Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

biz kabi 
- biz ham dun- 
yodan uzilgan - shundan boshqani ko'rmaganmiz - che- 
garalarimiz mustahkam - shu muhitni zo‘r deb yashashga 
mahkummiz». Diqqat qilinishi kerak nuqta shuki, «hovuz
- tilla baliqcha» assotsiatsiyalar zanjiridagi bitta halqaning 
mazmun-mohiyati (sho'rlik shu yerda yashashga majbur) 
bir turtki (xuddi biz kabi) o'laroq shoir ongida «biz - muhit» 
silsilasini harakatga keltiradi. Umid qilamizki, mazkur misol
95


san’atkor narsa-hodisalar mohiyatidagi o'xshashlikni qay 
yo'sin ilg'ab olishi, umuman, badiiy obraz yaratishida as- 
sotsiativlikning qanchalar muhimligi haqida muayyan da- 
rajada tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Yuksak darajadagi assotsiativ tafakkur natijasi o'laroq 
yaralgan badiiy obraz yakma’no bo'lolmaydi, ko'pma’no- 
lilik uning tabiatiga xos yana bir xususiyatdir. Zero, badiiy 
obrazning ko'pma’noliligi, o'z navbatida, uning tabiatiga 
xos assotsiativlik va tugallanmaganlik xususiyatlaridan 
kelib chiqadi. Birinchi holni, ayniqsa, assotsiativlik daraja­
si yuqori bo'lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol ko'rish 
mumkin. Masalan, Oybekning mashhur «Na’matak» she’ri. 
She’rda tasvirlangan tabiat manzarasini obraz deb olsak, 
tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o'zi­
da. Ya’ni go'zal manzara, uning ko'z oldida gavdalanishi- 
dan olinayotgan zavq va shu asosda tug'ilgan hol-kayfiyat 
bir she’r uchun, uni tugal lirik asar sanash uchun kifoya 
qiladi. Holbuki, shoir o'z vaqtida shu manzarada assotsi­
ativ ravishda istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini 
ham ko'rgan va shu ma’noni obrazda ifodalagan. Shuni- 
si ham borki, mazkur obrazning ma’no ko'lami shuiarning 
o'zi bilangina cheklanmaydi: o'quvchi o'z hayotiy tajribasi, 
she’rni o'qish paytidagi ruhiy holati bilan bog'liq ravishda 
shu obraz-manzara asosida ulardan tamom boshqa - o'z 
mazmunini ham shakllantirishi mumkin bo'ladi.
Ikkinchi ko'rinishdagi - badiiy obrazning tugallanma- 
ganligi bilan bog'liq ko'pma’nolilik nafaqat ramziy, bal­
ki tom ma’nodagi realistik obrazlarga ham xosdir. Faqat 
bunda endi ko'pma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi 
o'zgacharoq. Avvalo, tugallanmaganlik tushunchasini 
izohlab o'tish zarurati bor. Gap shundaki, san’atkor ba­
diiy obraz orqali ifodalamoqchi bo'lgan fikrni oxirigacha 
tugal aytmaydi (ya’ni kitobxon og'ziga chaynab solib 
qo'ymaydi), obrazning ayrim chizgilarini punktirlar (uzuq- 
uzuq chiziqlar) bilan tortadi - tugallanmaganlik deganimiz
96


shu. Boshqacha aytsak, san’atkor obrazda muayyan im- 
koniyatlar yaratib 
q o ‘ya di-da , 
ularni ro'yobga chiqarishni 
o'quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar, ayniqsa, «obyek- 
tiv tasvir» yo'sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi 
mavqeyida turgan asarlarda kuchli namoyon bo'ladi. Gar- 
chi asarda tasvirlangan narsa bitta bo‘lsa-da, o'quvchilar- 
ning ijodiy tasavvur imkoniyatlari, hayotni bilish darajasi
dunyoqarashi farqliligidan konkret obraz ularning ongida 
turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois 
ham o'quvchilar tasavvurida minglab Otabeg-u Kumush- 
lar, Qobil bobo-yu Saidalar, Zebi-yu Miryoqublar yashaydi. 
Badiiy obrazga xos ayni shu xususiyat tufayli ham asarni 
turli davrlarda turlicha uqish, uning zamiridan yangi-yangi 
ma’nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu xususiyat 
chinakam san’at asarini boqiylikka daxidor etadi.
Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi keng va 
tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda «badiiy obraz» 
deganda borliqning san’atkor ko‘zi biian ko'rilgan va ijodiy 
qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyum- 
lar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda 
badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi.
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabi- 
yotning markazida inson obrazi turadi. Negaki, borliqning 
o'zida inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan, badiiy 
adabiyotning borliqni idrok etishida inson obrazining aso- 
siy vosita bo‘lishi ham tabiiy va qonuniydir. Mazkur fikrni 
obrazlar tizimidagi darajalanish aniq-ravshan ko‘rinadigan 
katta epik asarlar misolida tushunish va tushuntirish qulay- 
roq. Sababi, epik asarlarda boshqa (tabiat, narsa-buyum- 
lar, jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning hammasi 
inson obrazini yorqin tasvirlash, atroflicha ochib berish 
maqsadiga xizmat qilayotgani yaqqol ko'zga tashlanadi.
Misol uchun yana «O'tkan kunlar»ga murojaat etamiz. 
Yodingizda bo'lsa, adib sanani qayd etiboq, Marg'llonning 
dongdor karvonsaroyidagi kechki payt uchun odatiy hayot
97


tarzi bilan uch-to‘rtta jumlada tanishtirgach, Otabek joy- 
lashgan hujra tasviriga o'tadi: «Saroyning to'rida boshqa- 
larg'a qarag'anda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujralarga 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling