Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


ADABIY ASAR KOMPOZITSIYASI


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

179


ADABIY ASAR KOMPOZITSIYASI
Badiiy asardagi shakl komponentlarini mazmunni shakl- 
lantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish 
kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. Kompozit­
siya (lot. tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha 
unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta 
ham ortiqcha unsurning o'zi bo'lmaydi. Zero, har bir un­
sur asar butunligida o'zining funksiyasiga ega, muayyan 
g'oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Asarda ularning har biri o'z 
o'rnida, me’yorida ishlatilishi, butun bilan mustahkam alo­
qada bo'ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joy- 
lashtirilishi muhim. Avval aytganimizdek, yozuvchi ijod 
oniaridayoq o'qish jarayonini ham nazarda tutadi. Ayni 
shu narsa - o'qish jarayonining ijod jarayoniga ta’siri asar 
kompozitsiyasida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Kompozitsion 
jihatdan yaxshi tashkillangan asardan o'quvchi to so'nggi 
nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib 
boradi, o'qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan ke- 
chiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish unga tamomila 
yot bo'ladi. Bulardan ko'rinadiki, kompozitsiya asar qism- 
larini badiiy niyat (muayyan badiiy konsepsiyani shakllan- 
tirish va ifodalash, ko'zlangan g'oyaviy-estetik ta’sir) ijro- 
si uchun eng optimal tarzda joylashtirish, ularning o'zaro 
aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda 
butunlikka biriktirish demakdir. Ya’ni kompozitsiya badiiy 
shakl unsuri emas, balki asarning barcha komponentlarini 
uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’min- 
laydigan, o'qilishi, uqilishi va kitobxonga g'oyaviy-estetik 
ta’sirini boshqaradigan, xullas, uni chinakam san’at ho- 
disasiga aylantiradigan amal, shu amal asoslanadigan 
ijodiy tamoyil ekan. Shu bois ham kompozitsiyani - asar-
180


ning qurilishida amal qilinayotgan tamoyilni nutq sathidan 
tortib tasavvurimizda gavdalanuvchi badiiy voqeligi qadar 
barcha nuqtalarida kuzata olamiz, biroq uni konkret his 
etib bo'lmaydi.
Aytilganlardan muayyan asar badiiyati haqida so'z 
ketganda eng avval uning kompozitsion xususiyatlariga, 
ijodkor badiiy mahorati haqida so'z borganda esa kom- 
pozitsiya yaratish mahoratiga ayricha e’tibor berilishining 
bejiz emasligi anglashiladi. Zero, badiiy asarda voqelik 
muayyan badiiy shaklda aks etadi, yangi reallik - badiiy 
voqelik yaratiladi. Ya’ni san’atkor bir butunlikdan ikkinchi 
bir butunlikni - uning badiiy modeiini yaratadi, hayot mate- 
riali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantira- 
di. Shunga ko'ra, dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira 
olish iqtidori ijodkor shaxsning tug'ma imkoniyatlari sirasi- 
da g'oyat muhim sanalib, iste’dod kuchi uning qay daraja- 
da ekani biian belgilanadi.
Kompozitsiyaning mohiyati, funksiyasi va ahamiyati 
haqida qarashlar mushtarak bo‘lsa-da, uning elementlari
- kompozitsion birliklar masalasida turlicha fikrlar mavjud. 
Jumladan, ayrim mutaxassislar asarning bitta tasvir shak- 
li (rivoya, tavsif, dialog, monolog, ichki monolog, maktub, 
lirik chekinish kabi) saqlangan qismini, boshqa birlari esa 
uning bitta nuqtayi nazardan tasvirlangan qismini bitta 
kompozitsion birlik hisoblaydilar. Shuningdek, kompozit- 
siyani asar nutqiy qurilishidan kelib chiqqan holda tavsif- 
lash yoki u haqda syujetni asos qilib olgan holda fikrlash 
an’anasi ham mavjud. Xullas, manbalarda o'rganilayotgan 
masala bo'yicha qarashlarning bir-biridan farqlanishini 
hamisha yodda tutish, ularni tanqidiy-qiyosiy yondashgan 
holda o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir.
An’anaga ko'ra, badiiy shaklning uch aspekti farqlanadi: 
1) asarning nutqiy qurilishi, 2) tasvirlanayotgan predmetli 
olam - badiiy voqelik; 3) bu ikki sath birliklarini bir-biriga 
o'zaro munosabatdorlikda va uyg'un muvofiqlashtirgan
181


holda joylashtirish - kompozitsiya. Ushbu an’ana ildizi 
antik ritorikaga borib taqaladi. Jumladan, Rim notiqligida 
qo'llangan inventio (nutqda taqdim etiluvchi predmetlarni 
yaratish), dispositio (ularni muayyan tartibda joylashtirish) 
va elocutio (nutqqa zeb bergan holda yorqin ifodalash) 
terminlari1 mos ravishda badiiy voqelik, kompozitsiya va 
nutqiy qurilish atamalariga mohiyatan mos keladi. Keyin- 
chalik, XVI - XVII asrlarda bu istilohlar G'arb poetika ilmi- 
ga olib kirilgan. Xullas, badiiy shaklni murakkab, ko‘p sathli 
hodisa sifatida tushunish, kompozitsiya - asarda shakl un- 
surlarini muayyan maqsadga muvofiq tarzda joylashtirish 
nechog'lik katta ahamiyatga egaligini anglash ancha ilgari- 
dan boshlangan.
Yuqorida aytganimizdek, asarning nutq sathidan bosh- 
lab to badiiy voqeligi qadar o'z qurilishiga - kompozitsi- 
yasiga ega. Bu esa epik, dramatik va lirik turga mansub 
asarlarning kompozitsiyasi bir-biridan jiddiy farq qiladi 
deganidir. Shuning uchun ham ularning har biriga alohida 
to'xtalish kerak bo'ladi.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling