Shakl konservativroq hodisa bo'lganligidan uzoq yashovchanlik
xususiyatiga ega. Mazmun esa o'zgaruvchanlikka moyil hodisa boiib,
har bir badiiy asar mazmunan o'zicha originaldir. Sababi, o'sha
asami yaratgan ijodkor — individ, u dunyoni o'zicha ko'radi va
baholaydi. Shunga ko'ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham
mazmunan original (originallik bu o'rinda ijobiy ma’noda emas, balki
umuman o'ziga xoslik, boshqalarga aynan o'xshamaydigan degan
ma’noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya shakli badiiy
adabiyotda o'zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqlagan holda uzoq
vaqtlardan beri mavjud. Va ayni shu shakl doirasida minglab
yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlaming sanog'iga yetib
bo'lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o'ziga
xosliklar bo'ladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy belgilar saqlanib
qolaveradi.
Mazmunning shaklga o ‘tish hodisasi genetik asosga egadir. Buni
muayyan turg‘un janrlar misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan,
«g‘azal» janri dastlab paydo bo'lganida mazmun hodisasi edi. Uning
mazmun hodisasi bo‘lganligi so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan
izohlanishi mumkin. Ya’ni so‘z ma’nosidan kelib chiqsak, «ayollarga
xushomad, muhabbat» mazmunidagi she’riy asar g‘azal deyilgan.
Keyincha, g‘azal o‘z mazmuniga mos eng muvofiq shaklga ega bo‘lgach,
u shakl hodisasiga — turg‘un she’riy janrga aylandi. Xuddi shu gapni
«novella»ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyancha «yangilik»
so‘zidan olingan «novella» dastlab janr, ya’ni shakl hodisasi bo‘lmay,
mazmun hodisasi edi. Novella deyilganda jonli qiziqish uyg‘otuvchi
hodisadan xabar beruvchi asar tushunilgan. Ayni paytda, novella
Do'stlaringiz bilan baham: |