Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
«.Kampir yumulub borg'on ko'zlarini birdan ochdh yaqin
bir yerdan hasratlik, ko'ngul buzaturg'on bir yig'i tovushi eshitilar edi». Gapning kursiv bilan berilgan qismi roviy nigohi bilan, qolgan qismi esa personaj nigohi bilan bog'liq. Gapning mazkur tartibdagi qurilishi hikoyadagi «nuqtayi nazar po- etikasi»ning mo'jaz maketi bo'la oladiki, buni quyidagi parchada yaqqol ko'rish mumkin: «Yana diqqat bilanrak tingladi: bu yig'i kelinchakning uyidan eshitilgan kabi bo'lar edi. Yuragi o ‘ynadi. Darrov darch an i ochib и havliga kirdi, oyog'ining uchi bilan bosib kelib, sekingina kelinining uyiga yaqimashdi. Yig'i uydan eshitilar edi. Yana quloq berdi. Tovush kelinining tovushi edi». Hikoyada qo'shimcha nigoh paydo bo'lgani yo'q, faqat mavjud nigoh ikkiga ajraldi, xolos. Har ikki nigohning vazi fasi konkret belgilangan: personaj nigohi borliqdagi o'zga- rishlarga, roviy nigohi esa personajga qaratiladi. Ya’ni o'quvchi borliqdagi o'zgarishlarni personaj nigohi, perso- najdagi o'zgarishlarni roviy nigohi orqali kuzatadi. O'qish jarayonida ikkala nigoh bir fokusga - o'quvchi nigohiga jamlanadi, o'quvchining hikoya ruhiga kirishi osonlashib, asarning estetik ta’sir kuchi ortadi. Ba’zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo'l bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o'quv- chida «asar voqealari o'ylab chiqilgan emas, haqiqatda 195 yuz bergan» degan tasavvurni uyg‘otadi. Masalan, A.Qo- diriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go‘yo bobosidan eshitgandek, endi esa ularni o'quvchiga qayta so‘zlab berayotgandek bo'ladi. Shunga o'xshash, epik asarlarda voqealar ba’zan tasodifan yozuvchi qo‘li- ga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo‘l- yozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o‘zi tasodifan shohidi bo‘lib qolgan voqea va b. tarzida be- rilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo'llanili- shi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim degan fikrga bormaslik kerak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasr- chilikda nisbatan к а т qo‘llanadi, aksariyat epik asarlarda «obyektiv tasvir» yo'lidan boriladi, ya’ni yozuvchi xolis ku- zatuvchi mavqeyida turadi va o'zining bosh vazifasi deb o‘z-o‘zicha sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirlab berishni tushunadi. Shu choqqacha kompozitsiya haqida aytganlarimiz asar qismlarining o‘zaro aloqalari, ularning butunlikka birikish yo'llari haqida bo ldi. Bu esa mohiyatan struktura tushunchasiga yaqin keladiki, shu yaqinlik sababli ba’zan «kompozitsiya» va «struktura» istilohlarining sinonim sifa tida qo'llanishiga duch kelamiz. Holbuki, asarning qurilishi faqat uni tashkil qilayotgan ichki unsurlarning muayyan maqsadga muvofiq joylashtirilishi-yu o‘zaro aloqalaridan- gina iborat emas - uning bir jism o‘laroq yaxlit holdagi ko‘rinishi ham bor. Shu bois adabiyotshunoslikda ba’zan «tashqi kompozitsiya» istilohi qo‘llanadiki, bundan asar qurilishi ham ikki aspektli ekanini anglash qiyin emas. Tashqi kompozitsiya tushunchasi ayrim hollarda arxitek- tonika istilohi bilan ham ifodalanadi.1 Xullas, bu o‘rinda gap adabiy asarning tashqi qurilishi, uning qism, bob, fasl, band, parda va ko‘rinishlarga bo'linishi, sarlavha, epigraf, so‘zboshi va so‘ngso‘z, izoh kabilar bilan ta’min- 1 Федотов О.И. Основы теории литературы. В 2 ч. 4.1. - М.: Владос, 2003. - С.253. 196 lanishi haqida bormoqda. Ya’ni asosan matn uzvlari haqi da. Shu bois arxitektonikani ba’zi mutaxassislar matnning tashqi kompozitsiyasi deb ham ta’riflaydilar.1 Shuningdek, yuqorida sanalgan uzvlarning ko‘pi adabiyotshunoslikka oid manbalarda «matn ramkasi komponentlari» deb ham yuritiladi. Bunda ayni unsurlar (sarlavha, epigraf, so'zboshi va b.)ning asar matnini chegaralashi - «ramka»ga olishi nazarda tutiladi. Yana bir jihati, ushbu unsurlar asosiy matndan tashqaridagi hodisa bo'lgani holda, go‘yo unga yondosh boradi-da, mazmunini chuqurlashtirishga xizmat qiiadi. Shu jihatni e’tiborga olib ba’zi manbalarda ular «yondosh matn» atamasi ostida birlashtiriladi. Xullas, qanday nomlanishidan qat’i nazar, yuqoridagi hollarning hammasida, birinchidan, gap asar (matn)ning tashqi qurilishi haqida boradi, ikkinchidan, «tashqi kom- pozitsiya» asarning badiiyat hodisasiga aylanishida g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, « 0 ‘tkan kunlar»da- gi boblarning nomlanishini eslang: «Xon qiziga loyiq bir yigit», «Marg'ilon havosi yoqmadi», «Kutilmagan baxt», «Xayrixoh qotil», «Esini kirgizdi»... Har bir sarlavhada bobning g'oyaviy-tematik mag'zi, syujet harakati, mu allif baho-munosabati lo'nda va aniq aks etadi, sarlavha asosiy nuqtani urg'ulab ma’lum ma’noda asarning qabul qilinishini boshqaradi. Aytaylik, «Bir g'aribi bechora» deb nomlangan bobda Musulmonqulning Homid uyushtirgan ig'vo xati bilan tanishish jarayoni tasvirlangan. Muallif sarlavhani ig'vo xatning o'zidan olgan: xatga «bir g'ari- bi bechora» deb imzo qo‘yilgan, biroq o'quvchi bundan bexabar. O'qish asnosi xat muallifini tanib olgan o'quvchi «shayton ustasi» Homidning tubanligi-yu bunday qabih kimsalar qarshisida gohi haqiqat ham ojiz qolishi mumkin- ligidan lol qotadi, chunki bu o'rinda imzo kutilmaganlik ef- fektini hosil qiladi, shu asosda «bir g'aribi bechora» degani 1 Николина H.A. Филологический анализ текста. - М.: ACADEMIA, 2003. - С.45. 197 muallifning alamli, zaharli kinoyasi ekani ham anglanadi. Ikkinchi tomondan, «bir g'aribi bechora» - go'yo xonlik dushmanlarini fosh etgani uchun jabr ko'rgan mazlum- ning yozganlari Musulmonqulni junbishga keltirishi tabiiy ki, sarlavha shuni ta’kidlashga ham xizmat qiladi. Ya’ni bu vaziyatda Musulmonqul zolimligi uchungina emas, balki zimmasidagi saltanat tinchligiga mas’ullik sababli - o'zi egallab turgan mansab nuqtayi nazaridan ayni shunday harakat qilmog'i kerak edi. Anglashiladiki, o'zi tasvirlayot gan voqelik mohiyatiga xolis nigoh tashlayotgan adib o'quvchisini ham shunga undaydi va bunda kompozitsion vosita - sarlavhaning o'ziga yarasha o'rni bor. Da’vatni fahmiay oigan o'quvchi keyingi - «Musulmonqul» bobida mingboshiga imkon qadar xolis qarashga intiladi, albatta. Biroq, baribir, Musulmonqulga Otabek nigohi bilan qarash ehtimoli baland. Otabek esa, yodingizdadir, «bu cho'ltog' supurgini tanidi va uning istehzolarini payqadi. U bundan so'ngg'i ko'rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o'lturishdan sukutni xayrlik top- di». Ko'ramizki, Otabek taqdirga tamom tan bergan, o'zini vahshiy changalida kabi his qiladi, sababi - Musulmonqul elda qonxo'r zolim o'laroq nom qozongan. Demak, holat qahramon nigohi orqaligina ko'rilsa, mohiyatdan chetla- shish ehtimoli chindan-da mavjud ekan. Shuni o'ylab, yana bir kompozitsion vosita yordamida bu ehtimol bir qadar so'ndiriladiki, endi shuni ko'rib o'tamiz. Otabekning sukutidan g'azabi olovlangan Musulmonqul dag'dag'asi- ga javoban o'limini bo'yniga oigan mahkumning mardona so'zlari yangraydi: «...Siz meni qanday tanig'an bo'lsangiz bo'lingiz, men o'shandog' kishining o'g'li, - dedi bek. - Men bilan otam siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo'lib tanilsaq-da, o'z vijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz tilagan tarafingizga hukm qilingiz-da, buyrug'ingizni bera- veringiz! 198 Musulmonqulning yuzidagi boyag'i achchig'laryerini bir zavqlanish vaziyati oldi. Kulimsirash ichida Otabekni ku- zatar ekan: - Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo'y- ningda, - dedi va chaqirdi. - Jallod!» Diqqat qiling, jon dushmani deb bilgan kishining o'zini mardona tutishidan zavqlana olish - Musulmonqul por- tretiga tortilgan bittagina nurli chiziq, shuning bilan ziyrak o'quvchi sevimli qahramoni qarshisida turgan ham katta shaxsiyat ekanini his qiladi. Ayni hisni hali durustroq idrok etmasidanoq havola bo'yicha satrosti izohiga diqqat qiladi va o'qiydi: «Musulmonqulning o‘zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tarixda Musulmonqul qo‘qonliklarg‘a asir tushib, uni to'pdan otib o‘ldirish uchun dordek bir narsaning usti- ga o'tquzalar. Ikkinchi tomondan to‘pqa o‘t berish kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so'raydilar: «Endi qalaysan, cho'loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulillah, hali ham sizlardan yuqori bir yerda o'ltu- ribman!» Izoh bilan tanishgan o'quvchi Musulmonquldagi zavq- lanishning asl manshaini anglaydi: o'zganing dovyurak ekanligini tan olmoq uchun, avvalo, kishining o'zi mard bo'lmog'i kerak. Shu nuqtadan boshlab u Musulmonqulga biroz boshqacharoq nigoh tashlasa, unga bir inson o'la roq qarab, tushunishga harakat qilsa ham ehtimol. Demak, satrosti izohi ham muhim badiiy-estetik funksiya bajara olar ekanki, bu misol kompozitsion jihatdan yaxshi tash- killangan asarda bironta ham ortiqcha narsa bo'lmaydi de gan qarashni yana bir bor tasdiqlaydi. Asarning qism (bob)larga ajratilishi ham shunchaki emas, aksincha, ko'p hollarda kompozitsion tafakkurning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Zero, qismlarga ajratish badiiy niyat ijrosi, muayyan mazmunni ifodalash maqsadi- ni ko'zda tutgan holda amalga oshiriladi. Masalan, «Qor 199 qo'ynida lola» hikoyasini Cho'lpon, Fitrat aytmoqchi, «to‘rt qismga, to'rt ko'rinishga bo'lgan: to'b o'yuni, shayx, to'y, odamlarning bu to'y to'g'risida fikrlari».1 Yosh qizchalarning to'p o'yinlari tasvirlangan birinchi qism sovchilar kelgani xabari va Sharofatxonning «qip-qizarib, turgan yerida qo- tib qolg'an»i bilan yakunlanadi. Hikoya Sharofatxon haqida bo'lgani holda, qizning o'zi keyin ham shu «qotib qolg'an» ko'yi qolaveradi - asar davomida harakatda ko'rinmaydi. Bu bilan Sharofatxonlar taqdiri o'zlarining ishtirokisiz hal qilinishi, ular bir buyum misoli haq-huquqsiz ekani ifoda etiladi. Ya’ni hikoyaning ayni shu tarzdagi qurilishi, muallif qo'llagan kompozitsion usul mazkur fikrni ifodalash vosita- si bo'lib xizmat qiladi. Cho'lponning kompozitsion tafakkur imkonlaridan foy- dalanishdagi mahorati uchinchi va to'rtinchi qismlarning o'zaro zidlanishida yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Uchinchi qismda hayotning yozilmagan qonunlariga xilof ish bo'layot- gani - endigina o'n besh yoshga chiqqan qiz munkillab qolgan keksa eshonga berilayotganini ko'ra-bila turib ma- halla ahli hech narsa bo'lmagan kabi to'yda yayrayveradi, o'yin-kulgi qilaveradi. To'rtinchi qismda xuddi shu mahal- la vakillari tomonidan sodir bo'lgan ish muhokama qilina- di: birisi Sharofatxonga achinishini aytsa, ikkinchisi guldek qizini qurbon qilgan Samandar akani so'kadi, uchinchisi dunyoning nosozligidan noliydi. Holbuki, xuddi shu odam- lar kechagina to'yda yayrab o'ynagan, «alangasi osmong'a chiqqan o'tning tegrasiga to'planib tovushlarining boricha «yor-yor»ni cho'zg'an», kelin tushirishda: «Ko'taring-a, ku- yov pochcha, ko'taring-a!» - deya qiyqirganlar. Zidlash oqi- batida «bu xalq tomosha-yu nari borsa muhokamaga qodir, xolos, nomaqbul ishni to'xtatish, unga qarshi turishga ojiz» degan taassuf kelib chiqadiki, bu kompozitsion tafakkur mahsulidir. Zero, bu fikr aytilgan emas, ikkita kompozitsion 1 Фитрат. Адабиёт коидалари // Фитрат А. Танланган асарлар. IV жилд. - Тошкент: Маънавият, 2006. - Б. 16. 200 bo‘lak zidlash munosabatida joylashtirilgan, xolos: shuning o'zidan tabiiy ravishda yuqoridagicha fikr o‘sib chiqadi. Xulosa qilsak, kompozitsiya badiiy ijod jarayonining pi- rovard natijasi - asarning badiiy niyatga muvofiq tashkil- lanishi, uning qismlari va unsurlarini ijodkor ko'zda tutgan mazmunni yorqin ifodalash va o'quvchi tomonidan aynan shunday tushuniiishini ta’minlaydigan tarzda butunlikka biriktirish demakdir. Asarning qanday qurilgani, qismlari orasidagi munosabatlarni yaxshi tasavvur qila olish esa uni tushunish, tahlii qilish va baholash asosi, demak, mala- kali filolog-mutaxassis bo'lib yetishishning ham muhim shartidir. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling