Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Biroq nogahonda mash’um ziiziia 
Vayron qiidi uni, qiidi-ku barbod.
Xuddi shu singari qurgaymiz biz ham 
Umr deb ataimish go‘zai binoni.
Biroq yetib keiar mash’um so'nggi dam,
Vayron etar uni ajai to‘foni.
Ko'rib turganimizdek, she’r inson umri, o'limning muqar- 
rar va haq ekani haqida. Unda oltmish yosh arafasidagi 
shoirning qarashlari aks etgan, shu bois endi navqiron yigir- 
ma beshida yozilgan «Bahor» she’ridagi kabi o'limga qarshi 
isyon yo'q - o'kinch aralash itoat bor. Ayni shu mazmun, 
ruh-kayfiyatni ifodalashda o'xshatish asosidagi kompozitsi­
ya muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bandning «Xuddi 
shu singari» deb boshlanishi bilan ketma-ket «me’mor -
biz», «imorat - umr», «zilzila - ajal» o'xshatishlar silsilasi
229


yuzaga chiqadi - kompozitsion tafakkur harakatga keladi. 
Ko'rib o'tilgan she’rda o'xshatilayotgan narsa ham, o'xsha- 
gan narsa ham mavjud. Biroq, aytish kerakki, tematik kom­
pozitsiyasi qiyosga asoslanuvchi hamma she’rlarda ham 
bunday emas, ko'pincha o‘xshagan narsaning o'zigina 
qoladi. Ya’ni bu holda she’r metafora prinsipida qurilgan 
deyish to'g'riroq bo'ladi. Shu jihatdan qaralsa, A.Oripov- 
ning «Qo'riqxona», «Kometa», «Etna vulqoni», «To'lin oy», 
«Xarobazor» she’rlarida tematik kompozitsiya o'xshatishga, 
«Burgut», «Giyoh», «Buloq», «Bulut» she’rlarida esa meta- 
foraga asoslangandir.
Ikkita tematik obraz rivojlantirilgan she’rda zidlash 
ham samarali badiiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, 
«Dorboz» she’rida. Uning dastlabki to'rt misrasida dorboz 
taqdim etiladi. Bu o'rinda qanday taqdim qilinganiga e’ti­
bor kerak: 1) u juda balandda («Bulutlarga yondosh, os- 
mon ostida»); 2) juda qaltis vaziyatda («kiprikdagi yosh- 
day») va shunga qaramay; 3) «qilichning damiday arqon 
ustida ko'zlarini yumib yurgani», keyingi ikki misrada lirik 
qahramonning odamlarga hayrat-la murojaat qilishi va 
yakun (oxirgi ikki misra)dagi zidlash: «biz - ko'zi ochiqlar 
katta yo'lda ham eplab yurolmaymiz». Ko'ramizki, she’r­
ning mazmun-mohiyati yakunda, kontrastlilik orqali yuza­
ga chiqadi. Zero, lirik qahramonning yakunlovchi xitobi 
ortidan o'quvchi ongida dorboz - biz, osmonda - yer- 
da, qilich damidek arqon ustida - katta yo'lda, ko'zlari­
ni yumib yuribdi - ko'zimiz ochig'-u, eplab yurolmaymiz 
tarzidagi zidliklar chaqinday o'tadi-da, mohiyat yorishib 
ketadi.
«Dorboz»da bevosita zidlash (ya’ni lirik qahramon tili­
dan aytilgan) bor edi, quyidagi she’r matnida esa zidlash- 
ga ishora ham yo'q:
Oh urib har yonda izg'iydi shamol,
Zamon makon bermay uni qiynaydi.
230


bandlar oxirida ikki martadan radifmonand takrorlanuv- 
chi «birinchi muhabbatim» birikmasi ham ta’kidlab turadi. 
She’rning strofik (band) qurilishi ham tematik obrazning 
rivojlanishiga muvofiq: har bir band asosiga muayyan bir 
mikrotema qo‘yilgan va, agar diqqat qilinsa, bu mikrotema- 
larning xronologik ketma-ketlikda joylashganini ilg‘ab oiish 
qiyin emas. Qizig'i, har bir bandning to'rtinchi misrasidagi 
jumla mikrotema xulosasi o'laroq uning mohiyatini lo‘nda- 
gina ifodaiaydiki, ular bir qatorga terib chiqilsa, tematik 
rivojlanish sxemasi yuzaga keladi: Men seni esga oldim...
- Lekin seni yo‘qotdim... - Nechun bilmovdim avval... -
Seni eslab yig'layman... - Men (endi) kimga suyangay- 
man... - Dildagi ohim mening... Mikrotemalarning bu tarz 
xronologik ketma-ketlikda joylashgani she’rga syujetlilik 
xususiyatini beradi, zotan, ularning har biri ortida botiniy 
voqealarni ilg‘ab olish qiyin ham emas.
Ko'pincha bu tipdagi tematik kompozitsiya gradatsiya 
asosiga quriladi, ya’ni tematik qismlar muayyan mazmun­
ning kuchayib borishi tartibida joylashtiriladi. Masalan, 
«Savol» she’ridagi kabi:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling