o ‘ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo‘lgan: qisqalik, syujet
o ‘tkirligi v.b. Keyincha novellaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib,
o ‘ziga xos shakl — novella janri yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va
mazmunning bir-biriga o ‘tishini bir asar doirasida ham ko‘rish
mumkin. Bunda endi badiiy asarning «sistema» ekani, har qanday
sistema quyi va yuqori darajadagi strukturaviy boiaklardan iborat
ekanligidan kelib chiqamiz. Masalan, til obrazga nisbatan shakl, obraz
tilga nisbatan mazmun; obraz ayni paytda badiiy mazmunni ifodalash
shakli. Yoki badiiy obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra turlari (detal
fabula — xarakter va bliaioil — dunyo obrazi) ham shaklning
mazmunga, mazmunning shaklga o ‘tishiga misol bo‘la oladi.
Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shaklning uyg‘un
muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi. Badiiyat go‘zal shaklda
ifodalangan aktual, umuminsoniy qadriyatlarga mos mazmunni
taqozo qiladi. Adabiyotshunos badiiy asami tahlil qilarkan, uning
diqqat markazida shakl yoki mazmun turishi mumkin. Lekin asosan
shaklga e ’tibomi qaratgani holda ham adabiyotshunos shaklning
mazmun jihatlarini nazardan soqit qilolmaydi; asarning mazmun
jihatini tekshirayotgan olim ham o‘sha mazmunning muayyan shaklda
ifodalanayotganini unutmasligi shart qilinadi. Modomiki badiiy asarda
shakl va mazmun uyg‘un birikar ekan, shaklni badiiyat, mazmunni
g‘oyaviylik (bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida
tushunib, har ikkisiga birdek e’tibor berish zarur. Adabiyotshunoslikda
mazkur qoidadan chekinilgan hollar ham bo'lgan, albatta. Shaklning
nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mezoni
Do'stlaringiz bilan baham: |