Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

«Xon im : 
0 ‘zingdan ko'rgin-da, jonik\ Unisi o'poq, bunisi 
so'poq deysan. Papangning ham joni achiydi-da. Yoshing 
o'ttizga qarab borayotgan bo'lsa!.. Charchabsan. Kir, yo- 
tib damingni ol. Ammashkangga ayt, ichkari uyga joy qilib 
bersin». Ko'ryapmizki, Xonim ayrim ruscha so'zlarni ishla- 
tibgina qolmaydi, balki o'zbekcha so'zlarni ham «ruslashti- 
rish»ga harakat qiladi. Bu esa personaj ma’naviy qiyofasi- 
ga tortilgan muhim chizgi - milliy o'zligini nainki unutgan, 
undan orlanadigan toifaga xos qiliq. O'ziga «mama» deya 
murojaat etgan o'g'lidan koyinib «Oyi (degin - D.Q.)! Endi 
«oyi» bo'ladi, jinnivoy! Birov eshitsa nima deydi? Bular 
haliyam...» deganida ham Xonim faqat atrofdagilar nima
269


deyishining tashvishini qiladi, xolos. Milliy g'urur tuyg'usi- 
dan mosuvo bu ayolda istiqlo! bittagina o'zgarish yasadi: il- 
gari o‘z nutqini ruscha so‘zlar bilan «bezagan» bo'lsa, endi 
unga «о’кеу», «hello», «veri gud» kabi inglizcha so'zlar 
bilan zeb beradi. Go‘yo shuning bilan o‘zini dunyo ravishi- 
dan boxabar, zamonaning ilg'or kishilari qatorida his qila­
di, atrofidagilarga ham shuni ta’kidlamoqchidek bo‘ladiki, 
bu uning kaltabin ekanidan dalolatdir. Demak, varvarizm- 
lar muhit koloritini berish bilan birga personajning fe’li, 
madaniy-ma’rifiy saviyasi, ma’naviy-axloqiy prinsiplari, 
dunyoqarashi kabilar haqida ham ishonchli ma’lumot beruv- 
chi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunga o'xshash, Xonimning 
nutqidagi «baks», «inomarka», «soqqa», «ko'kidan o'nta», 
«lodochka tufli» kabi jargon\ax ham uning qiyofasini bo'rtiq 
aks ettirishga xizmat qiluvchi muhim detallarga aylana- 
di. Xullas, professionalizm, varvarizm, vulgarizm, jargon, 
argo kabi qo'llanish doirasi cheklangan so'zlar personaj 
mansub muhit koloritini ifodalash bilan birga uning nutqini 
individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini 
yaratishning beqiyos vositalaridir.
Ma’lumki, lug'atdagi so'zlar emotsional bo'yoqdorligi 
jihatidan ham bir-biridan jiddiy farqlanadi. Ayni hoi tasvir 
predmetiga hissiy munosabatni ifodalashda juda qo‘l ke­
ladi. Zero, shu tufayli ham tasvir predmetiga munosaba- 
tini ifodalash uchun yozuvchidan yangilik yaratish talab 
etilmaydi - mavjud so'zlardan maqsadiga eng muvofig'ini 
tanlash kerak, xolos. Masalan, «O'tkan kunlar»dan olin­
gan quyidagi gaplardagi kabi:
«Zaynab bo‘zarg‘an holatda uyiga yugurib ketdi».
«Kumush baqadek qotib o ‘lturgan Zaynabka qaradi».
«Zaynab o'zining xatosini ongladi va gapuralmay g ‘o ‘ldi- 
radi».
«Zaynab ishini to'xtatib bo‘zrayg‘ancha Kumushka qa- 
rab qoldi».
270


«Uning bu dovdir gaplari g'alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an 
Kumushni dovdiratti».
«Zaynabning bir yarim qarich osilib ketkan qovoq- 
dudog‘i...».
Endi o'ylab ko'ring: A.Qodiriy kursivda berilgan so‘zlarni 
Kumushga nisbatan ishlatishi mumkinmi? Komil ishonch 
bilan aytish mumkinki, yo‘q. Chunki ularga munosabati bir 
xil emas. Shu bois ham, masalan, kundoshi Marg‘ilonga 
ketmasligini bilgan Zaynab haqida qovoq-dudog‘i bir yarim 
qarich osilib ketkan desa, Otabekning ikkinchi bor uylani- 
shiga «rozilik» berayotgan Kumushni: «Fuzuliy ta’biricha, 
sebi zanaxdoni negadir qizarib, novaki mijgoni ко ‘z yoshlari 
bilan juftiangan haligi pari edi», - deya ta’riflaydi. Shunga 
o‘xshash, suyukli qahramonining kundoshlar orasida halak 
Otabekdan xafa bo'lgan chog'dagi holati haqida «ko'zi uy- 
qudan qolg‘an kishilarning ko'zidek qizarg‘an» edi deyish 
bilan cheklanadi-da, suhbat davomida bir joyda nko‘zida 
bir turlik g'iltillash bor»ligini, boshqa bir o'rinda «ko'ziga 
jiq yosh to‘lg‘an»ini qayd etadi. Insof bilan aytganda, har 
ikki personaj ham o‘sha holatda xafa bo'lishga haqli, bi­
roq o'quvchi Zaynabga boqqancha «qovoq-tumshug‘i ni- 
masi?!» deya g'ashlansa, Kumushning dardiga hamdard 
bo'ladi-qoladi. Sababi, ularni tasvirlash uchun tanlangan 
so'zlarda, o'sha so'zlarda mujassam topgan hissiy muno- 
sabatning o'quvchiga «yuqtirilgani»da.
Xulosa o'laroq ta’kidlash kerakki, so'zning nominativ 
tasviriyligi va ifodaviyligi badiiy adabiyotdagi har qanday 
obrazning asosi, javhari demakdir. Ayni hoi badiiy adabi- 
yotni «so'z san’ati» deya ta’riflashga izn beruvchi bosh 
omil sanaladi. So'z badiiy adabiyotdagina o'zining asli- 
ga - obrazli tabiatiga qaytadi, olamni to'laqonli aks etti- 
rish, tasawurimizda uni qayta yaratishga xizmat qiladi. 
So'zning bu boradagi imkonlari benihoya keng, mavjud 
imkoniyatlarning qay darajada ro'yobga chiqishi esa, ta-
271


biiyki, so‘z san’atkorlarining mahoratiga bog'liq. Shu jihat- 
dan adabiy ijod zargar mehnatiga monand: zargar olmos 
qirralarini ochib gavharga aylantirgani kabi, adib-u shoirlar 
so'zdagi ma’no qirralarini jilolantirib obrazga aylantiradilar.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling