisi shuki, garchi sovet adabiyotshunosligi vulgar 
sotsiologizmga o'z vaqtida keskin zarba bergan bo‘lsa-da, uning o ‘zi 
ham bir oyog‘i bilan shu mavqeda turar, ya’ni mohiyatan badiiy 
adabiyotga shu xil yondashuvning «yumshoq» varianti edi. Sho‘ro 
davrida yangi tuzumni, kommunistlar partiyasini, proletariat 
dohiysini ulug'lagan badiiy jihatdan nochor asarlam ing 
rag'batlantirilib, chinakam badiiyat hodisasi sanaladigan asarlaming 
e’tibordan chetda qolgani, eng yomoni, tazyiq ostiga olingani buning 
yorqin dalilidir.
Ko'rinadiki, badiiy asami o'rganishga jazm etgan adabiyotshunos, 
avvalo, uning tabiatidan kelib chiqishi, asarning shakl va mazmun 
jihatlarini birlikda olib tekshirishi zarur ekan. Tabiiyki, badiiy asami 
o'rganayotgan adabiyotshunos uning qaysidir bir jihatini diqqat 
markaziga qo'yishi mumkin. Biroq shunda ham, masalan, asar shakli 
haqida fikr yuritayotgan tadqiqotchi uning mazmunni uyushtirish 
va ifodalash, ta’sirdorligiyu badiiy jozibasini oshirishdagi ahamiyatini; 
mazmun haqida fikr yuritganda uning shaklga qay darajada 
muvofiqligini nazardan qochirmasligi lozim bo'ladi.
Badiiy asarda shakl va mazmunning o'zaro bog'liqligi 
shunchalarki, adabiyotshunoslikda shakl va mazmun komponentlarini 
tasnif qilishda hali hanuz bir xillik yo'q. Adabiyotshunoslikda «shakl» 
va «mazmun» kategoriya sifatida XYIII asr oxiri XIX asr boshlaridan 
o'rganilishiga qaramay, hali bu masalaning tugal hal etilmaganligi 
shakl va mazmunga bo'lishdagi shartlilikni yaqqol ko'rsatib turadi. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling