Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

di... va darhol burilib tashqariga qaradi. Boshqa hech narsa 
koYinmasdi. Yurak o ‘ynashi bosilmadi. Lablari titramoqqa 
boshlagan edi... Birdaniga o'rnidan turdi, qizlar yo‘l bo'shat-
106


dilar, ularni oralab o‘tdi...» Zebining ayni paytdagi ruhiy ho- 
lati undagi fiziologik (yurak o‘ynashi, lab titrashi) o‘zgarishlar 
va xatti-harakati («birdaniga») orqali ifodaianmoqda. Yurak 
o'ynashi qiz dilidagi hayajonning g'oyat kuchli ekanidan da- 
iolat bersa, uning «birdaniga» o'rnidan turib, qizlarni oralab 
(hech kim va hech narsaning andishasini qilmay) tashqari- 
ga, maqsad sari yo‘l solgani esa ayni damda «majnuna»ga 
aylanganidan darakdir. Albatta, bular qiz ko‘nglidagi oniy 
kechinmalar - sog'lom aqli tezda ularning tanobini tortadi, 
biroq mazkur vositalar ularni manguga muhrlab qo‘yadi.
Shuni ham aytish kerakki, ruhiy tasvirning yuqorida ko‘- 
rib o‘tilgan ikkita - bevosita va bilvosita ko‘rinishlari bir-bi- 
rini to'ldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini 
tasvirlashda yozuvchi ularning har ikkisidan ham o'rni bi­
lan unumli foydalanadi. Shuningdek, personaj ruhiyatini 
ochishda yozuvchi yana tabiat tasviridan yoki boshqa bi­
ror narsa obrazidan foydalanishi ham mumkin. Masalan, 
«O'tkan kunlar» romanida A.Qodiriy Kumushning tur- 
mushga berilish xabarini eshitgan Otabek ruhiyatini «Xo'ja 
Ma’oz» qabristoni tasviri orqali majozan tasvirlasa, uning 
Kumush hijronida yashagan paytlardagi ruhiy holatini 
«Navo» kuyining sharhida umumlashtirib ifodalaydi. Yoki 
Mingo'rikka qimizga chiqqanida «Otabek tabiatning shu 
ko'rkam va latif ko'rinishiga maftun bo'lib, biroz yotqan- 
dan keyin «ul ham bo'lsa edi» deb o'yladi va uzoq tin olib 
qo'ydiki, bunda personaj ruhiyati tabiatning to'kis va go'zal 
manzarasi bilan zidlash orqali ochib beriladi.
Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman, in­
son obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri 
personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog'ining 
ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi 
ahamiyati, mavqeyi ham kuchaydi. Mohir yozuvchi per­
sonaj nutqini individualiashtirish orqali uning shaxsiyati, 
dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida 
o'quvchiga ko‘p narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki,
107


dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo'nda sharh- 
lari bilan ta’minlanadi. Dialogda muallif remarkasi tarzida 
beriluvchi personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi, unda- 
gi fiziologik o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar juda katta 
ahamiyat kasb etadi. Ular personaj nutqini «eshitish» va 
uning xatti-harakatini «ko‘rib turish» imkonini - sahnaviylik 
effektini yaratadi, inson obrazining to‘laqonli, jonli chiqi- 
shini ta’minlaydi. Avvalgi mavzu doirasida badiiy nasrda 
dialog salmog'ining ortishi milliy teatr san’ati rivoji bilan 
bog'liq ekanini aytdik. Shuni ham ta’kidlash kerakki, nasr- 
dagi dialogning ifoda imkoni teatrdagiga qaraganda an- 
cha kengaygan. Chunki, sahnadagidan farqli o‘laroq, epik 
asardagi dialog kontekst doirasida tushuniladi, demakki, 
o'quvchining dialogdagi u yoki bu replika - gap mazmuni- 
ga ta’sir qilayotgan omillardan xabardorlik darajasi spek- 
takl tomoshabiniga qaraganda ancha kengdir.
Adabiyotshunoslikda inson obrazi bilan bog'liq holda 
badiiy obrazning yana bir muhim xususiyati - uning o‘z 
xarakteri mantiqidan kelib chiqqan holda harakatlanishiga 
alohida diqqat qilinadi. Ehtimol, sizning ham duch kelganin- 
giz bordir: ba’zan kitobxonlar asarni muhokama qilarkan, 
«falon qahramon o'lmaganida yaxshi bo'lardi» yoki «falon 
bilan fiston qahramon bir-biriga yetishsa yaxshi bo'lar- 
di» qabilida fikr yuritishadi, hatto shu xil istaklarini bildirib 
asar mualliflariga xat yozganlari ham bor. Bu - badiiyatni, 
ijod jarayonini yuzaki, jo‘n tushunish natijasi. Gap shun- 
daki, personaj yozuvchining quli emas, u o'zining xarak- 
ter mantiqiga muvofiq harakat qiladi. Albatta, personajlar 
xarakteriga xos asosiy xususiyatlar (parametrlar)ni avval- 
boshda muallif belgilaydi. Keyin, asar voqealari rivoji davo- 
mida to'la shakllangan va mustahkamlangan xarakter endi 
muallif diktatini qabul qilmaydi, o‘z boshicha harakatlana 
boshlaydi. Adabiyot tarixida buni tasdiqlaydigan ko'plab 
misollar bor. Aytaylik, Kumushning o‘limi sahnasini yozib 
bo‘lgach, A.Qodiriy kuyib yig‘laganini xotirlaydilar. Agar ix-
108


tiyor adibning o'zidagina bo'lganida, Kumushni chin dildan 
suygan A.Qodiriy asariga boshqacha yechim topmasmidi?! 
Yoki «Kecha»ning boshlanishidayoq Razzoq so'figa nis- 
batan o‘zining nafratini yashirmagan Cho'lpon suyukli qah- 
ramoni Zebi fojiasining asosiy sababchisini boshqacharoq 
harakatlantirgan bo'lmasmidi?! Ehtimol, ijod jarayonida 
har ikki ulug‘ adibimiz dilida shu xil istak kechgan bo'lishi 
mumkin, biroq ularning ikkisi ham xarakter mantiqiga, ba­
diiy haqiqatga zid bormaydilar. Shu bois ham ular yaratgan 
betakror obrazlar adabiyotimizning nodir namunalari bo‘lib 
qoldi.
Adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etila- 
di, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani 
bilan bog'liqdir. Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan muno- 
sabatiga ko‘ra 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling