Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


etgan ijtimoiy-tarixiy asoslaming yo'qolishi barobari yo'qolib boradi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

etgan ijtimoiy-tarixiy asoslaming yo'qolishi barobari yo'qolib boradi
— asarning boshqa qatlamlari aktuallashadi. Shu bois ham konkret 
badiiy asar turli davr o'quvchilari tomonidan turlicha tushunilishi 
mumkin bo'ladi. Masalan, A.Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida o'z 
davrining ijtimoiy muammolari (millat fojialarining ildizi, milliy 
ozodlik masalalari)ga munosabat bildirib, davri uchun benihoya muhim 
g'oyalami singdirishga intilgan edi. Keyinroq, deylik, 60-yillarda asar 
mazmunining bu qirrasi tushib qoladi-da, uning boshqa qatlami (ota- 
ona orzusi, sevgi va vafo) aktuallashdi, 80-yillar oxirida esa ijtimoiy- 
tarixiy sharoitning asar yaratilgan davrdagiga mohiyatan yaqinligi 
yana o'z davridagi aktual mazmunning aktuallashuviga olib keldi.


Tub estetik qatlam esa asar yaratilgan davrgagina qaratilgan emas
— u davr kontekstidan alohida ham tushunilaveradi. Buning omili, 
ilgari aytilganidek, badiiy ijod onlarida san’atkor o‘z davridagina emas, 
katta VAQT qo‘ynida yashashi bilan izohlanadi. Shu bois ham unda 
mangu muammolar, mangu qadriyatlar o ‘z aksini, ifodasini topadi. 
Asarning umrboqiyligini ta’minlovchi jihat ham aslida shudir. Hali 
zamonlar o ‘tar, lekin Qodiriy romani kelgusi avlodlami ham hayratga 
solaveradi, zero, unda mangu muammolar («otalar va bolalar» 
muammosi, «ma’rifat va jaholat», «ezgulik va yovuzlik» va b.) o‘lmas 
umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan badiiy tadqiq qilingan va 
baholangan. Odatda, aktual qatlam yuzada boMadi, shu bois ham 
ba’zan asar yaratilgan davrda o ‘quvchilaming tub estetik qatlamni 
ilg‘ab olishlariga, uni munosib baholay olishlariga xalal berishi ham 
(M.Muhammad D o‘stning «Lolazor» romani) mumkin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling