Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi,
O'n yil qishlog'imdan yuribman uzoq. Men yurgan yo'llarda o'tlar unibdi, Ko'miiib bo‘libdi men kezgan so'qmoq. E’tibor berilsa, bandda qo'llangan til unsurlari kundalik muloqotda qo'llanuvchi unsurlardan o‘zga emasligi, unda turli badiiy vositalarning ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba uchun banddagi badiiy nutqni amaliy nutq ko'rinishiga kelti- ramiz: «Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi. O'n yil qishlog'im- dan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar unib, men kezgan so'qmoq ko'miiib bo'libdi». Ko'rib turganingizdek, so'zlar aynan keltirildi, bunda bironta so'z o'zgartirilgani yo'q. Endi tasavvur qilingki, shu gaplarni kundalik mulo qotda sizga kimdir aytmoqda. Bu holda mazkur parcha- ning badiiylikdan mahrumligi, endi uning badiiy informat- 242 siya yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo'sh, nima uchun bir xil so'zlardan tarkib topgan ikki nutqiy bo'lakning birini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiylikdan mahrum deb hisoblaymiz? Farq shundaki, keyingi parchadagi gaplar- ni eshitganimizda biz o‘zga odam yetkazayotgan informatsi- yani ham, o'sha odamning ayni paytdagi his-tuyg'ularini ham tushuncha shaklida qabul qilamiz. Aksincha, she’rning ilk bandini o'qishni boshlashi bilanoq o'quvchi diliga mahzun- lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishlog'idan o'n yillarayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi da mahzun o'ylarga cho'mgan kishi kechinmalarini ko'ngli- dan bir-bir kechira boshlaydi. O'quvchi o'sha o't bosgan yo'llarni, ko'milib bo'lgan so'qmoqni ko'radi, lirik qahramon bilan birga yoki o'zini uning o'rniga qo'ygan holda o'sha so'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi. Badiiy reallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki uning*ijodkor qalbi-yu ongida qayta yaratilgan aksi - badiiy obrazdir. Bu obrazda ijod onlarida shoir qalbida kechgan his-tuyg'ular-u o'y-fikrlar ham, uni o'sha holatga olib kirgan voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg'un aks etgan. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in- formatsiya obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgan informatsiyadir. Demak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallik ekan. Tahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi lirik asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik parchalari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita (ya’ni unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur fragmentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi badiiy voqelik o'z holicha ham estetik qimmat kasb etadi- gan, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham epik asarlardagi ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan voqelik o'quv- 243 salqinini «his qiladi», choqqina hovli, kichkina sahn, sigir sog'ayotgan ayol va sahnni supurib turgan qizga bir-bir «nazar tashlaydi», shu asnoda tashqari eshikning «besa- ranjom» ochilganini «eshitadi», bir qo'lida supurgi, bir qo‘li tizzasida eshikka tikilgancha qotgan Zebini «ko'radi» va u bilan birga «bir seskanib oladi». Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy nutq obrazliligi go'zal tashbeh-u istioralar yoxud boshqa tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.) ga boylik, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko‘tarinkilig-u jimjima- dorlik kabi sifatlar bilan belgilanmasligini ham unutmaslik lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq hali jonli so'zlashuvga yaqinlashmagan davriarda bel- gilovchilik maqomida edi. Hozirgi adabiyotda esa bu xil vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham juda ko‘p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot» she’ri ilk bandini olaylik: Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling