Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Hozir sen she’rimni turibsan tinglab,
Demak, sen - hayotsan, omad senga yor. Boshqacha qismat ham mavjud-ku, axir, Baloyi qazodan asrasin zinhor. Men senga she’r o'qib turibman hozir, Demak, men - hayotman, omad menga yor. Qolgan o'rtadagi gaplarni endi Nima deb atasang, senda ixtiyor. Falakda hattoki quyosh bekindi, Bizlar barhayotmiz, omad bizga yor! She’rning ilk qo'shmisra (boshlanma)sida «omad - bor narsa, u asio xurofot emas - real mavjud» degan da’vo o'rtaga tashlanmoqda. Keyingi qo'shmisrada esa ayni da’vo isbotiga birinchi dalil keltirilyapti. Ikkinchi banddagi birinchi qo'shmisra «boshqacha qismat ham mavjud»ligini eslatish bilan dalilni quvvatlantirsa, keyingi qo'shmisrada «temirni qizig'ida bos» qabilida ikkinchi dalil keltirilyap ti. Oxirgi bandning ilk qo'shmisrasida keltirilgan dalillar- dan boshqa barchasi bekor ekani ta’kidlangach, so'nggi qo'shmisrada yakun yasalmoqdaki, undan tiriklikning o'zi omad, zero, omadni inson o‘zi yaratadi degan xulosa kelib chiqadi. Ko'rib turganimizdek, she’rning tematik kompozitsiyasi anchayin sodda ekan. Biroq falsafiy lirika namunalarining 227 qurilishi sodda, hamisha «muammo qo'yish - muhoka ma qilish - xulosalash» qolipida bo'ladi deb o‘ylash xato bo'lur edi. Negaki, konkret she’rda ushbu qolip tarkibi to‘liq bo'lmagan holda yoki teskari tartibda qo‘llanishi ham, turli badiiy vositalar biian murakkablashtirilishi ham mumkin. Masalan, «Nisbiylik» she’rida: 1 Juda yaxshi! - deymiz mana bu narsa, Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz. 2 0 ‘ylab ko'rganmizmi hech biror marta, Kimmiz o'zimiz? 3 Juda yomon! - deymiz mana bu narsa, Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz. 4 O'ylab ko'rganmizmi hech biror marta, Xo'sh, kim o'zimiz? 5 Kimgadir yoqamiz biz o'zimiz ham, Kimgadir yoqmaymiz biz ham o'zimiz. 6 Shunaqa charxpalak ekan bu olam, Demak, nisbiy erur har bir so'zimiz. Avvalo, she’rda muammo qo'yilgani yo'q, sarlavha (boshlanma)da mavzu belgilandi, xolos. Ya’ni bun da yuqorida ko'rganimiz qolipning faqat ikkita uzvi bor: «muhokama qilish - xulosalash». Ikkinchi tomoni, birinchi band tarkibidagi qo'shmisralar (1-2) ham, ikkinchi band tarkibidagi qo'shmisralar (3-4) ham o'zaro zidlanadi, shu- ningdek, bu ikkala band ham o'zaro kontrast munosabat- da. Beshinchi qo'shmisraning birinchi misrasi uchinchi qo'shmisraga, ikkinchisi esa birinchi qo'shmisraga zidla nadi, shuningdek, ushbu misralar o'zaro ham zidlik hosil 228 qiladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda she’rda biz bilgan oddiy qolip zidlantirishlar hisobiga murakkablashtirilgan. «Iltimos» she’ri esa teskari tartibda qurilgan: uning birin chi bandi - qo'yilgan masala yuzasidan chiqarilgan xulo- sa, ya’ni tematik kompozitsiya nuqtayi nazaridan yakun. Modomiki avval xulosa berilgan ekan, o'y-fikrlar rivoji ham mohiyatan o'sha xulosaning tafsiri, izohiga aylanadi. De mak, sodda deyilgani bilan, tematik kompozitsiyaning bu ko'rinishi turli variantlarda voqelanishi mumkin ekan. Tematik kompozitsiyaning keng tarqalgan yana bir ko'rinishida o'y-fikrlar va his-kechinmalar ikkita tematik obraz qiyosi asosida amalga oshadi. Aksariyat hollarda lirik tema qiyoslanayotgan obrazlar orasidagi o'xshashlik asosida rivojlantiriladi. Masalan, A.Oripovning quyidagi sarlavhasiz she’rlaridan birida kuzatilgani kabi: Me’mor umr bo‘yi hafsala ila Go‘zal bir imorat ayladi bunyod. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling