Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
- Bu sahifa navigatsiya:
- - tashqi kompozitsiya haqida. «Kompozitsion tafakkur» tushunchasi.
Epik asar kompozitsiyasi
Epik nutqning kompozitsion shakllari, ularning o'zaro munosabati. Syujet - epik asarning kompozitsion o'za- gi sifatida. Epik asarda obrazlar sistemasi. Personajlar sistemasi va uning asar qurilishidagi o'rni. Epik asarda badiiy vaqt xususiyatlari. Nuqtayi nazar. Arxitektonika - tashqi kompozitsiya haqida. «Kompozitsion tafakkur» tushunchasi. Zamonaviy adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini tadqiq etishda matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi, 1 Куронов Д., Рахметов Б. Гарб адабий-танк;идий тафаккури тарихи очерк- лари. - Тошкент: Фан, 2007. - Б.167 - 168. 182 personajlar sistemasi, badiiy vaqt va zamon, rivoya kom pozitsiyasi, nuqtayi nazar kompozitsiyasi kabi masalalar diqqat markazida turadi. Epik asar matni rivoya, tavsif \/a dialogdan tarkib topadi, shu bois ular epik nutqning kompozitsion shakllari sifati da e’tirof etiladi. Rivoya makon va zamonda kechgan vo qealarni so‘z vositasida aks ettirish, sodda qilib aytsak, hi- koya qilishdir. Avvalo, aytish kerakki, xuddi ko'chirma gap tarkibida avtor gapi sintaktik qurilmani yaxlitlashtiruvchi unsur bo'lgani kabi, rivoya ham epik asar nutq shakllarini yaxlitlashtiruvchi omildir. Ya’ni tavsif ham, dialog ham rivo ya orqali, bamisoli rivoyaga o‘rab taqdim etiladi. Agar rivo ya obyekti harakat bo'lsa, tavsif turg'un holatdagi narsa, joy, holat, xususiyat kabilarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, voqea yuz berayotgan joyga oid tafsilotlar, peyzaj, interyer, portret, muallif xarakteristikasi, ruhiy holat tasviri kabilar. Ayrim mutaxassislar epik nutqning kompozitsion shakllari sirasfda muallif mushohadalaririi ham alohida ko'rsatadi- lar. Biroq bunda biroz sun’iylik bor, chunki muallif musho- hadalari ham tabiatan tavsifning bir ko'rinishi, xolos. Shun- ga ko'ra, muallif mushohadalarini ham, lirik chekinishlar qatori, tavsifning bir ko'rinishi hisoblash to‘g‘riroq bo'ladi. Dialogda nutq subyektlari o‘zgarsa ham, jarayon baribir ri voya orqali tasvirlanadi: personajlar nutqini roviy izohlab, sharhlab, to'ldirib boradi, natijada o'quvchi personaj gapla- rini go‘yo roviy «qulog'i» bilan eshitadi. Rivoya, tavsif va dialogning salmog'i, ularning muayyan ketma-ketlikda va mutanosib tarzda joylashtirilishi epik asar kompozitsiyasi- ga qo'yiluvchi muhim talablardan sanaladi. Deylik, rivoya salmog'i ortib ketgan holda o'quvchining voqea zamiridagi mohiyatdan chalg'ib qolishi, tavsif ko‘payib ketganida esa asarning o'quvchini zeriktirish xavfi ortadi. « 0 ‘tkan kunlar»ning boshlanishini eslang. Adib avval vaqtni («1264-inchi hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qish- ki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shorn azoni 183 eshitiladir...») qayd etadi. So'ng voqea yuz beradigan joy («darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg'an bu dong'dor saroy») ataladi. Shundan keyin karvonsaroyda ayni vaqt- da kechib turgan umumiy manzara tasvirlanadi: «... saroy- dagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofir- lar ila to'la. Saroy ahli kunduzgi ish-kuchlaridan bo'shab hujralariga qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg'ul, shuning uchun kunduzgiga qarag'anda sa roy jonliq: kishilarning shaqillashib so'zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek...» Adib bularni go'yo yanada muhimroq gapi bordek tezgina aytadi-da, saroy to‘ridagi hujraning boshqalaridan afzalligini bir-ikki qiyos (... anovi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu huj- rada qip-qizil gilam...) bilan anglatadi, shunga mos holda hujra egasining «boshqacha yaratilishda» - ulug'vor va sirli-salobatli ekanini ta’kidlab, bir-ikki portret detallarini qayd etgach, uni tanishtiradi: «Qandog'dir bir xayol ichida o‘lturg‘uchi bu yigit Toshkandning mashhur a’yoniaridan bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li - Otabek». Ko'rib turgani- mizdek, bularning bari - tavsif, ya’ni ilk jumladan ayni shu nuqtagacha matnning bitta kompozitsion bo'lagidir. Matn- ning keyingi bo'lagi rivoya shakiida: «Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, uiardan bi- ravi darboza yonidag'i kimdandir so'radi: - Otabek shu saroyga tushkanmi? Bizga tanish hujra koYsatilishi bilan ular shu tomonga qarab yurdilar». Avvalgi bo'lakdan farqli o'laroq, bunda harakat tasvirlanmoqda, ya’ni bu - musofir Otabekni mar- g'ilonlik ota qadrdonining o'g'li yo'qlab kelishi voqeasining bir qismi. Zero, ilgari aytganimizdek, voqea shu kabi xat- ti-harakatlardan tarkiblanadi. Shuning ortidanoq kelguchi- Iar: Rahmat bilan Homid tanishtiriladi, ya’ni yana tavsifga o'tiladi. So'ng mezbon bilan mehmonlarsuhbati tasvirlana di - dialog boshlanadiki, u ham, o'z navbatida, tavsif, shu ningdek, rivoya unsuri bo'lmish izoh va sharhlar - muallif 184 remarkalari bilan almashinib turadi. Sirtdan qaralsa, rivoya salmog'i tavsif va dialog salmog'iga nisbatan juda kamdek. Shunga qaramay, rivoya uyushtiruvchilik, tashkillovchilik maqomida turadi. Nega deganda hikoya qilinayotgan vo qea - marg'ilonliklarning musofirni yo'qlab kelishlari orqa- ligina karvonsaroyga, Otabek, Rahmat va Homidga oid tafsilotlar, ularning orasida kechgan suhbat asardan o'rin olmoqda. Epik asar kompozitsiyasining o‘zagini syujet tashkil qi ladi. Bu tabiiy ham. Negaki, voqeabandlik - epik asar ta biatini belgilovchi xususiyat, bu turdagi asarlar makon va zamonda kechuvchi voqealarni hikoya qilish asosiga qu- riladi. Ilgari aytilganidek, fabula voqealamlng tabiiy oqimi bo'lsa, syujet ularning muayyan maqsadga muvofiq qayta tartiblangan, ya’ni badiiy qayta ishlangan shaklidirki, shu bois ayrim manbalarda «fabula» o'miga «syujet», «syujet» o'rnigg «syujet kompozitsiyasi» termini ishlatiladi. Ya’ni syujet haqida aytilgan gaplarning aksariyati mohiyatan syujet qurilishi - kompozitsiyasi haqidagi gaplardir. Shuni hisobga olganda, syujet kompozitsiyasi masalasiga yana to'xtalishga zarurat yo'q ko'rinadi. Obrazlar sistemasi ham kompozitsiya masalasi bo'lib, buning asoslari obraz turlari haqida so'z borganda bayon qilingan. Obrazning predmetlilik darajasiga ko'ra tasni- fi yodga olinsa, detal obrazlardan boshlab badiiy voqelik qadar bir-biriga bog'liq iyerarxik tizim ko'z oldimizga ke ladi. Deylik, alohida olib qaralsa, yuqorida tilga olganimiz karvonsaroy ham bitta obraz bo'lib, u bir qator detallardan tarkib topadi: darbozasi sharqi-janubiyga qaragan, dongdor, Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari to'xtaydi, musofirlarga to'la, bir-ikki hujrani istisno qilinsa, hammasi band; kechka tomon shovqinli, jonli, hamma ovqatga unnagan. 185 Keltirilgan detallar asosida o‘quvchi ko‘z oldida asar da yaratilgan badiiy voqelikning bir bo'lagi - karvonsaroy obrazi gavdalanadi. Ayni chog'da, ushbu obraz detal sifati da voqea - Otabekning yo'qlab kelinishini to'laqonli tasvir- lashga xizmat qiladi. 0 ‘z navbatida, karvonsaroy va unda kechgan voqea obrazlari Otabek bilan Homid bahsi asosi da xarakter va sharoit obrazini yaratishga zamin yaratadi. Nihoyat, bularning bari asardagi eng ko'lamli obraz - ba diiy voqelikning muhim uzvi, detallaridir. Epik asarda personajlar sistemasi - ularning o'zaro aloqadorlikda joylashtirilishi g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda «obrazlar sistemasi» va «personajlar sistemasi» terminlari ba’zan sinonim o'laroq qo'llanadiki, bu to'g'ri emas. Negaki, «obrazlar sistemasi» atamasi, yuqorida ko'rib o'tdik, asardagi barcha obrazlarni anglat- sa, «personajlar sistemasi» deganda shuning bir qismi - inson obrazlari tizimigina ko'zda tutiladi. Personajlarning sistemada tutgan o'rni, zimmasidagi g'oyaviy-estetik yuk zalvori bir xil emas. Shu jihatdan asardagi personajlar (bu narsa katta epik janrga mansub asarlarda yaqqol ko'rina- di) tabaqalanadi, ya’ni ular bosh personaj (yoki bosh qah Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling