Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

236


BADIIY NUTQ
Badiiy nutq tushunchasi. Istilohlar haqida. Badiiy nutq 
badiiy informatsiya yetkazish vositasi. Badiiy nutqning 
spetsifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari. Badiiy 
nutqning adabiy til hamda milliy til tushunchaiari bilan 
munosabati.
Adabiyotshunoslikda «badiiy til», «poetik til», «badiiy 
adabiyot tili», «badiiy asar tili», «badiiy nutq», «poetik nutq» 
kabi atamalar juda faol va ko‘pincha bir-birining o'mida, 
ya’ni sinonim o'laroq qo'llanib keladi. Xususan, o‘quv ada- 
biyotlarida shu kabi terminologik anarxiya holati yaqqol 
ko‘zga tashlanadi.1 Holbuki, aslida, terminlarning qaysi 
birini qo‘llash masalaga tilshunoslik yoki adabiyotshunos- 
lik nuqtayi nazaridan yondashilayotganiga bog'liq bolishi 
lozim.2 Mavjud holat esa, albatta, muayyan noqulayliklar
1 Jumladan, o'zbek tilidagi manbalarda. I.Sulton «badiiy asarning tili» tushun- 
chasini markazga qo'ygan holda u bilan bir qatorda «badiiy til» va «poetik til» 
atamalarini ham ishlatadi, «Badiiy adabiyot asarining tili bir-biridan sezilarli farq 
etadigan ikki bo'lakdan - avtor (muallif) nutqi va personajlar nutqidan iboratdir» 
(207-6.) deb biladi (Адабиёт назарияси. - Тошкент, 1986. - Б.203 - 230); 
T.Boboyevda ham «badiiy asar tili» tushunchasi markaziy o'rin tutgan holda «adabiy 
asar tili», «badiiy til», «poetik til» atamalari sinonim o'laroq ishlatilgan. Shuningdek, 
«muallif, hikoyachi va personaj tili», «muallif nutqi», «personaj nutqi» atamalari 
ham qo'llangan (Адабиётшунослик асослари. - Тошкент, 2002. - Б.156 - 170); 
H.Umurov masalani «badiiy nutq» tarzida qo‘ygan holda an’anaga muvofiq «badiiy 
til» va «poetik til» atamalarini unga sinonim o'laroq ishlatadi (Адабиётшунослик на­
зарияси. - Тошкент, 2004. - Б. 142 - 157); biz ham «badiiy asar tili» tushunchasini 
asosga qo'ygan holda «badiiy tii» va «poetik til» atamalarini unga sinonim sifatida 
qo'llaganmiz (Куронов Д. Адабиётшуносликка кириш. - Тошкент, 2004. - Б.114
- 123). Shu bilan birga, «Albatta, biz «badiiy asar tili» deganimiz holda, aslida, gap 
badiiy nutq haqida borayotgani ma’lum, chunki til unsurlari ma’lum kontekstni hosil 
qilgach, nutq hodisasiga aylanadi» (120-6.) deya ta'kidlaganmiz ham. Ya’ni keyingi 
ikki holda murosa yo'li tutilganini sezish qiyin emas.
2 Каранг: Теория литературы. В 2-х т. Т.1. / под ред. Н.Д.Тамарченко. - М.: 
Академия, 2004. - С. 124 - 138.
237


keltirib chiqarishi tabiiy, shu bois awal ayni masalani oydin- 
lashtirib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Avvalo, an’anaviy ravishda «badiiy til» («poetik til») ata- 
masini faol qo'llab kelayotganimiz holda, u anglatadigan 
tushunchaning g'oyat mavhum ekanini ta’kidlash lozim. 
Yirik rus olimi G.O.Vinokur umrining so'nggi yilida yozilgan 
«Poetik til tushunchasi» nomli maqolasida badiiy asar tili 
haqidagi mulohazalarini jo'ngina qilib «Poetik til deganda 
eng avval badiiy asarlar (yozish)da ishlatiladigan til tu- 
shunilishi mumkin» degan jumla bilan boshlagan edi.1 Ta­
biiy savol tug'iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til 
«umumxalq tili», «milliy til», «adabiy til» atamalari bilan yu- 
ritiluvchi, biz kuridalik aloqa-aralashuvda foydalanadigan 
tildan boshqa narsami? Yo'q, albatta, badiiy asarlar yozish­
da ham «umumxalq tili» yoki «milliy til» deb ataluvchi tildan 
foydalaniladi, ma’lum darajada «adabiy til» me’yorlariga 
amal qilinadi. Demak, bu jihatdan qaralsa, «badiiy til»ning 
mavjudligi shubha ostida qoladi. Ikkinchi tomondan, milliy 
tildan foydalanib asar yaratildi degani nutq hodisasi amal­
ga oshdi va yozuvda muhrlandi deganidir. Ya’ni bu holda 
ham «badiiy til» haqida gapirishga asos yo'q, bas, endi 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling