Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
shaxs tilidan va birinchi shaxs tilidan olib borilishi farqla-
nadi. Uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchini (mas., «Ke- cha»dagi) roviy deb yuritiladi. Bu turdagi roviyning kim 191 ekani aniq ma’lum emas, faqat kimdir - uchinchi bir shaxs hikoya qilib berayotgani anglashiladiki, «roviy shaxs emas - funksiya» deyilishi shundan. Yana bir muhim shart shu- ki, roviy tasvirlanayotgan badiiy voqelik ichida mavjud emas. Odatda, shaxsi aniq roviy deganda roviy-muallifva roviy-personaj ko‘rsatiladi, ayrimlar esa muallif-personaj ko'rinishini ham shu siraga qo‘shadi. Avvalo, roviy istilo hi keng va tor ma’noda ishlatilishiga diqqat qilish lozim. Ya’ni keng ma’noda istiloh umuman asar voqealarini hi koya qilib beruvchini, tor ma’noda esa uning bir koYinishi - kimligi mavhum uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchini- gina anglatadi. Roviy-muallif ham xuddi roviy kabi asar ba diiy voqeligida mavjud emas. Masalan, « 0 ‘tkan kunlar»da roviyning kirn ekani «Men - yozuvchi...» deb boshlanuv- chi mashhur lirik chekinishda aniq-ravshan aytiladi, biroq muallifning o'zi asar voqeligida ishtirok etmaydi. Bundan farqli o'laroq, Sh.Xolmirzayevning «Bodom qishda gulladi» hikoyasi personajlaridan biri «Anavi odam yozuvchi!» deb tanishtirgan roviy voqeada bevosita ishtirok etadi. Shunga o'xshash, «Shum bola»da voqealar qissaning bosh qahra- moni tilidan hikoya qilinadi. Keyingi ikki holatda voqealar «men» tilidan beriladiki, shunga ko'ra, asarga roviy-perso naj yoki muallif-personaj bevosita guvohi yo ishtirokchisi bo'lgan voqealargina kiritilishi mumkin. Tabiiyki, bu holda asarning tasvir ko'iami shunga yarasha torayadi. Aksin- cha, rivoya uchinchi shaxs tilidan berilgan asarlarda tas vir ko'iami g'oyat keng - roviy «har yerda va har vaqt ho- zir» bo'lishga qodir, bas, turli zamon va makonlarda sodir bo'lgan voqealardan so'zlay biladi. Poetikaga bag'ishlangan zamonaviy adabiyotlarda nuqtayi nazarning asar kompozitsiyasidagi o'miga ayricha ahamiyat beriladi. Shunga qaramay, hali bu tushunchaga ko'pchilikni qanoatlantiradigan ta’rif berilgan emas, ma salaga yondashuvlarda umumiy maxrajga keltirish lozim bo'lgan nuqtalar talaygina. Nuqtayi nazar tushunchasi, 192 sodda qilib aytsak, roviy bilan tasvirlanayotgan voqelik o'rtasidagi munosabat asosida yuzaga keladi. Bunda ik kita jihatga: 1) voqelik qaysi nuqtadan turib tasvirlanayot- gani; 2) tasvirlanayotgan narsalar kimning nigohi orqali berilayotganiga diqqat qilinadi. Birinchi jihatni tushunish uchun kinodagi operator ishini eslash mumkin. Ya’ni op erator tasvirga olish uchun makonda muayyan bir nuqtani egallagani kabi, roviy ham voqelikni biron-bir nuqtadan tu rib tasvirlaydi. Tabiiyki, bu nuqta muttasil o'zgarib turadi: har safar tasvir obyekti eng yorqin va g‘oyaviy-badiiy ni- yatga muvofiq ko'rinadigan nuqta tanlanadi. Zero, narsaga uzoqdan yo yaqindan, tepadan, pastdan yoki yondan, oldi yo ortidan nazar tashlash mumkinki, har birida u o'ziga xos tarzda ko'rinadi. Yana nigoh makonni bir nuqtadan turib va birdan qamrab ololmaydi, buning uchun u xuddi obyek tiv kabi bir narsadan ikkinchisiga ko'chib turishi, tinimsiz harakatlanishi zarur. Masalan, yana « 0 ‘tkan kunlar»ning boshlanishini eslaylik: «darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg'an» - kame- ra saroydan tashqarida; «bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to'la» - kamera darbozadan kirib, saroyning ichki ayla- nasi bo'ylab tez yurib o'tdi; «ko'b hujraiar kechlik osh pishirish ila mashg'ul... sa- roy jonliq... shaqillashib so'zlashishlari, xoxolab kulishish- lari...» - endi kamera saroy hovlisini shoshmasdanroq, kishilar mashg'ul bo'lib turgan narsalarga bir zumdan diqqat qilib aylanmoqda; «saroyning to'rida boshqalarg'a qarag'anda ko'rkamrak bir hujra» - umumiy plandan yirik planga o'tildi, kamera bitta hujraga qaratildi va unga yaqiniashib boryapti; «bu hujrada qip-qizil gilam ... ipak va adras ko'rpalar... sham’ yonadir» - kamera hujraga kirdi va undagi jihozlar- ga bir-bir nazar tashlab o'tdi; 193 «og'ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko'zlik, mutanosib qora qoshliq va endigi- na murti sabz urgan bir yigit» - kamera asosiy obyektda to'xtaydi va shu bilan bir kompozitsion bo'lak yakun topadi. Ko'ramizki, nigoh tinimsiz harakatda bo'lgani uchungina biz makon haqida to'liq tasavvur hosil qila olamiz, xayoli- mizda vaqt davomiyligida cho'zilgan badiiy makon - voqea kechayotgan joy gavdalanadi. Epik asarda tasvirlanganki narsa bo'lsa, kimningdir (ko'proq roviy) nigohi orqali ko'riladi. Deylik, yuqoridagi parchaning roviy nigohi orqali berilganini sezish unchalik qiyin emas. Shu bilan birga, voqelik personaj nigohi orqali berilishi ham ko‘p kuzatiladiki, nigohlarning almashinishi ham muhim badiiy-estetik funksiya bajaradi, o'rni bilan esa kompozitsion bo'lak chegarasini ham belgilaydi. Cho‘lpon- ning «Oydin kechalarda» hikoyasi buni kuzatish uchun juda qulay material beradi. Hikoyada tasvirlanayotgan vo qealarning kuzatuvchisi maqomida turuvchi roviy birinchi jumladanoq tugunni o'rtaga tashlaydi: «Zaynab kampir bir narsadan cho'chib uyg'ondi». O'quvchi, tabiiyki, kampir nimadan cho'chiganini bi- lishni istaydi, lekin buni hali kampirning o‘zi ham anglagan emas: «Kampir u yoq-bu yog'iga yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolish- ga boshini qo'ydi». Shundan so'ng muallif nigohi kampir- dan uziladi-da, oppoq oydin kecha tasviriga o'tiladi: «Tuni bo‘yi chopishub, hurushub, yugurushub chiqg'on itlar to- vushi sekin-sekin yo'qola boshladi. Eshonchaning hovuz bo‘yidagi tollaridan turub hasrat va qayg'ularini har kecha o‘qiyturg‘on bulbul bugun juda erta to'xtadi. Go'riston va mozorlardagina bo'ladigan chuqur bir jimlik...» 0 ‘quvchida boshdayoq hosil qilingan bilish istagi yana- da kuchayadi: shunday osuda kechada kampirni cho'chit- gan, uyqusini qochirgan narsa nima bo‘ldi ekan? Roviy 194 o'zini ham ayni shu savol o'ylatayotgandek tutadi, nigohini kampirdan uzib, tevarak-atrofga alanglaydi: savolga javob izlaydi go'yo. Ya’ni roviy ham o'quvchi kabi voqealarning kuzatuvchisi, xolos, uning uchun ham voqealar ayni payt- da yuz bermoqda. Hikoyaning davomida voqelik endi ikki ta nigoh orqali beriladi: Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling