Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


OBRAZLILIK VA BADIIY OBRAZ


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

OBRAZLILIK VA BADIIY OBRAZ
Badiiy obraz vositasida tafakkur qilish (obrazlilik) san’at- 
ning spetsifik xususiyati sifatida. Badiiy obraz tushun­
chasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazi va uni 
yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari.
Badiiy obraz vositasida fikrlashi (va ifodalashi) san’at- 
ning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo‘lib, 
obrazlilik deb yuritiladi. San’atkor badiiy obraz vositasida 
dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining ang- 
lanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu 
ma’noda obraz adabiyot va san’atning fikrlash shakli, usuli 
sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabi­
yot va san’atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb 
yuritiladi.
Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafak­
kur tarzining farqi nimada? Oradagi farqni yorqinroq tasav­
vur etish uchun fandagi va badiiy adabiyotdagi tafakkur 
tarzini qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xil masala 
yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. 
A.Oripovning mashhur «Ayol» she’rida Ikkinchi jahon uru- 
shi tufayli eridan yosh beva qoigan, endi umrini farzandiga 
bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashab o'tayotgan ayol 
haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni 
gavdalantiradi, uning foje taqdiri, yolg'izlikda kechayotgan 
mashaqqat-u alam-iztirobga to'liq turmushini bir nechtagi- 
na yorqin badiiy detal yordamida tasvirlash orqali umuman 
urush haqida, uning oqibatlari -xalqim iz boshiga keltirgan 
kulfatlar haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar 
haqida mushohada yuritadi.
88


Endi xuddi shu she’rdagi masala xususida, masalan, 
tarixchi yo demograf olim qanday fikr yuritishini kuzata- 
miz: «Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlaridanoq ...
- ... - yillarda tug'ilgan yigitlar frontga to'la safarbar etildi. 
Sho'ro hukumati urush harakatlarida insonni tejash yo'lini 
tutmagani tufayli janggohlarda ... nafar yigitlarimiz halok 
bo'ldi. Buning natijasida urush davri va undan keyingi yil­
larda jamiyatdagi erkak-ayol nisbatida nomutanosiblik yu­
zaga keldi: demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar 
yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda 
«yolg'iz ayol» toifasi yuzaga keldi».
Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farq­
li yo'ldan boradi: uni urush davridagi konkret odam taqdiri 
emas, urush oqibatlari bilan bog'liq umumlashma faktlar qi- 
ziqtiradi. Shu bois ham urush dahshatlarini boshdan o'tkaz- 
gan konkret insonlardan o'zini fikran chetlashtirib - abstrakt 
tafakkur qiladi, umumlashma tushunchalar asosida fikrlaydi. 
Ya’ni ofim urushga safarbar etilib qaytmagan falonchi haqida 
emas, umuman safarbar etilib qaytmaganlar haqida; o'sha 
falonchining bevasi haqida emas umuman urush tufayli 
yolg'izlikda umr kechirgan ayollar haqida fikr yuritadi.
Ko'ryapmizki, mohiyat e’tibori bilan shoir va olimni o'y- 
lantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol 
taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umum- 
lashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, 
usuli bo'lib qoladi. Ya’ni olim ko'plab faktlarni (konkret ho- 
disaiar, insonlar va b.) o'rganib, ularning umumiy xususi­
yatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, 
san’atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umum- 
lashmaga intiladi.
Estetika, san’atshunoslik va adabiyotshunoslik fan- 
laridagi o'zak tushunchalardan birini anglatuvchi ter- 
minga rus tilidagi ko'p ma’noli «obraz» so'zining «biror 
nimaning ongdagi aksi» (keyingi o'rinlarda «biror ni- 
maning tasviri») ma’nosi asos bo'lib xizmat qilgan. Ter-
89


min sifatida «obraz» falsafa va psixologiyada ham faol 
qo'llanib, bunda voqelikning, undagi narsa-hodisaning 
inson ongidagi aksi tushuniladi. Shuni hamisha yodda 
tutish kerakki, so'zning lug'aviy ma’nosi bilan istiiohiy 
ma’nosi bir xil bo‘lmaganidek, bitta terminning turli fan­
iar doirasida ifodalayotgan ma’nolarida ham muayyan 
farqlar kuzatiladi. Ya’ni lug‘aviy va istilohiy ma’no orasi­
da mushtarak nuqtalar bo‘lsa-da, muayyan fan doirasida 
istiloh ostida aniq bitta ma’noni tushunish talab qilinadi. 
Shuni nazarda tutgan holda eng avval juda muhim bitta 
aniqlik kiritib oiishimiz zarur. U ham bo‘lsa shuki, garchi 
ilmiy muomalada ko'pincha «obraz» tarzida qo'llashga 
odatlangan esak-da, bunda hamisha «badiiy obraz»ni 
nazarda tutamiz. Zero, yuqorida estetika, san’atshunos- 
lik va adabiyotshunoslik fanlaridagi o‘zak tushuncha de- 
ganimiz - «badiiy obraz», faqat qulayligi vajhidan uni 
qisqa qilib «obraz» deb 
0
‘rganganmiz. Xullas, istiloh 
ma’nosini aniqlashtirish uchun eng avval «badiiy obraz» 
tushunchasiga ta’rif berishimiz lozim.
Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va b.) 
san’atkor ko‘zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qay­
ta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo'lgan shaklda 
ifodalangan aksidir. Albatta, bu aksda borliqning ko'plab 
tanish izlarini topamiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning 
aynan o'zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik - badiiy 
borliqdir. Tushunishimiz osonroq bo'lishi uchun rangtas­
vir san’atiga, musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musav­
vir yaratgan peyzaj - tabiat manzarasi tasviri bilan «na- 
tura» - asarga asos bo'lgan real manzara orasida juda 
katta tashqi o'xshashlikni topishimiz, hatto «xuddi o'zi-ya» 
deya hayratlanishimiz mumkin. Ehtimol, kimlar uchundir 
tomoshabinning bu nav hayrati musavvir ijodiga berilgan 
yuksak baho bo'lib ko'rinar ham. Biroq haqiqatda bu san’at­
ni tushunmasligimizdan dalolatdir. Zero, biz real manzara 
bilan tasvir orasidagi o'xshashlikni ko'roldik, xolos. Tas-
90


virda musavvir ayricha bo'rttirgan ranglarni, ularning qalb 
kechinmalariga «hamohang» jilosini, bizning nazarimizda 
ahamiyatsiz ko'ringani uchun e’tibor bermaganimiz, biroq 
muallif nazarida muhim bo'lgani uchun bo'rttiribroq beril- 
gan chizgini, naturada bo‘lsa-da asarda aksini topmagan 
yoki bo‘lmasa-da asarda aks ettirilgan jajji detalni... ilg‘ay 
olmadik, demak, san’at hodisasiga oshno bo'lolmadik, 
undan bebahra qoldik. Boshqacha aytsak, biz obrazdagi 
obyektiv ibtidoni ko'rganimiz holda undagi subyektiv ibti- 
doni - asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini 
ko‘ra olmadik. Modomiki badiiy obrazda faqat obyektiv ibti- 
donigina ko'rar ekanmiz, demak, asarni ko‘rmagan - badi- 
iyat hodisasidan chetda qolgan bo'lib chiqamiz. Zero, ba- 
diiyat ijod va retsepsiya (o'qish, tomosha qilish, tinglash) 
jarayonlaridagina mavjuddir. Ayon bo'ladiki, haqiqatda 
badiiy obrazning materiali real voqelikgina emas, ijodkor 
shaxsiyati hamdir. Ya’ni badiiy obrazda obyektiv va sub­

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling