Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ijodiy niyat tug'iladi. Ijodiy niyatning tug'ilishi - badiiy ijod
jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san’atkorning voqelik bilan munosabati, voqelikni 0 ‘ZIChA (o'zining estetik ide- ali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, ha- yotiy va ijodiy tajribasi, tug'ma iste’dodi quvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o'laroq yuzaga keladi. 123 To‘g‘ri, u yoki bu asarining yozilishi tarixiga to‘xtalgan yo- zuvchining ijodiy niyat birdan tug'ilganini ta’kidlagan hollar ham tez-tez uchraydi. Balki, shundaydir, biroq, masalan, chaqmoq yarq etishi uchun avval bulutlar elektr zaryadiga to‘yinishi kerak emasmi? Yana tamsil qilsak, Nyutonga qa- „ dar ham necha-necha odamlarning boshiga olma tushgan, biroq butun olam tortishish qonunining kashfi faqat unga nasib etmadimi?! Demak, gap aslo olmada emas, bosh- da ekan-da. Shunga o'xshash, u yoki bu asarni yozish bi lan bog'liq ijodiy niyat ham faqat shu haqda o‘ylab yurgan odamda tug‘ilishi mumkin, xolos. Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, bir- muncha xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib turadi. Ya’ni ijodiy niyat yaratilajak asarning san’atkor ongida- gi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayoq o‘quvchiga muayyan ta’sir qilishni ko'zda tutadi. Baski, maqsad ijroga ta’sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Bu jarayonni birmuncha o‘zgacharoq tushuntirish qulayroq ko'rinadi: san’atkorning estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiqlik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga yaqinlashish ijodning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan ijro, ijod mo- tivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi. Shu yaxlit jarayon - badiiy ijod davomida ijodiy niyat ijro etiladi, san’atkorning o ‘y - fik rla ri, bahosi badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtiriladi. Biz badiiy ijodjarayoni deganda san’atkor ongida ijodiy niyat yetilib, «bo‘shanish» zarurati yuzaga kelgan paytdan to asarga so‘nggi nuqta q o ‘y N g iin g a qadar bo‘lgan vaqtni ko‘zda tutamiz. Ayni shu vaqt oralig‘ida san’atkor ongida kechgan ijodiy-ruhiy jarayon badiiy asarda akslanadi. Shu bois ham mazkur jarayonning o'ziga xos xususiyatlariga ayricha e’tibor zarur. Avvalo shuki, ijod onlaridagi ijodiy- ruhiy holat san’atkorning bungacha kechirgan hayoti, ko'rgan-kechirganlari zaminida yuzaga keladi. Biroq ijod 124 onlarida u oldingi hayotidan, zamindan uziladi go'yo: endi u tamomila o‘zga o'lchamda - IDEAL olamida yashaydi. Ayon bo'ladiki, san’atkorning hayot yo‘li, unga oid fakt va hodisalar, shaxsiyati, sajiyasi kabilar bilan badiiy asar orasidagi aloqa ko'proq genetik (paydo bo'lishi, dunyoga kelishi jihatidan) xarakterga egadir. Zero, badiiy asarda real san’atkor emas, uning ijod onlaridagi ma’naviy-ruhiy bu- tunligi aks etadi. Shunga ko‘ra, hayotda biz bilgan san’at kor bilan ijod onlaridagi san’atkor orasiga tenglik alomati qo‘yib bo'lmaydi: real san’atkor bilan asarda aks etgan muallif obrazi (yoki lirik qahramon) bitta emas. Ikkinchidan, ijod oniaridagi ijodiy-ruhiy hoiat betakror bo'lib, bitta daryo- ga ikki bora sho'ng'ib bo'lmaganidek, san’atkorning xuddi shu ijodiy-ruhiy holatga qayta tushishi mumkin emas. De mak, o'zida muayyan ijodiy-ruhiy holatni aks ettirgan badi iy asar ham betakror (fenomenal) hodisa sanaladi. Shunga ko'ra, badiiy asardagi har bir unsur o'sha ijodiy-ruhiy holat mahsuli, asarda bironta ham ortiqcha unsur mavjud emas. Zero, asardagi barcha unsurlar, hatto bizning nazdimizda ortiqchadek tuyulganlari ham muallifning ijod onlaridagi ruhiy holatini ifodalaydi, demakki, asarning mazmun-mo- hiyatini anglashga xizmat qiladi. Aytilganlar badiiy a s a r- butunlik ekani, bu o'zak xususi- yat esa uning obyektiv va subyektiv ibtidolar birligi sifatida- gi mavjudligida namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Zero, adabiy asarda tasvirlangan voqelik bilan uning muallif idroki uyg'un mujassamini topadi. E’tibor bering, bu butunlik qismlarini bir-biridan ajratsa bo'ladigan mexanik hodisa emas, chun ki unda obyekt subyekt orqali, subyekt esa obyekt orqali namoyon bo'ladi. Ya’ni ular ikkita alohida narsa emas, bal ki butunning ikkita tomonidir. Ayni chog'da, asar butunligi- ni ta’minlashda ijodkor subyekti sementlovchilik vazifasi- ni o'tashini ham ta’kidlash zarur. Zero, subyekt asarning jon-joniga, ta’bir joiz bo'lsa, jami hujayrasiga singib ket- gan va ularning har birida o'zini namoyon etadi. Tag'in bir 125 muhim jihati, adabiy asa r-tu g a l butunlik, u o‘z-o‘zichayoq bekam - boshqa hech narsaga, hech bir unsurning qo'shi- lishiga ehtiyojmand emas. Bu butuniikdagi biror-bir unsur- ni asar mazmun-mohiyatiga putur yetkazmagan holda olib tashlash mumkin emas. Sababi, uni tashkil qilayotgan un- surlarning bari bir-biri bilan mustahkam aloqada va ayni shu aloqalar asosida butunlik yuzaga keladi. Demak, adabiy asar - sistem butunlik. Sistema degan- da esa, ma’lumki, bir-biri bilan muayyan munosabat va aloqadagi qismlardan tarkib topgan butunlik tushuniladi. Ya’ni u monolit emas, lekin qismlar orasidagi aloqa va munosabatlar shu qadar muhimki, ularning yetarli ang- lanmasligi asarni chala, hatto o‘z mohiyatidan o'zgacha tushunishga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, siste- madagi unsurlar - har bir qism mohiyati butun tarkibida namoyon bo'ladi, o‘z navbatida, butun qismlar orqali tus huniladi. Shunga ko‘ra, badiiy asarni o'qiyotgan odam, birinchidan, asardagi har bir qismni alohida va boshqa qismlar bilan aloqada, ikkinchidan, asarni butun holicha tasavvur eta bilmog‘i lozim. Aytaylik, matnning bir qismi- dagi konkret unsur uning boshqa bir qismidagi unsur bi lan mazmuniy aloqaga kirishadi. Lekin bu aloqa bevosita emas (ya’ni matnda bog'lanish yo‘q), buning ustiga, yo zuvchi unga hech qanday ishora qilmagan. Biroq ularning har ikkalasi ham butunning qismi bo'lgani uchun asarning mazmun-mohiyatini ochishda bu aloqa muhimdir. Tamsil qilsak, elektr manbaiga ulangan ikkita simning uchi bir-bi- riga tegizilganda uchqun chiqqanidek, ongimizda o'sha ikki qismni bir-biriga to'qnashtirganimizda uchqun chiqadi - mazmunning yangi bir qirrasi kashf etiladi. Buni konkret misol yordamida ko‘rib o'tish foydadan xoli emaski, yana «O'tkan kunlar»ga murojaat qilib, Hasanalining Ziyo shohi- chi xonadoniga maslahatga borganini eslaymiz: «Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig'a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasiga qaradi. Daricha tirqishidan 126 ko'rilgan yorug'liq mehmonxonada kishi borliqni bildirar edi. Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohi- chi namoz o'qumoqda bo'lib, mehmonxona chet kishidan xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so'yindi va Ziyo akaning namozni bitirishini kutib o'lturdi». Hasanali birovning avval tashqisiga, so‘ng to meh- monxonasiga qadar sira ovoz bermay kirib borgani ziyrak o'quvchini hayron qoldirishi, unda e’tiroz qo‘zg‘ashi tabiiy. Axir, o'zbekda birovning xonadoniga kelganda sharpa berish, chaqirish odat emasmi? Shunday. Biroq bundan oldingi abzatsda aytilishicha, Hasanali Ziyo shohichinikiga borish qasdi bilan ko'chaga chiqqan paytda «Qosh qora- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling