Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


BADIIY ADABIYOT SAN’AT TURI SIFATIDA


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

70


BADIIY ADABIYOT SAN’AT TURI SIFATIDA
Estetik faoliyat haqida. San’at tushunchasi. Amaiiy va ba­
diiy san’atlar. Badiiy adabiyot - so'z san’ati. Badiiy adabi­
yotning san’at turlari orasidagi o'rni va o‘ziga xosligi. Ba­
diiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi.
Yuqorida inson ongining rivojlanishi barobarida faoli­
yatning ham yangi-yangi qirralari ochilib borgani aytildi. 
Shulardan biri - borliqni go'zallik qonuniyatlari asosida 
o'zlashtirish va o'zgartirishga qaratilgan estetik faoliyatdir.
Avvalo, mazkur faoliyat turining g'oyat qadimiyligi, 
shuningdek, uning insonga tabiatan xos ruhiy ehtiyoj bi­
lan bog'liqligini ta’kidlash kerak. Qadim manzilgohlardan 
topilgan turli ashyolar, g'or devorlariga chizilgan suratlar 
shunday o'ylashga asos beradi. Negaki, ibtidoiy ajdodlari- 
miz o'zlari yasagan mehnat qurollari amaliy vazifani baja- 
rishga yaroqlilikdan tashqari chiroyli bo'lishini ham xohla- 
ga n la r-ju d a primitiv naqshlar bilan bo'lsa-da bezaganlar. 
Xuddi shunga o'xshash, turarjoylarining qor-yomg'irdan, 
shamol-to'polondan ihotalashi, darrandalardan omon 
saqlashining o'zi kam ko'ringan - ularni ham baholi qudrat 
bezashga intilganlar. Muhimi - bu ishning anglangan tarz­
da, ichki ehtiyojni qondirish maqsadida qilingani. Yuqorida 
dunyoni bilish jarayonida inson unga (undagi konkret nar- 
sa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda bo'lishi, o'z 
navbatida, dunyo ham uning hislariga ta’sir qilishini ayt- 
dik. Ongining o'sishi barobari inson o'ziga nima qanday 
ta’sir qilishi-yu qanday hislarni qo'zg'ashini anglab borgan. 
Ya’ni o'shandayoq uning ongida primitiv go'zallik tushun­
chasi shakllanib, unga ehtiyoji borligini his qila boshlagan. 
Mazkur ehtiyoj universal xarakterga ega bo'lib, insoniyat-
71


ning tongidan boshlab to buguni qadar mudorn kuchay- 
sa kuchayib keladiki, asio susaygani yo‘q. Shu bois ham 
estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o'zini 
namoyon qiladi: kundalik turmushda, ish joyida, istirohat- 
da va b. Aytaylik, hovlisiga gul-u rayhon o'tqazayotgan 
ayoi, o'ziga oro berayotgan suluv, uyini sarishta qilay deb 
kuymalanayotgan beka, daraxtlarga shakl berayotgan 
bog'bon, tabiat manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh, 
o'sha manzarani chizayotgan rassom ... - bularning barida 
estetik faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Dey­
lik, hovlisiga gul-u rayhon ekayotgan ayol am aliy-m ehnat 
faoliyati bilan mashg'ul, lekin unga estetik faoliyat un­
surlari aralashgan; tabiat manzarasidan zavqlanayotgan 
sayyoh obyekt - tabiat manzarasi orqali o'ziga yo'naltiril­
gan retsepsion-estetik faoliyatda; manzarani chizayotgan 
rassom esa badiiy ijodga sho'ng'ib ketgan, ranglar vosita­
sida manzarani ijodiy qayta yaratib, unda qalbini suratlan- 
tirishga chog'langan... Darvoqe, sanoq oxirida ko'p nuqta 
qo'yilgani, uni yana davom ettirish mumkin degani, ayon 
bo'lyaptiki, estetik faoliyat g'oyat serqirra, turli ko'rinish va 
darajalarda voqe bo'luvchi hodisa ekan. Birgina san’atda 
estetik faoliyat o'zini to'liq namoyon eta biladiki, shu bois 
ham u estetik faoliyatning asosi - yadrosi deya ta’riflanadi.
Tilimizda faol qo'llanuvchi «san’at» so'zining ma’no 
ko'lami ancha keng, buni yangi «Izohli lug‘at»da uning 
beshta ma’nosi izohlanganidan ham bilsa bo'ladi. Darha- 
qiqat, «rassomlik san’ati», «kulollik san’atini egallamoq», 
«yuksak san’at bilan ishlangan», «san’atini namoyish et- 
moq», «harbiy san’atda beqiyos» kabi birikmalarning har 
birida «san’at» so'zi o'zining turli ma’no qirralarini namo­
yon etadi. Biroq jonli so'zlashuvda nechog'lik keng ma’no 
diapazonlarida qo'llanmasin, tabiiyki, bizni uning lug'aviy 
ma’nosi emas, istilohiy ma’nosi qiziqtiradi.
Istilohiy ma’noda san’at deganda insonning go'zallik 
qonuniyatlari asosida borliqni o'zlashtirish (va o'zgartirish)
72


ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda shuning nati- 
jasi o'laroq vujudga keigan narsalar jami tushuniladi. Isti- 
lohning mazkur keng ma’nosida go'zallik qonuniyatlari aso­
sida mahorafva did bilan yaratilgan narsalarning hammasi 
san’atga aloqador hisoblanadi. Keng ma’nodagi san’at o'z 
ichida «amaliy» va «badiiy (nafis)» san’at turlariga ajraladi. 
Amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, 
zardo'zlik, modelyerlik, dizayn kabi qator sohalarni, badiiy 
san’atlarga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr 
kabilarni mansub etamiz.
Modomiki keng ma’nodagi «san’at» ichida amaliy va 
badiiy san’atlar ajratilar ekan, ularning umumlashtiruvchi 
va farqli jihatlari bo'lishi lozim. Ularni umumlashtiruvchi ji- 
hat shuki, har ikkisi ham go'zallik qonunlari asosida did va 
mahorat bilan yaratiladi.
Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki, 
amaliy san’at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qilsa, badiiy san’at namunalari uning 
ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. 
Amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik turmushda 
foydaianishini ko'zda tutadi, ayni paytda, unga zavq ham 
beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va 
go'zal bo'lmasin, biz unda choy (umuman ichimlik) icha- 
miz. Mohiyat e’tibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo'n 
piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan qiymatda teng. Bi­
roq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita 
bo'lishidan tashqari zavq ham beradi, kayfiyatni ko'taradi. 
Shunday bo'lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilam- 
chi funksiyasidir. Demak, amaliy san’at mahsulotining qiy- 
mati, birinchi navbatda, foydaliligi bilan belgilanadi.
Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon haykaltaroshi 
yaratgan biror-bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan, 
yunon undan amalda foydalanishni ko'zda tutmagan. 
Aytaylik, u o'zi topingan ma’budlardan birining haykalini 
yaratishga jazm etdi. Haykaltarosh o'sha ma’budni, avva-
73


lo, o'z tasavvurida yaratdi, ijodiy fantaziyasi quwati bilan 
tasavvur qila olgani obrazda - qotirib qo'yilgan lahzada 
ma’budining go'zalligi, qudrati, mehri-yu qahrini ko'ra oldi, 
undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va ayni shu 
holatni toshda yo'nib muhrladi. Haykalni ko'rar ekan, to- 
moshabin haykaltaroshning yaratish onlaridagi zavqi, hay- 
ratini o'ziga yuqtiradi, haykaldan boshqa maqsadda foyda- 
lanishni o'ylamaydi ham. Ko'ramizki, haykal bir odamning 
zavqi-yu hayratini boshqa birodamga ko'chirdi, uning ruhi- 
yatiga oziq berdi, xolos.
E’tibor berilsa, aytilganlardan amaliy va badiiy san’at- 
larning yaratilish jarayoni nuqtayi nazaridan ham farq­
li ekanini ilg'ab olish qiyin emas. Avvalo, agar amaliy 
san’at namunalari go'zallik qonuniyatlari asosida kechgan 
mehnat jarayoni mahsuli bo'lsa, badiiy san’at namunalari 
go'zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyat nati- 
jasida dunyoga keladi. Shu jihatdan kulol bilan haykalta- 
rosh faoliyatini qiyoslab ko'rish mumkin. Kulol faoliyati 
yo'naltirilgan predmet - loyni real o'zgartiradi: avval uni 
ongida mavjud shakl (kosa, ko'za, lagan)lardan biriga kiri- 
tadi, naqsh soladi, sirlaydi, pishiradi. Pirovardida nafis bir 
buyum yaraladi. Undan farqli o'laroq, haykaltarosh faoliya­
ti yo'naltirilgan predmetni real emas, faqat ongida o'zgar­
tiradi. Deylik, agar u zamondosh shaxs siymosini gipsdan 
yasash yo marmardan yo'nishga jazm etsa, uning faoliyati 
yo'naltirilgan predmet aslo gips yo marmar bo'lagi emas, 
balki o'sha shaxs bo'ladi. Haykaltarosh o'sha shaxsni atrof­
licha va chuqur o'rganib, avval tasavvurida uning obrazini
- qahramoniga xos eng muhim jihatlarni mujassam etgan 
siymoni yaratadi, shundan so'ng o'sha siymoni yo'nadi 
yoki yasaydi. Albatta, u aks ettirgan shaxs qanday bo'lsa, 
o'shandayligicha qoldi, ya’ni predmetni o'zgartirish ong- 
dagina amalga oshdi - go'zallik qonuniyatlari asosidagi 
ijodiy-ruhiy faoliyat, boshqacha aytsak, badiiy ijod jarayoni 
kechdi. Ya’ni bu o'rinda endi yuqorida estetik faoliyatning
74


asosi, uning yadrosi deganimiz tor ma’nodagi san’at - ba­
diiy san’atga ro'baro' bo'lib turibmiz.
Mutaxassis sifatida biz asosan tor ma’nodagi «san’at» 
tushunchasi bilan ish ko'ramizki, eng awal shuni aniq- 
lashtirib olish zarur. Nemis faylasufi Gegel san’atni uchta 
uzv: 1) odatiy mavjudlik bo'lmish asar; 2) uning yaratuvchi- 
si bo'lmish subyekt; 3) o'sha asarni qabul qiladigan sub- 
yektlardan tarkib topuvchi hodisa deb biladi.1 Ko'ryapmizki, 
masalaga tizimli yondashgani uchun ham Gegel san’at­
ni to'laligicha - qismlardan tarkib topgan butunlik o'laroq 
qamrab oladiki, biz ham ta’rif berishda shu prinsipga taya- 
namiz. Xullas, tor ma’noda san’at deyilganda insonning 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling