Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

dustaman qildi-ya\.. Hoy Xayrulloboy! - tashqariga bo'y 
cho'zib chaqirdi. - Polvonof/'ng jiligini opkeling...»
Eridan keyin Biydi momo erkag-u ayol vazifasini zim- 
masiga olganini ta’kidlab, «U o'roq o'rar, o'tin yorar, beda 
tashir, bug'doy yanchar, tegirmon tortar, og'il tozalar,
265


navbatida mol bo qar... edi» deyiladi. Bu yerda navbatida 
mol boqmoq deganda Tersota turmushiga xos tushuncha
- qishloq chorvasini navbat bilan har kuni bir xonadon va- 
kilining boqishi nazarda tutilyaptiki, navbati kelganda Biydi 
momo ham podachilik qilgani aytilmoqda. Yoki boshqa bir 
o'rinda Biydi momo «sarg'ayib ketgan junni oldidagi ta- 
roqdan o'tkazib olmoqda edi» deyiladi. Bunda «taroqdan 
o'tkazish» junni ipga aylantirish jarayonidagi bir bosqich- 
ni anglatadi, ya’ni Biydi momo turmushida chorva keng 
o'rin tutgan tersotalik ayollar uchun odatiy mashg'ulot 
bilan band ekan. E’tibor berilsa, keltirilgan parchalarda 
umumiste’moldagi «navbat» va «taroq» so'zlarining she- 
vaga xos ma’nolari aktuallashgani ko'riladi.
«Normat hayotining Keldiyor so'pi bilan tutash qismiga 
go'ng tashiy boshladi» degan jumlani o'qiganda beixtiyor 
«hayot» so'zining tersotaliklar shevasida anglatadigan 
«tomorqa, bog'cha» ma’nolari bilan adabiy tildagi ma’no­
si orasidagi aloqa qandayligini o'ylab qolasan. Eng avval 
«peshana teri bilan non topib yemoqni hayot deb bilgan- 
lar-da!» degan o‘y keladi-da, shu xulosada taq to'xtab 
qolishni istab qolasan. Yoki o'limini bo'yniga olib qo'ygan 
Anziratning «Agar men dumalab ketsam, Xolmat bilan Ho- 
jar hovarda qolmasin, opajon...» deya zorlanishi-chi?! Ayol 
«
0
‘lsam» demaydi - «dumalab ketsam» deydi: tog'dan 
tubsiz jarlikka dumalagancha go'yo yo'qlikka singib ketgan 
toshga mengzaydi o'limni. Sag'irlarim qarovsiz qolmasin 
demaydi, yo'q, «hovar»da - kimsasiz bir maydonda qo- 
lishmasin deydi. Qarang, oddiy odamlar nutqida poeziya 
bor: fikrlashlarida obrazlilik, metaforiklik kuzatiladi. Bu hoi 
esa ularni qadim ajdodlar bilan bog'lab turgan tomirlar ni- 
hoyatda baquwat ekanidan, o'zlarining asliga - tabiatga 
yaqinligidan dalolatdir.
Shevalar adabiy tilning so'z xazinasini to'ldiradigan eng 
boy manba sanaladi. Boisi, shevada adabiy tildagi ko'plab 
so'zlarning muqobili bor. Masalan, «Urush odamlari»ning
266


o'quvchisi Biydi momo kelinlarini «Bir vaqtlari o‘n beshta- 
lab inakka o‘zim qaragich edim...» deya yozg'irganida, 
«inak» - «sigir», Normat shu kampirga «jezdam tushingiz- 
ga kirdimi» deya hazilnamo so'z qotganda esa «jezda» -
«pochcha» ma’nosini berishi kuzatiladi. Shu o'rinda bir nar­
sani ta’kidlash zarur: badiiy adabiyot miiliy tilimizdagi so'z 
javohirlarini avaylab asrovchi xazinabon vazifasini o'tay- 
di. Sababi, adabiy til me’yorlarining ommalashishiga mos 
holda sheva xususiyatlarining kamayishi kuzatiladiki, bu
- qonuniyat maqomidagi hodisadir. Aytaylik, N.EshonquI 
«Urush odamlari»ni o'ttiz yillar ilgari yozgan bo'lsa, o'sha 
vaqtlartersotaliklartilida qo'llangan ko'plab so'zlarning ho- 
zirda iste’moldan chiqqan, unutilgan bo'lishi tayin. Demak, 
ijodkor o'zi mansub sheva xususiyatlarini oqilona 
m e ’y o r
darajasida va mohirlik bilan aks ettirsa, ularni mangulikka 
muhrlagan bo'ladi. Buning ahamiyatini esa, masalan, qis- 
sada qo'llangan o'shak, o'shakchi so'zlari misolida ko'rish 
mumkin. Dastlab, Biydi momo «Tursunoy guj-gujni o'shak- 
с/7/ligi uchun yoqtirmasligi» haqida xabar topganida, o'quv­
chi Tursunoyning fe’l-amalidan kelib chiqib bu so'z «g'iy- 
bat qiluvchi», «gap tashuvchi» kabi ma’nolarni anglatishini 
tusmollab biladi. Keyinroq, Normat Biydi momoga «Agar 
shu martayam o'shak surgan bo'lsang, kelib sen yalmo- 
g'izni otaman» deya tahdid qilganida esa so'z ma’nosi 
birmuncha konkretlashadi - unda «g'iybat» ma’nosining 
ustuvorligi anglashiladi. Ayon bo'ladiki, tushunchani ifo- 
dalovchi asl turkiy so'z mavjud bo'lgani holda o'zbek ada­
biy tilida uning arabiy muqobili ishlatilar ekan. Shunga 
o'xshash, o'jar qat’iyat bilan Anziratga o'lim talab qilib tu- 
rib olgan Biydi momoga Sharif chavandoz tahdid-la do'q 
uradi: «Ayg'oqilik qilmang...» Ma’lum bo'lishicha, o'zi haq 
bo'lmagani holda bitta fikrda qattiq turib olish «ayg'oqilik» 
deyilar ekan. Xuddi shu tushunchani anglatuvchi boshqa 
so'z esa adabiy tilimizda mavjud emas, shu sababli uni bir 
necha so'z bilan ifodalashga majburmiz. Holbuki, agar bu
267


so'z adabiy til mulkiga aylansa, ommalashtirilsa, tilimizning 
ifoda imkoniyatlari kengaygan bo'lur edi.
Har qanday badiiy obraz singari inson obrazi - personaj 
ham konkretlilikxususiyatiga ega. Zero, uning asosi bo'lgan 
real inson konkret davr, hudud va ijtimoiy muhitda harakat 
qiladi, muayyan kasb-kor bilan mashg'ul bo'ladi. Tabiiyki
bu omillarning bari uning nutqida o'z aksini topadi. Shu 
bois ham personaj nutqiga xos xususiyatlarni qayta yara- 
tish obrazning to'laqonli va haqiqatga muvofiq bo'lishining 
muhim shartlaridan hisoblanadi. Personaj nutqining o'ziga 
xosligi esa eng avval u qo'llayotgan so'zlarda namoyon 
bo'ladi. O'z navbatida, o'sha so'zlardan tarkib topayot- 
gan nutq personaj tasviridagi muhim chizgiga aylanadi: 
madaniy-ma’rifiy saviyasi, dunyoqarashi, ma’naviyati, ax- 
loqi, kasb-kori haqida ma’lumot beradi. Epik va dramatik 
asarlarda personaj nutqini individuallashtirishga alohida 
e’tibor berilishining sababi shunda. Xususan, dramatik 
asarlarda bunga, ayniqsa, muhim ahamiyat zarurki, ularda 
personaj nutqi inson obrazini yaratishning asosiy vosita- 
siga aylanadi. Masalan, E.A’zamning «Jannat o'zi qay- 
dadir yoki Jiydalidan chiqqan Jo'raqul» pyesasini olaylik. 
Asar qahramoni Jo'raqul - Domlaning quyidagi replikasiga 
diqqat qiling:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling