Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

g'oya (kengroq olsak, badiiy konsepsiya) o'sib chiqa- 
di. Xuddi problema bilan mavzu birligi badiiy asar maz- 
munining tematik asosi bo'lgani kabi, tendensiya bilan 
g'oya birligi uning g'oyaviy asosini tashkil qiladi. Shun- 
ga ko'ra, badiiy asar mazmuni g'oyaviy-tematik butunlik 
bo'lib, u haqda so'z borganda har ikki tomon nazarda tu- 
tilishi lozim. Bu esa, tabiiyki, oson ish emas, asarni maz- 
kur talabga to'la amal qilgan holda tushunish inson im- 
konidan tashqaridadir.
Yuqorida badiiy asar mazmuni g'oyaviy mazmundan- 
gina iborat emas dedik. Negaki, g'oyaviy mazmun de- 
ganda asarda tasvirlangan badiiy voqelikka muallifning 
g'oyaviy-hissiy munosabati asosida kelib chiqadigan maz­
mun tushuniladi. Holbuki, asarda so'z bilan tasvirlangan
153


badiiy voqelik o'quvchi tasavvurida gavdalanar ekan, u 
muayyan darajada obyektivlashadi. Shunday ekan, endi 
o'quvchi o'sha voqelikka muayyan g'oyaviy-hissiy muno- 
sabatda bo'lishi va shu asosda o'zining mazmunini shakl- 
lantirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda adabiyot- 
shunoslikda ba’zan «subyektiv g'oya» va «obyektiv g'oya» 
tushunchalari farqlanadi ham. Bunda asarda muallif talqi- 
nidan kelib chiquvchi g'oyaga subyektiv, unda tasvirlangan 
voqelik mohiyatidan kelib chiquvchi g'oyaga esa obyektiv 
sifati beriladi. Biroq bunday farqlash ilmiy jihatdan asos- 
li emas. Chunki, garchi «obyektiv g'oya» deb atalsa-da, 
haqiqatda u o'quvchining tasavvurida obyektivlashgan ba­
diiy voqelikka g'oyaviy-hissiy munosabati asosida voqela- 
nadi, ya’ni u ham, aslida, subyektivdir.
Aytilganlar mazmunning shaklga ta’siri, uning shakl- 
ni belgilashini yorqin namoyish etadi. Zero, birinchidan, 
asarda tasvirlash va badiiy idrok uchun tanlab olinayotgan 
hayot materiali ixtiyoriy (spontan) bo'lmay, qo'yilgan prob- 
lemani badiiy idrok etish uchun eng optimal imkoniyat bera 
oladigan bo'lishi lozim; ikkinchidan, obrazlar sistemasi, 
unda har bir obrazning tutgan mavqeyi, konflikt turi, janr, 
kompozitsion qurilish - bular hammasi problema va ten- 
densiya talabidan kelib chiqadi.
Shu o'rinda masalaning yana bir jihatiga e’tiborni tor- 
tamiz: badiiy asardagi shakl komponentlarining har biri 
mazmun komponentlaridan konkret bittasi bilan bevosi­
ta bog'lanadi. Deylik, mavzu badiiy tadqiq uchun olingan 
hayot materiali sifatida ayni materialni uyushtirib beruvchi 
syujet bilan uzviy bog'liq, ikkisi - bamisoli et bilan suyak. 
Muallifni o'ylatgan problema ko'proq asardagi konfliktlarda 
o'z ifodasini topsa, uning g'oyaviy-hissiy bahosi kompozit- 
siyaning muhim unsuri bo'lmish obrazlar tizimida bo'rtib 
ko'zga tashlanadi. Nihoyat, asardagi badiiy hukm - badiiy 
konsepsiyaning tashkillanishi va ifodalanishida kompozit- 
siya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
154


Badiiy asar mazmuni ko‘p qatlamli hodisa bo'lib, ulardan 
ikkitasi - aktual va tub estetik qatlamlar universal xarakter- 
ga ega. Aktual qatlam deyilganda asarning ijtimoiy-siyosiy 
mohiyati tushuniladiki, u bevosita asar yaratilgan davrning 
ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga qaratilgan bo'ladi. Ijodkor 
muayyan bir davr kishisi, u zamonasining muammolaridan 
forig' bo'lolmaydi, atrofida yuz berayotgan hodisalarga 
o'zining g'oyaviy-hissiy munosabatini bildiradi - asarida ij­
timoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g'oyalarni oldinga suradi, 
asari bilan zamonasiga muayyan ta’sir o'tkazish maqsadini 
ko'zlaydi. Biroq mazmunning aktual qatlami uni aktual et­
gan ijtimoiy-tarixiy asoslarning yo'qolishi barobari yo'qolib 
boradi - endi asarning boshqa qatlamlari aktuallashadi. 
Shu bois ham konkret badiiy asarning turli davr o'quvchilari 
tomonidan turiicha tushunilishi mumkin bo'ladi. Zero, har 
bir davr asar mazmunining o'zi uchun ahamiyatli qatiami- 
ni aktuallashtiradi. Masalan, A.Qodiriy «O'tkan kunlar» 
romanida o'z davri ijtimoiy muammolariga (millat fojialari- 
ning ildizi, milliy ozodlik va taraqqiy masalalari) munosabat 
bildirib, shu davr uchun benihoya muhim g'oyalarni sing- 
dirishga intilgan edi. Keyinroq, 60-yillardan boshlab asar 
mazmunining bu qirrasi go'yo silliqlanib ketdi-da, bosh­
qa qatlami (ota-ona orzusi, sevgi va vafo) aktuallashdi: u 
endi «ishqiy-maishiy roman» o'laroq tushunila boshlandi. 
80-yillarning oxirlariga kelib esa jamiyatimizda mohiyatan 
asar yaratilgan davrdagiga yaqin ijtimoiy-tarixiy vaziyat 
(milliy o'zlikni anglash, istiqlol sog'inchining kuchayishi) 
yuzaga keldi va shunga mos ijtimoiy kayfiyat ustuvorlik qila 
boshladiki, bu roman yozilgan davridagi aktual mazmun­
ning qayta aktuallashuviga olib keldi.
Mazmunning tub estetik qatiami esa, aktual qatlamdan 
farqli o'laroq, asar yaratilgan davrgagina qaratilgan emas
- u davr kontekstidan ayro holda ham tushunilaveradi. Bu­
ning omili, ilgari aytilganidek, badiiy ijod onlarida san’atkor 
o'z davridagina emas, katta VAQT qo'ynida yashashi bilan
155


izohlanadi. Shu bois ham asarda mangu muammolar, man- 
gu qadriyatlar o‘z aksini, ifodasini topadi. Asarning umrbo- 
qiyligini ta’minlovchi jihat ham, aslida, shudir. Hali zamonlar 
o‘tar, lekin Qodiriy romani kelgusi avlodlarni ham hayratga 
solaveradi. Zero, unda mangu muammolar («otalar va bo- 
lalar» muammosi, «ma’rifat va jaholat», «ezgulik va yovuz- 
lik», «adolat va zulm» kabi) o‘lmas umuminsoniy qadriyatlar 
nuqtayi nazaridan badiiy tadqiq qilingan va baholangan.
Mazmunning mazkur ikki qatlami o'zaro munosabatida- 
gi ayrim o'ziga xos jihatlarni nazardan qochirmaslik lozim. 
Odatda, mazmunning aktual qatlami yuzada bo'ladi. Zero, 
asar o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ruhiy ehti­
yojlariga «labbay!» deb javob bera olishi uchun shunday 
bo'lishi kerak ham. Biroq ayni hoi asar yaratilgan davr 
o‘quvchilarining tub estetik qatlamni ilg'ab olishlariga, uni 
munosib baholashlariga xalal berishi ehtimolini kuchayti- 
radi. Masalan, Murod Muhammad Do'stning «Lolazor» ro­
mani e’lon qilingan vaqtda o'quvchi ommani ko'proq u yoki 
bu personaj ostida kim nazarda tutilayotgani, syujetdagi 
u yoki bu voqea jamiyatimizda yuz bergan qaysi voqea- 
ga bog‘lanishi qiziqtirdi. Natijada o'quvchilarning aksariyati 
romanda hayotga odatlanilgandan o'zgacha nazar tash- 
langani, ongimizda turg'unlashgan stereotiplarni barbod 
etaroq unda olam va odam mohiyati yangicha idrok eti- 
layotgani-yu o‘ziga xos badiiy falsafa borligini fahmlayol- 
may, anglayolmay qoldi. Adabiyotimiz tarixida, xususan, 
so‘z va ijod erkinligi bo‘g‘ilgan sho‘ro davrida mazmunning 
aktual qatlami ijodkorning asl muddaosi - u ifodalamoqchi 
bo'lgan mazmunni pardalashga xizmat qilgan hollar ham 
uchraydi. Jumladan, Cho'lpon «Kecha» romanida Zebi 
syujet chizig‘idagi voqeaiarni oldingi planga chiqaradiki
bu bilan sho‘ro tarbiyasini olgan o'quvchi omma kutgan 
«Oktyabr inqilobidan avval xotin-qizlarimiz huquqsiz edi» 
qabilidagi mazmun aktuallashadi. Ayni paytda, Miryoqub 
va Akbarali syujet chiziqlari orqali uyushtirilgan hayot ma-
156


teriali adibga yurtining taraqqiyot yo'lini teran tahlil qilish 
va bu masaladagi o‘z qarashlarini «yo‘lini qilib» ifodalash 
imkonini beradi. Ya’ni rasmiy mafkura nuqtayi nazaridan 
maqbul aktual mazmun unga zid keluvchi muallif qarash­
larini «pardalab» aytishga imkon yaratadi.
Konkret badiiy asar mazmuniga ta’sir etuvchi muhim 
omillardan biri ijodkor dunyoqarashidir. Inson voqelikni, 
unda yuz berayotgan hodisalarni o'zining dunyoqarashi bi­
lan bog'liq holda ko'radi. Shunga ko'ra, biz «real voqelik» 
deb atayotgan narsa turli individlar ongida turlicha aksla- 
nadi va turlicha baholanadi, demakki, «haqiqat» tushun- 
chasi nisbiydir. Bir davrda yashagan bir necha ijodkorning 
bir xil mavzudagi asarida tamoman farqli g'oyalarning il- 
gari surilishi, voqelik ularda turlicha baholanishi mumkin 
va tabiiydir. Fikrimizni oydinlashtirish uchun tematik jihat- 
dan bir-biriga yaqin bo'lgan «Kecha» va «Qutlug1 qon» 
romanlariga bir qurgina qiyosiy nazar tashlash foydali. 
Har ikki roman ham jamiyatning muayyan bosqichdagi ho- 
latiddn «qoniqmaslik» yoxud unga nisbatan «isyon» nati- 
jasi o‘laroq yaratilgan. Deylik, sotsialistik ideallarga chin 
dildan ishongan Oybek ruhiyatiga 30-yillar voqeligi qattiq 
ta’sir qilgan: adib ongida ziddiyat va chigalliklar (ideallari- 
da shubhalanish) paydo bo‘lganki, ularni hal qiiish uchun 
yaqin o'tmishni badiiy tadqiq etishga jazm qilgan. Biz Oy­
bek o'tmishni atayin rasmiy nuqtayi nazarga mos yaratgan 
degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Aksincha, adib o‘z ideali 
asosida ko'rilgan voqelikni «Qutlug1 qon» badiiy voqeligida 
haqqoniy aks ettirgan, uning vositasida yurtining taraqqi­
yot yo'lini badiiy tadqiq etgan va shu asosda o'zining 
konsepsiyasini butlab olgan. Ya’ni yaqin o'tmishning ba­
diiy tadqiqi asosida Oybek o‘sha oktyabrda tanlangan yo‘l 
to‘g‘ri edi degan xulosaga kelganki, natijada ruhiyatidagi 
ziddiyat-u chigalliklar barham topgan. Yurtining o'tmishi- 
ga yigirma yil yuksakligidan nazar solgan Cho‘lpon esa 
«Kecha» romanida yurtimizda oktyabr inqilobining amalga
157


oshishi ijtimoiy-tarixiy zaruriyat emas, balki davr taloto'pla- 
rining hosilasi ekanligini, xalqini chinakam saodatga eltishi 
mumkin bo'lgan yo'l boshqa bo'lganligini o'zi uchun yana 
bir karra tasdiqlab oldi-da, o'zi anglagan haqiqatni yo'li bi­
lan o'quvchisiga yetkazishga intiidi.
Bundan anglashiladiki, chinakam ijtimoiy-shaxsiy ehtiyoj 
mahsuli sifatida dunyoga kelgan asar badiiy voqeligini real 
voqelikka zid deyishlik maqbul emas va haqiqatga xilofdir. 
Zero, bunday da’vo bilan chiqqan holda ijodkor yaratgan 
badiiy voqelikni real voqelikka emas, ko'proq o'zimiz o'z 
nuqtayi nazarimizdan va o'zga ma’no asosida ko'rgan vo­
qelikka qiyoslagan bo'lib chiqamiz. Masalan, Cho'lpon va 
Oybek romanlarida yaratilgan badiiy voqelik bir-biridan kes- 
kin farqlanadi, biroq har ikki adib uchun ham o'zi yaratgan 
badiiy voqelik real voqelikdan-da realroq, buni tan olmaslik 
ijod va fikr erkinligini tan olmaslikka olib keladi.
I.Sultonning «Adabiyot nazariyasi»da mazmun spet- 
sifikasi masalasiga alohida bob ajratilgani holda ushbu 
masalaning «adabiyotshunoslikda hanuz kam o'rganilgan 
problemalardan biri»1 bo'lib qolayotgani ham ta’kidlangan. 
Darhaqiqat, adabiyot nazariyasiga oid manbalarda masala 
umumiy tarzdagina yoritilib, uning o'ziga xos xususiyatlari 
ta’riflanmagan. I.Sulton mazmun spetsifikasiga maxsus 
to'xtalib, mazmunning beshta xususiyatini ajratadi: sal- 
moqdorlik, haqqoniylik, universallik, originallik, ta’sirdorlik. 
Ustozning mazkur xususiyatlar haqidagi fikr-mulohazalari, 
ularga bergan ta’riflariga, umuman, qo'shilish mumkin, bi­
roq bugungi kunimiz ularning mohiyati haqidagi tasavvurni 
muayyan darajada o'zgartirish, ta’riflarga tahrirlar kiritish 
zaruratini taqozo etishi ham ma’lum. Shuni nazarda tutib 
quyida olim ajratgan xususiyatlarning har biriga alohida 
to'xtalish maqsadga muvofiq.
Badiiy asar mazmunining salmoqdorligi, I.Sultonga 
ko'ra, «unda inson uchun, million-million kishilar uchun
1 Иззат Султон. Адабиёт назарияси. - Тошкент: Уцитувчи, 1986. - Б. 12 5-1 37.
158


muhim bo'lgan g'oyalarning mavjudligi» bilan belgilana- 
di. Darhaqiqat, chinakam badiiy asarda, uning katta yo 
kichikligidan qat’i nazar, bashariy qimmatga molik mazmun 
yotadi. Buning uchun ko'p narsa talab qilinmaydi: ijodkor 
chinakamiga his etolgan narsanigina yozishi, chinakam 
his etmoq uchun esa el ichida to'laqonli yashamog'i kerak. 
Shugina shart bajarilsa, yozganlari atrofidagilar uchun, 
demakki, bani bashar uchun qimmat kasb etaveradi. Bi­
roq, afsuski, sho'ro davrida mazmunning salmoqdorligi 
kommunistik g'oyalarga nechog'lik mos yoki mos emasligi 
bilan belgilangan, ya’ni mazmunning ijtimoiy salmoqdorli­
gi ko'proq e’tiborga olingan. Tabiiyki, bu xil yondashuvda, 
masalan, individ taqdiri, individning kechinmalari (badiiy 
umumlashma kuchidan qat’i nazar) salmoqdor hisoblan- 
masligi xavfi tug'iladi. Shu tufayli ham sho'ro adabiyot- 
shunosligida, masalan, shaxsiy kechinmalar tasvirlangan 
«ko'ngil she’riyati»ga yoxud shaxsiy hayot bilan bog'liq 
mavzular qalamga olingan asarlarga past nazar bilan 
qaralgan. Aksincha, xalq ommasining kurashi yoki ulkan 
zarbdor qurilishlar aks etgan epik polotnolar-u lirik «biz» 
tilidan yangragan manzum shior-u chaqiriqlar shedevr ma- 
qomiga ko'tarilgan. Demak, bu xil yondashuv nomaqbul, 
u muqarrar tarzda vulgar sotsiologizmga yetaklaydi. Hol- 
buki, mazmun salmoqdorligini ta’min etuvchi omillar aniq: 
ijodkor o'zi to'laqonli yashab turgani zaminda yetilgan 
dardni umuminsoniy qadriyatlar mavqeyidan turib ilhom 
bilan talqin qilgan asar mazmuni salmoqlidir.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling