Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ojiz qolurmen (ya’ni men ojiz, Sizning qo'lingizdan keladi)
deydi. Shu gaplardan so‘ng Husayn Boyqaroning: «Maz- muni qanday bo‘lmog‘i kerak?» - deb so'rashida fikr shu yo‘sin ifodalanganining ta’siri juda katta. Javoban yana o‘sha yo'sinda Navoiy aytadiki: «Shul mazmundakim, far moni o//yning har bir so'zi ko'ngillarga quyoshdek hayot bag'ishlagay. Har bir nuqtasida, qatorida daryo pinhon bo'lgani kabi, sizning daryoyi adolatingiz jilvalanganday. Yana u farmonda shunday so'zlar bo'lmog'i kerakkim, ular zolim, munofiq amaldorlar, ulus molini g'asb etuvchilar boshiga sangboron bo'lib yog'ilgay». Ko'rib turganimizdek, Navoiyning bu so'zlarida avvalgi gapidagi fikrlar yanada kuchaytirib ifodalanadi, bunday vaziyatda adolatli podshoh farmoni mazmunan qanday bo'lishi kerakligi saroy odobi doirasida uqtiriladi. E’tibor berilsa, bunda tarixiy so'zlar (ulus, g'asb etuvchilar, sangboron)ni qo'llash bilan birga faol iste’moldagi so'zlarning davr uslubiga mos tarzda (farmoni oiiy, daryoyi adolatingiz) bog'langani, so'zlarning eskirgan shakllari («kim» bog'lovchisi, «shul» olmoshi), eski so'zshakllar (bag'ishlagay, yog'ilgay) ham muhimligini ko'rish qiyin emas. Tahlillardan ayon bo'lyaptiki, tarixiy so'zlar va mor- fologik birliklar tasvirlanayotgan davr kishilari nutqini asliga monand qayta yaratish vositasi sifatida o'quvchi tasavvu rida o'tmishning to'laqonli va haqqoniy manzaralarini jon- lantirishda muhim ahamiyat kasb etar ekan. Shuningdek, ko'rib o'tilgan misollar badiiy nutq tasvir vositasigina emas, ayni paytda, tasvir predmeti ham ekanligini yorqin namo yon etadi. Adabiy tilda kam qo'llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy koloritini berish uchun ishlatiladi. O'zbek tili- da so'zlashuvchilar tarqalgan hududlarda umummilliy 264 xususiyatlar bilan bir qatorda o‘sha hudud kishilarigagi- na xos bo‘lgan jihatlar (urf-odatlar, tasavvurlar, aqidalar, narsa-buyumlar va b.) ham mavjudki, bular birinchi gal- da sheva tilida o'z aksini topadi. Shunday ekan, asarda tasvirlanayotgan hududga xos bo‘yoqlarni berish, unda harakatlanayotgan personaj xarakterini to'laqonli badiiy talqin etish uchun tabiiy ravishda dialektizmlardan foyda- lanish zarurati yuzaga keladi. Masalan, N.Eshonqulning «Urush odamlari» qissasi voqealari hozirgi Qamashi tu- manining Tersota qishlog‘ida, urushning oxirgi yilida ke- chadi. Avvalo, aytish kerakki, qissa bir o'qishdayoq o'quv chi ko'ngliga chippa yopishadigan, uni befarq qoldirishi mumkin bo'lmagan asarlardan. Albatta, qissada keskin dramatizmga yo'g'rilgan hayotiy holatning qalamga olin- gani, urush atalmish olamiy fojianing kichik bir qishloq ahli hayoti misolida akslantirilgani bunda hal qiluvchi ahami yatga ega. Ayni paytda, o'quvchining asar ruhiga kirishi, betakror fe’l-sajiyali tersotaliklarga hamdard-u hamnafas bo'lib qolishida uning tili ham g'oyat muhim. Qissani o'qi- ganda «xalq ruhi tilda aks etadi» degan gapning shuncha- ki lutf emasligiga amin bo'ladi kishi. Ilk sahifalarda eshi- tilgan - Normatning urushdan qaytishi munosabati bilan uyushtirilgan to'ychiqdagi yosh bolalar kurashi qo'zg'agan shavq-u tarafkashlik ifodasi bo'lmish luqmalar, pardali yo behayo ekaniga hukm qilishga shoshib qolinadigan tagdor hazillar-u qochirimlar- bari sodda samimiyatdan, xalqona- likdan darak. Kurashda g'olib bolakay qo'llagan usulning mana bu tarzda olqishlanishi haqida ham shunday deyish- ga to'la asos bor: «Halol! - baqirib yubordi Sharif chavan- doz. - Buni yiqitish deydi-da! Ukkag'ardi uli, chorjetim-ey, Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling