narsani farqlash zarur. Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa
tasvirlangani holda butunlay boshqa narsa idrok etilayotgan boiadi
(« 0 ‘g‘ri», «Na’matak», «Soxta Neron»). Shunga ko‘ra, badiiy asar
mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan narsalar
nuqtai nazaridan tushuniladi. Ko‘rinadiki, badiiy asar mazmuni
deyilganda, ko'proq g‘oyaviy mazmun tushunilsa-da, badiiy mazmun
g'oyaviy mazmundan kengroq tushunchadir. Bu esa badiiy asar
mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekanligi bilan bog'liq
hodisadir. Agar asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni, badiiy
reallikni obyektiv ibtido desak, ijodkoming tasvirlanayotgan voqea-
hodisalarga munosabati subyektiv ibtidodir. Shunga ko'ra badiiy asar
mazmunini so'zlab berish mumkin emas. Buni hatto muallifning
o'zi ham uddalay olmaydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho'ng'ish
mumkin emas». Odatda, amaliyotda «mazmunni so'zlab bering»
deyilganda, uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushtiruvchi
muhim unsur — fabula so'zlab beriladi.
Biz badiiy mazmun komponentlarini badiiy ijod jarayoni va uning
badiiy asarda namoyon bo'lishi nuqtai nazaridan farqlash tarafdorimiz.
Adabiyotshunoslikda «tema»(mavzu) tushunchasi ikki ma’noda
ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot materiali; 2) asarda badiiy
idrok etish uchun qo'yilgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va
boshqa problemalar majmui. Biz buni ikkita atama bilan nomlash
to‘g‘riroq bo‘ladi, deb hisoblaymiz va buni badiiy ijod tabiatidan
kelib chiqqan holda asoslaymiz.
Badiiy asar ijodkoming borliq bilan munosabati mahsuli o ‘laroq
dunyoga keladi. Ya’ni borliqda yashayotgan individ sifatida ijodkomi
Do'stlaringiz bilan baham: |