Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Bu turmish, bu hokimiyat, cheki ko'rinmagan bu q oron gl-
liq... uning uchun sira qiziqariiq emasiar. ul y o ‘q e d i- tin c h edi, ul keldi - tinchimadi, ul yana y o ‘q bo'lsa, ehtimol, yana tinchir edi. Mana shuning uchun ham ul bezraygan edi. Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uning ko'nglidan tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bun dan ham qutilg‘andek bo'ldi. Ammo... ammo s o ‘ng nafasida uning bilan vidolashsa, b o ‘g ‘z ig ‘a xanjar botar ekan, uning yuziga qarabqina k o ‘zi nursizlansa... Uning hamma orzu- si shu edi hozir». Adib muqarrar o'limga yuzlanib turgan mahkumning karaxt-loqayd holatini, dilini birdaniga qopla- gan zulumotda ishq sham’ining zaifgina nuri qolgani-yu jon berarda ma’shuqasini yana bir ko'rish yagona ilinjiga aylanganini ishonarli va ta’sirli ifodalay olgan. E’tibor be- rilsa, kursiv bilan ajratilgan qismlar o'ziniki bo'lmagan avtor gapi shaklida, ya’ni aslida Otabekning ongida kechayotgan o‘ylar-u faqat muailif tilidan berilayotganini payqash qiyin emas. Boshqacha aytsak, personajning maqomi tasvir obyektidan o'y-fikrlar subyektiga (va aksincha) o'zgarib turadiki, bunday evrilishlar o'quvchi diqqatini tortib, qizi- qishini oshiradi. Zamonaviy adabiyotda personajning o'ylarini «ichki mo nolog» shaklida berish keng ommalashgan. Mohiyatan u personajning moddiylashmagan, o'ziga qaratilgan va faqat ichidagina kechuvchi nutqi bo'lib, shartli ravishda uning ongida kechayotgan fikrlash (his qilish) jarayoni deb qabul 104 qiiinadi. Shartli deyilishiga sabab shuki, ichki monolog gram- matik jihatdan tartibga solinadi, unda mantiqiy izchillik kuza- tiladi. Aslida esa inson ongidagi o'ylov (his etish) jarayoni bunday batartib kechmaydi: unga ziddiyatlar, paradokslar, chalg‘ishlar, uzilishlar ham xosdir. Ichki monolog vositasi- da personaj yuz berayotgan voqealarni mushohada qiladi, o'zini taftish qiladi, izhor etadi, iqror qiladi va sh.k. Masalan, Akbarali mingboshining dunyo ahvoloti haqida ilk o’ylovi «Shu qironlarning bir-biri bilan urushgani yomon bo'ldi... Ko‘p odam qirildi deydi noyib to‘ra. Mening mirzam Sokolov ham daraksiz ketdi. Uch oydan beri daragi yo'q. Yurt ham samovarday ichidangina asta-asta qaynab yotibdi. Bir to- shadi bu! Yomon toshadi lekin...» qabilidagi tashvish bilan boshlanadi. Akbarali yurtda katta silkinishlar yetilayotganini ich-ichidan his etib, mol-u joni tashvishini qiladi, shunday qaltis vaqtda Miryoqub sayohatga ketib qolganidan jahlla- nadi. Xullas, ichki monolog shaklida berilgan mingboshining tashvishli o'ylari Cho‘lpon chizayotgan davr polotnosidagi muhim chizgilardan biriga aylanadi. Yoki Zebi mingboshiga taslim bo‘lgach, puxta o'ylangan rejalari ko‘z oldida bir-bir barbod bo'layotgan Poshsha- xonning muhokamasi «Nima bo‘ldi? Zebixonni keltirdik: qancha qiyinchiliklardan so‘ng uning qaysarligini sindirib, qo'ziday yuvosh va muloyim qilib mingboshiga topshirdik. Mingboshi endi undan xursand: Zebixonning ham xafa bo‘lgani ma’lum emas...» degan afsus va qoniqmaslik to‘la o‘ylar bilan boshlanadi. Ayni muhokama Poshshaxonni keyingi qadam - Zebini zaharlash rejasini tuzish va pishi- tishga, amaliy harakatga undaydi. Ichki monolog Posh- shaxonning xatti-harakatlarini ruhiy jihatdan asoslash bilan birga o‘quvchining syujetda va personajlar taqdirida kes- kin o’zgarish yasagan voqeaning tub omillarini anglashiga zamin hozirlaydi. Realistik adabiyot, tabiiyki, ichki monologni ongda ke- chuvchi haqiqiy jarayonlarga yaqinlashtirishga intildi. 0 ‘y- 105 lov jarayonini tartibga solishda yaqqol soxtaiiklardan voz kechib, uning murakkab tomonlari ham aks etishi uchun ichki monologga o'rni bilan grammatik va mantiqiy jihat- dan izchil tartibga solinmagan unsurlarni ham kiritdi. Re- alistik adabiyotning buyuk namoyandalari - L.N.Tolstoy va F.M.Dostoyevskiy asarlarida ichki monolog go‘yo personaj ongida yozuvchi aralashuvisiz kechayotgan jarayon tasvi- ri kabi berilib, ong va ongosti qatlamlari faoliyatini butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat kuzati- ladi. Ularning tajribalari butkul erkin kechuvchi psixikjara- yonni tasvirlash yoki shunday effekt hosil qilishga intilishni kuchaytirdiki, natijada XIX - XX asrlar chegarasida ruhiy tasvirning «ong oqimi» shakli vujudga keldi. Albatta, «ong oqimi» adabiyotni inson ruhiyatini tasvirlash bobida bir pog‘ona yuksaltirgani, uning bu boradagi imkonlarini ken- gaytirgani shubhasiz. Biroq ruhiy jarayonlarni asliga tola muvofiq tasvirlash naturaiizmdan boshqa narsa emas. Ikkinchidan, adabiyot inson ongidagi psixik jarayonlar ni qayd etuvchi mashina emas, ya’ni bunday yondashuv ijodiylikni o'ldirishi ham bor gap. Nihoyat, uning maqbul tomonlari hozirda badiiy tafakkurga singib ketganki, ular ruhiyat tasvirining badiiyat talablariga muvofiq asliga ya- qinlashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-so‘zlari, yuz-ko‘z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik o'zgarishlarni ko‘rsatish orqali ochib berilishi bilvosita psi xologik tasvirdir. Masalan, qishloq sayohatiga borgan Zebi o‘zi sezmagan holda 0 ‘lmasjonga ko'ngil qo'ygani yodin- gizda bolsa kerak. Ittifoqo qizlar suhbatida safardosh yigit tilga olinadi: «Zebi sekingina bo‘ynini cho‘zib, gapga quloq soldi. U faqat Qumrining so'zini - «bittasi o'zimizning ara- vakash...» degan so‘nggi so'zini eshitib oldi. Yuragi o'yna- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling