Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

kigiz to'shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam, uttalar- 
da bo‘z ko‘rpalar ko'rilgan bo'lsa, munda ipak va adras 
ko'rpalar, narigilarda qora charog' sasig'anda, bu hujrada 
sftam’ yonadir...» 0 ‘quvchi dongdor karvonsaroyning eng 
yaxshi - «qip-qizil gilamlar», «ipak va adras ko'rpalar» 
to'shalgan, qimmatbaho sham yoritib turgan hujrasidagi 
odamning baland mavqeli, obroli va boy-badavlat ekanini 
(ayniqsa, boshqa hujralar bilan qiyoslab) darrov fahmlay- 
di. Zero, bundagi detallar - narsa-buyumlar obrazlari shu 
ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Yoki Xo'ja Ma’oz qabris- 
tonidagi tun manzaralari, bo'zaxonada yangragan Navo 
kuyining bayoni, Mingo'rik saylida ko‘rilgan tabiat tasviri -
bularning har biri alohida obraz bo'lgani holda, hammasi 
qahramon ruhiyatini chuqur ochib berishga xizmat qiladi.
To‘g‘ri, ayrim asarlar borki, ularda inson obrazi yaratil- 
gan emas: masallar, hayvonlar haqidagi ertaklar, peyzaj 
lirikasi va b. Biroq ularda ham yo majoziy ravishda inson, 
inson hayoti haqida so‘z boradi (masallar, hayvonlar haqi­
da ertaklar), yo inson qalbi suratlanadi (peyzaj lirikasi). 
Masalan, L.Tolstoyning «Xolstomer», E.Seton-Tompson- 
ning «Yovvoyi yo‘rg‘a», Ch.Aytmatovning «Alvido, Gui- 
sari» asarlari markazida ot obrazi turadi. Biroq ularning 
bari, birinchidan, insonlashtirilgan: inson kabi o'ylaydi, iz- 
tirob chekadi, quvonadi... Ikkinchi tomondan, ular majoziy 
tarzda inson hayoti haqida, kishilik jamiyatidagi ajabtovur 
holatlar-u murakkab shaxslararo munosabatlar haqida fikr 
yuritish vositasidir. Deylik, «Xolstomer»da insonga egalik 
qilish - chor krepostnoy tuzumining g'ayriinsoniy mohiya- 
ti ochilgan, «Yovvoyi yo‘rg‘a»da inson erki g'oyat baland 
pardalarda kuylangan bo‘lsa, «Alvido, Gulsari»da sho‘ro 
jamiyatidagi inson qadr-qimmati, sha’ni masalalari o'tkir 
qilib qo'yilgan. Ko'rib o'tilganlar majoziy ma’noga ham ega
98


realistik obrazlar bo'lsa, narsa-buyum va jonivorlar ma- 
joz - allegoriya o'laroq tasvirlangan asarlar ham ko'plab 
uchraydi. Bunday asarlarda jonivorlar-u narsa-buyumlar 
xuddi odamlardek harakatlanishi, gapiraverishi mumkin, 
ya’ni ularda faqat majoziy ma’no borki, u ham to'lasicha 
insonga aloqadordir.
Adabiyotshunoslikka doir manbalarda inson obrazi 
tushunchasi ko'pincha personaj termini bilan ifodalanadi. 
Personaj (lot. persona -  shaxs, teatr maskasi) deganda 
badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi voqea 
ishtirokchisi, his-kechinma va nutq subyekti tushuniladi. 
Demakki, asarda qimirlaganki inson obrazi bo'lsa - katta 
yo kichikligi, syujetdagi ishtiroki, asar strukturasida tutgan 
o'rnidan qat’i nazar - hammasini personaj deb atash mum­
kin. Sababi, bu termin qahramon, ishtirok etuvchi, xarak- 
ter terminlari bilan bitta sinonimik qatorni tashkil qiladi va 
neytral ma’nosi bilan dominant vazifasini o'taydi. Shu bois 
personaj terminini ularning o'rnida bemalol qo'llash mum­
kin, aksicha qo'llash esa xato bo'ladi. Chunki bu termin- 
lar o'zining asardagi mavqeyi, tashiyotgan g'oyaviy-badiiy 
yuk zalvori, syujet voqealaridagi ishtiroki, umumlashtirish 
darajasi kabi jihatlardan farqli inson obrazlarini anglatadi.
Badiiy adabiyotda inson obrazini to'laqonli yaratish, uni 
o'quvchi ko'z oldida konkret jonlantirish uchun xizmat qila- 
digan qator vositalar mavjud. Bularga muallif xarakteristi- 
kasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi kabi badiiy 
unsurlar kiradi.
Obrazga bevosita yozuvchi tomonidan berilgan ta’rif 
«muallif xarakteristikasi» deb yuritiladi. Muallif xarakteris- 
tikasida obrazning fe’l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar 
umumiy tarzda bayon qilinadi. Odatda, muallif xarakteris­
tikasi asarning boshlanishida yoxud konkret obraz asar vo- 
qeligiga kirib kelgan o'rinlarda beriladi. Muallif xarakteristi­
kasi o'quvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib
uning keyingi xatti-harakatlari, gap-so'zlarini anglashida
99


muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Kecha» romanida 
yayrab-o'ynab turgan qizchalar ustiga Razzoq so‘fi kirib ke- 
ladi-da, dag‘dag‘a soladi: «Nima bu qiyomat?!» Muallif syu- 
jet harakatini shu joyda to'xtatib, Razzoq so‘fi ta’rifiga o‘ta- 
di. Ta’rif anchagina uzun va tafsilli bo'lganidan muallif urg‘u 
bergan bitta nuqtani ko'rib o'tish bilan kifoyalanamiz: «Yoz 
faslida ko'proq kunduzi uxlaydi, kechalari tong otguncha 
o'zi yolg'iz baland ovoz bilan «Oblohu!» aytib o‘z oilasi va 
qo‘ni-qo‘shnini uxlatmaydi. <...> Uyda bo'lsa xonaqo singari 
salqin qildirib, undan keyin cho'ziladi va peshindan keyin 
uyquga ketgan bolsa, shomga borib zo'rg'a turadi: shunda 
ham Qurvonbibining qichqirishlari bilan... Namozgar aksari 
uyquga qurbon bo‘ladi...» Ko'ryapmizki, birinchidan, so'fida 
riyo bor, ya’ni uning ibodati xolis Alloh uchun emas, xo‘ja- 
ko‘rsinga. Ikkinchidan, u - nafsining quii, huzur-halovati 
yo'lida asr namozidan kechib qo'yaveradi. Xullas, oti so'fi 
bo‘lgani bilan, e’tiqodda juda sust, sobit ham emas. So‘fi- 
ning mudom tama bilan, nazr-niyozdan tegadigan ulush hi- 
sobiga yashashga ko'ngani, «benamozga qiz bermayman» 
degani holda eshonbobo oraga tushishi hamono tez fikrini 
o‘zgartirishi, akasining peshona teri bilan halol luqma topib 
yeyishga da’vatini rad etishi - barining tagzaminida, boshqa 
omillardan tashqari, e’tiqod zaifligi ham yotadi. Demak, mu­
allif xarakteristikasida umumiy tarzda zikr qilingan xususi­
yat asar davomidagi personaj xatti-harakatlari, gap-so‘zlari 
orqali konkretlashtirilar ekan.
Personajning so‘z bilan chizilgan tashqi qiyofasi - por- 
tret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. 
Portret, avvalo, personajning o'quvchi ko‘z oldida konkret 
inson sifatida gavdalanishiga ko'maklashadi. Ikkinchi to- 
mondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga 
ega bo'ladi. Ya’ni yozuvchi personaj siyratiga xos xususi- 
yatlarni suratida aks ettirishga intiladi. Yozuvchi personaj 
qiyofasini ancha mufassal chizishi yoki uning qiyofasiga 
xos ayrim detallarni berish bilan kifoyalanishi ham mum-
100


kin. Chunki portret - vosita, demak, uning qanday bo'li­
shi ko'proq muallif niyati, yozuvchining o'ziga xos tasvir 
uslubi, personajning asarda tutgan mavqeyi kabilar bilan 
bog'liqdir. Deylik, A.Qodiriy o'quvchisini qutidorxonadoniga 
qo'lidan tutib olib kiradi-da, ko'rsatib tanishtiradi go'yo: «... 
ichidan atlas ko'ynak, ustidan odmi xonatlas guppi kiygan, 
boshig'a oq dakanani xom tashlag'an, o’ttuz besh yoshlar 
chamaliq go'zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, 
eriga itoat, to'g'riliq ma’nolari tomib turg'an bu xotin qutidor- 
ning rafiqasi - Oftob oyim...» E’tibor berilsa, bunda portret 
chizgilari umumiy tarzda («go'zal», «xushbichim»; kiyim- 
bosh va yosh) berilgani holda siyrat chizgilari («yuzidan 
muloyimlik, eriga itoat, to'g'riliq ma’nolari tomib turg'an) 
bo'rtiqroq ifodalangan. Siyrat chizgilari bilan suratni to'ldirib 
olish vazifasi esa o'quvchi zimmasida qoldiriladi. Zero, Of­
tob oyim tabiatidagi muslima, mushfiqa, munisa ayollarga 
xos xususiyat aynan «yuzdan yog'iladigan nur»dirki, shu 
nurning o'zi beshak go'zallik o'laroq qabul qilinadi. Muhimi, 
Oftob oyimning keyingi xatti-harakatlari, gap-so'zlari hech 
bir o'rinda o'sha farishta yuzga soya solmaydi. Aksincha, 
o'quvchi «uzun bo'ylik, qora cho'tir yuzlik, chag'ir ko'zlik, 
chuvoq soqol, o'ttuz besh yoshlarda bo'lg'an ko'rimsiz bir 
kishi» - Homidni ilk ko'rganidayoq yomonlik sharpasini his 
qilgandek bo'ladi, chunki portret chizgiiari («qora cho'tir 
yuz», «chag'ir ko'z»)dan sovuqlik ufuradi.
«Mehrobdan chayon»dagi muallifning mashhur «Men 
rassom emasman. Agar menda shu san’at bo'lganda 
edi, so'z bilan biljirab o'lturmasdim» degan e’tirofi zamiri- 
da so'zning tasvir imkonlaridan qoniqmaslik yotadi. Adib 
o'quvchisiga qahramonini o'zi ko'rgandek taqdim etol- 
mayotganidan, o'quvchisi uning ko'zi bilan qaray olmas- 
ligidan xavotirda go'yo. Shu his ta’sirida bo'lsa kerak, 
Ra’no tasvirida so'zda mavjud tasvir imkoniyatlarining ba- 
rini maksimal namoyon etishga intiladi: «Bizning o'zbeklar- 
da, ayniqsa, Qo'qong'a maxsus bir tus, sariqqa moyil bir
101


tus bor. Lekin bu tusni kesdirib sariq deb bo'lmaydir. Chun- 
ki biz og'riq kishining tusini sariq deymiz. Zarcha, za’far 
tusiari ham bunga dag‘alliq qiladirlar. Ta’birimiz qo‘pol 
tushmasa, bu go‘zal qiz och ra’no gulining tusida yoki 
oq-sariq tusda yaratilg‘an edi. A’zoda o'skan tuklarga ham 
haligi tusning ta’siri bo‘ladir. Ra’noning sochi gungurt-qo- 
ra, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham, quyoshda 
biroz sarg'ish bo'lib ko'rinar edi. Shunga o‘xshash Ra’no­
ning ko‘zida ham buning asari ko‘ruladir: mudavvarga 
moyilroq jodu ko‘zi kishiga qattiq qarag‘anda qoraliqdan 
boshqacha yana bir turluk nur sochar edi. Kipriklari ostida 
nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutash kabi ko‘rinsa 
ham, ko'ndalang yotqan ikki qilich orasini nafis bir quyulib 
ko'tarilish ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidg'a 
berishmaslik mutanosib, har zamon uyaiish tabassumiga 
hozir turg‘an nafis irinlarining yuqorig'i qismida sezilar-se- 
zilmas tuklar ko‘kargan edi. Yuzi cho'ziq ham emas, oykul- 
cha ham deb bo‘lmas, kishiga kuiib qarag‘anda qizii olma 
ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo‘lar, go‘yo 
bizga chin ra’no guli ochilg'an holatda ko'rinar edi. Sochlari 
juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ra’noning orqa-o‘ngini tutib 
yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning 
0
‘rtasi, do‘ndiq 
barmoqlarining jimjilog‘ida xina gullari, har holda, bu qiz 
yolg‘iz Qo‘qonningg‘ina emas, umuman Farg'onaning kuy- 
lariga qo‘shulib maxtaladirg‘an go‘zallaridan edi».
E’tibor berilsa, Oftob oyim va Homid portretlaridan farqli, 
Ra’no portreti o‘z holicha ham badiiy-estetik qimmat kasb 
etayotgani anglashiladi. Demak, uning asar strukturasi- 
dagi maqomi o‘zgardi: u endi avvalgi ikkita portret singari 
faqat yordamchi vazifa bajaruvchi detalgina emas. Tamsil 
qilmoqchi bo‘lsak, deylik, bir xonadonga kirdingiz-u nigo- 
hingiz bekaning devordagi mohirona ishlangan portretiga 
tushdi, zum o‘tmay bekaning o‘zi ham ko‘rindi. Sizda endi 
bekani goh musawir nigohi bilan, goh bevosita ko‘rish im- 
koni tug'ildi, ayni paytda, ikkala nigohning bir-birini toMdiri-
102


shi hisobiga obyekt haqidagi tasavvurni boyitishingiz ham, 
portret va natura muvofiqligini mushohada qilishingiz ham 
mumkin. Ya’ni portret mustaqil badiiy-estetik qimmat kasb 
etgani holda, inson obrazini to'laqonli yaratish vositasi si- 
fatidagi funksiyasini ham o'zidan soqit qilmaydi.
A.Qodiriydan farqli o'laroq, Cho'lpon sevimli qahramoni 
Zebining portretini chizmagan. Adib ko'proq personajning 
siyratini chizadi, uning xatti-harakatlarini jonli tasvirlaydi, 
gap-so‘zlaridagi jonli ohangni ifodalashga intiladi, xullas, 
har bir o'quvchining o‘z Zebisini tasavvur etib olishiga im- 
kon yaratadi. Natijada qahramon qiyofasini chizmaslikning 
o‘zi o'ziga xos badiiy usulga aylanadiki, uning yordamida 
adib o'quvchini qahramoniga «yaqinlashtiradi». Demak, 
qahramon qiyofasining qanday va qay darajada chizilishi 
belgili emas, bu o'rinda portretning (yoki portret detalla- 
rining) inson obrazini tolaqonli yaratish va o'quvchining 
tasavvur eta olishi uchun yetarli bo‘lishi asosiy mezondir.
Inson obrazini tolaqonli yaratishning muhim sharti, 
ayni paytda, samarali vositasi badiiy psixologizm sanala- 
di. Shart deyishimizning boisi, inson - o‘ylaydigan va his 
etadigan mavjudot, demakki, ruhiyatida kechayotgan ja- 
rayonlar tasvirisiz uning obrazi ham noqis bo'ladi. Vosita 
deganimiz, aynan psixologizm tufayli asarda personaj jonli 
inson o'laroq harakat qilayotgandek taassurot qoladi, xat- 
ti-harakatlari, gap-so‘zlari hayot mantiqiga muvofiq ko'ri- 
nish oladi. Xullas, badiiy psixologizm deyilganda personaj 
ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari, gap-so‘zlari- 
ning psixologik jihatdan asoslanishi tushunilib, u mazkur 
vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi qator usul
vositalarni o‘z ichiga oladi.
Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki bilvosita 
tasvirlab berishi mumkin. Personaj 
o ‘y - k e c h in m a la r i, 
his- 
tuyg'ularining «ichki monolog», «ong oqimi» tarzida yoki 
muallif tilidan (o'ziniki bolmagan avtor gapi) bayon qilinishi 
psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Masalan,
103


ikkinchi bora o'limga hukm qilingan qahramonining ruhiy 
holati muallif tomonidan quyidagicha tasvirlanadi: «Otabek 
garangsigansumon devorga suyangan, mundagi allaqan- 
day ma’nolarni onglatqan taxt, toj, xon, bek kabi lash-lush- 
lar uning ko‘z o'ngida qora pullik qadr-u qiymatsiz... To'g'ri- 
si, ul ajib birtabiatka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz... 
Yo‘q, ul sezsa-da, bilsa-da, go'yo oyog‘-qo‘li bog'lanib 
bo‘g‘izlanishga hozirlangan bir qo‘y kabi qayralayotgan 
pichoqqa butunlay parvosiz, qo'rquvsiz tomosha qilar edi. 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling