Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Ekspozitsiya voqeaga kirish vazifasini o'taydi, ishtirok- 
chilar bilan tanishtirib, o'quvchining asosiy konflikt yuzaga 
kelgan hayotiy vaziyatni tasavvur qilishiga yordam bera­
di. Jumladan, «Temir xotin»da birinchi sahna asosan shu 
vazifaga qaratilgan bo'lib, uning yakunida tugun qo'yila- 
di. Qo'chqorning Qumri bilan dialoglari o'quvchini voqea 
kechadigan maishiy, Olimjon bilan dialoglari esa ijtimoiy 
vaziyat bilan tanishtiradi. Agar voqea qishloqda kechishi 
remarkada qayd qilingan bo'lsa, ekspozitsiyada uning 
vaqti ham ayon bo'ladi: «Hukumat ichmanglar deb qaror 
chiqarib qo'yibdi...», «hozir «oiiani planlashtirish» degan 
gap chiqib turibdi...» deyilishidan o'quvchi voqea o'tgan 
asrning 80-yillari o'rtalariga oidligini fahmlaydi (tabiiyki, 
keyingi davr o'quvchilari uchun ayni nuqtalar tegishli izoh 
bilan ta’minlanishi zarur bo'ladi). Qo'chqorning bog'lab 
qo'yilishi (personaj tilidan), Qumrining bolalarini olib onasi- 
nikiga ketishi, Olimjonning kirib kelishi, Alomatning ta- 
nishtirilishi - bular voqeaning ekspozitsiyaga bog'liq qis- 
midagi tayanch nuqtalar. Shu tarz tayyorgarlikdan so'ng
1 Гегель. Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.548 - 550.
216


asarning asosiy tuguni - Qo‘chqorning Alomatga uylanish 
qarori o'rtaga tushadi.
Ikkinchi sahnadan voqealar rivoji kuzatiladi: nikoh 
o'qilishi - qo‘shni Saltanat bilan janjal; uchinchi sahnada
- Qo‘chqorni ishdan kutib olish - Kechki ovqat - Qo'ch- 
qor bilan Olimjon suhbati; to‘rtinchi sahnada - Qo'chqor 
bilan Alomat suhbati. Ushbu suhbat mavzusi rivojlanib 
boradi-da, sahnaning oxiri - gipnoz qilingan Qo'chqorning 
yig‘lashida asosiy konflikt g‘oyat kuchaygan tarzda namo­
yon bo'ladiki, bu - kulminatsiya. Beshinchi sahna esa 
to‘laligicha yechim: Qumrining qaytib kelishi - Alomatning 
zo‘riqishdan kuyib ketishi. Ko'rib turganimizdek, «Temir 
xotin»ning kompozitsiyasi o‘sha Gegel tilga olgan ingliz, 
fransuz va nemislarning besh aktli dramalaridagi kabi.
Albatta, yuqoridagi kabi yirik kompozitsion bo'laklarni 
ajratib tavsiflash bilanoq asar qurilishi haqida, uni tash­
kil etuvchi unsurlarning o‘zaro aloqa va munosabatlari 
haqida to‘liq tasavvur hosil bo'lmaydi. Zero, avvalo, o'sha 
sanalgan bo'laklar ham «qurilgan», bas, ularni tashkil qi- 
luvchi unsurlar o'zaro muayyan munosabatda, aloqada. 
Deyiik, yuqorida voqealarning personajlar xatti-harakat- 
lari va replikalari birikuvidan yuzaga kelishi aytildi. Shu- 
naqa ekan, o'sha birliklarning o'zaro aloqa-munosabat- 
lari ham kompozitsiya masalasidir. Dialoglarning o'zi 
ham muayyan tartibda quriladi. Masalan, Olimjon bilan 
Qo'chqor dialoglarida kontrastlilik - olimona xayolot par- 
vozi bilan jaydari mantiq ziddiyati ustuvorligi, to'rtinchi 
sahnada Alomatning haq gaplariga qarshi Qo'chqorning 
o'ta ojiz, hatto uning o'zi ham ishonmaydigan e’tirozlari 
qarshi qo'yilgani. Darvoqe, shu sahnada Qo'chqorning 
e’tirozlari susaygani sari Alomatning replikalarida «fosh 
etish» ruhi muttasil kuchaytirib borilgan dialog qurilishiga 
ham alohida e’tibor kerak. Shuningdek, qatnashuvchilar 
ro'yxati orqali personajlar tizimining eskizi berilgan bo'lsa, 
endi ularning o'zaro munosabatlarini o'rganish, masalan,
217


Qumri bilan Alomat yonma-yon qo'yilgani asar g'oyasini 
ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dramatik vazi- 
yatning fragmentlari orasidagi aloqa-munosabatlar ham 
shunday muhim. Masalan, gipnoz sahnasi bilan «Yana 
o'ynaylik...» qo‘shig‘ining almashinishi yoki xuddi shu 
qo'shiqning yakunda umuman asarda tasvirlangan holat- 
ga zidlanishi natijasida o'quvchi ko‘z oldida mavjud holat 
mohiyati to‘la namoyon etiladi, ya’ni zidlash asosida frag­
ment badiiy hukmni ifodalovchi ramziy obrazga aylanadi.
Xullas, har qanday asar kabi, dramatik asarning ba­
diiy barkamolligi ham uning qay darajada oqilona, ya’ni 
badiiy niyat ijrosi uchun eng optimal tarzda qurilgani bilan 
bogliqdir. Shu bois ham u yoki bu dramatik asarning este- 
tik qimmatini belgilash, badiiy jozibasini yorqin his etish-u 
mazmun-mohiyatini anglashda uning qanday qurilganini 
bilish g‘oyat muhim. Biroq adabiyotshunoslikda dramani 
o'rganishga e’tiborning biroz sustligi, o‘quvchi ommaning 
dramatik asarlar mutolaasiga kamroq qiziqishi, ta’lim tizimi- 
da ularni o‘qitishga juda kam vaqt ajratilganidan bo‘lsa 
kerak, bu masalada oqsash borligini ham ta’kidlash lozim. 
Holbuki, drama adabiyotning teng huquqli vakili, demak, 
uni chuqur o‘rganish adabiyotshunoslik zimmasidagi vazi- 
fadir. Shunaqa ekan, bo‘lg‘usi filolog-mutaxassislar buni 
hamisha yodda tutishlari, o‘zbek va jahon dramaturgiyasi- 
ning eng sara namunalarini qunt bilan o‘qib, ularga badiiy 
barkamollik baxsh etgan omillar, jumladan, kompozitsion 
qurilishini chuqur o‘rganishIari lozim bo‘ladi.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling