taqdiri, individning kechinmalari (badiiy umumlashma kuchidan
qat’i nazar) salmoqdor hisoblanmasligi xavfi tug'iladi. Shu tufayli
ham sho‘ro adabiyotshunosligida, masalan, shaxsiy kechinmalar
tasvirlangan «ko‘ngil she’riyati» yoxud boshqa asarlarga past
nazar bilan qaralgan. D em ak, bu xil yondoshuv vulgar
so tsiologizm ga yetaklashi tabiiy k o ‘rinadi. M azm unning
salmoqdorligi uning umumbashariy qadriyatlarga nechogMi
muvofiqligi bilan belgilanmog‘i kerak.
Mazmunning hayotiyligi haqqoniylik bilan bogMiq ekanligi
shubhasiz. Lekin bu o ‘rinda haqqoniylikni baholash mezoni
masalasini hal qilib olish zarur. Adabiyotshunosligimizda uzoq yillar
badiiy asar mazmunining haqqoniyligi reallikka qiyosan baholab
kelindi. Natijada ko‘plab asarlar va ularning mualliflariga «hayotni
buzib ko‘rsatgan» qabilidagi ayblovlar qo‘yildi. Holbuki, badiiy
reallikning o‘z haqqoniyati bor boMib, bu haqqoniyat mavjud
reallikdan kelib chiqib emas, balki badiiy reallikning o ‘zidan kelib
chiqib baholanishi lozim boMadi.
Originallik badiiy mazmunning muhim spetsifik xususiyatlaridan
ekanligi shubhasiz. Biroq originallik deyilganda, har bir asarda yangi
bir masala ko‘tarilishini emas, har bir ijodkoming individligi, o ‘ziga
xos qarashi, fikrlashi bilan bogMiq yangilikni tushunmoq lozimdir
(ya’ni muhabbat o ‘zi eski narsa, lekin har bir yurak uni o ‘zicha
yangilaydi).
Mazmunning universalligi badiiy adabiyotning universal bilish
vositasi — so‘z bilan ish ko‘rishi bilan izohlanadi. Badiiy obrazning
ko‘p ma’noliligi, badiiy voqelik muallif tomonidan anglangan
mohiyatning badiiy modeli ekanligi va bu modelning muallif
ko‘rganidan o‘zgacha hayotiy holatlarga ham ko'pincha mos tushishi
Do'stlaringiz bilan baham: |