Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


NUTQIY SEMANTIKA. КО CHIMLAR


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

273


NUTQIY SEMANTIKA. КО CHIMLAR
I
Ko'chim (trop) - semantik sathdagi normadan og‘ish. 
Ko‘chimlar tasnifi. Metafora o'xshashlik asosida ma’no 
ko‘chishi sifatida. Metonimiya - aloqadorlik asosidagi 
ma’no ko'chishi. Sinekdoxa haqida. Perifraz(a). Kinoya 
va antifrazis. Aliegoriya va ramz.
Ma’lumki, umuman, nutq jarayonida, xususan, badiiy 
nutqda so'zlar o‘z ma’nosida ham, ko‘chma ma’noda ham 
qo‘llanishi mumkin. So'zning odatiy ma’nosidan o'zga 
ma’noda qo'llanishi semantik sathdagi og'ish sanaladi. 
Ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlarning umumiy nomi 
ko’chim deb yuritiladi. Adabiyotshunosligimizda bunga si­
nonim sifatida yana trop (yurt. ko'chim) termini ham ancha 
faol qo'llanadi. Mumtoz adabiyotshunosligimizda ushbu 
tushunchani anglatish uchun majoz istilohi qo'llangan. 
Jumladan, Atoulloh Husayniy ta’rifiga ko'ra: «... majoz 
haqiqatning ziddidur. Haqiqat lafzni o'z yasog'i, ya’ni ni­
mani mo'ljallab yasag'an bo'lsalar, o'shul ma’noda qo'lla- 
moqtin iborattur. Majoz lafzni o'z yasog'idin o'zga ma’no­
da yasog -u lafz-u o'shul ma’no orasindagi biror aloqa-yu 
munosabatqa asoslanaroq qo'llamoqtin iborattur, o'z 
yasog'ida tushunmakka moni’ bo'lguchi jumladoshini kel- 
tirmak sharti bila. Masalan, qo‘l derlar va ko'pincha qudrat 
zuhuri qo'l bila amalg'a oshg'anlig'ig'a asoslanib andin 
qudratni iroda qilurlar. Sher derlar va yuraklig kishi sherg'a 
o'xshag'anlig'ig'a asoslanib, andin yuraklik kishini iroda qi­
lurlar».1
1 Атоулло* Хусайний. Бадойиъу-с-саноииъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 
1981. - Б.219.
274


Badiiy nuqtda ishlatiluvchi ko'chimlar qo'llanish faolligi, 
badiiy-uslubiy bo'yoqdorligi, estetik ta’sir kuchi kabi jihat- 
laridan bir-biridan jiddiy farqlanadi:
a) ko'chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga 
aylanib ketgan. Masalan, «kun botdi», «soat yuryapti» kabi 
birikmalarda qachonlardir so'z ma’nosining o'xshashlik 
asosida ko'chgani aniq. Faqat biz ularga shu qadar ko'ni- 
kib ketganmizki, hozirda ularga ko'chim deb qaramaymiz. 
Shuning uchun ham badiiy asar matnida mazkur ko'chim- 
lar qo'llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik 
maqsad bilan semantik sathda og'ishga yo'l qo'ygan deya 
olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda 
olingan. Tabiiyki, bu nav ko'chimlar matnda estetik funksi- 
ya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib 
bo'lmaydi;
b) an’anaviy tarzda ishlatilib keiayotgan va shu bois 
muayyan darajada turg'unlik kasb etgan ko'chimlar ham 
badiiy nutqda ko'plab uchraydi. Masalan, «la’I», «gul», 
«bulbul», «sarv», «hilol», «kamon», «nargis» va b. Bu nav 
ko'chimlar ham xuddi yuqoridagilar singari tayyor holda 
olinadi, biroq, ulardan farqli o'laroq, matnda estetik funksi- 
ya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi;
d) badiiy-estetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifoda­
viylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matn o'ramidagi- 
na ko'chma ma’no kasb etuvchi, muallifning assotsiativ 
fikrlashi mahsuli o'laroq dunyoga kelgan ko'chimlar alohida 
o'rin tutadi. Ular shartli ravishda «xususiy muallif ko'chim- 
lari» deb yuritiladi. Shu nav ko'chimlargina yozuvchining 
muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlab yo'l qo'ygan se­
mantik sathdagi og'ishi natijasidirki, uning badiiy til bobida- 
gi mahorati xususida gap borganda, eng avval shularni 
e’tiborga olish kerak bo'ladi.
Qadimdan o'rganib kelinishiga qaramay, ilmda ko'chim- 
larni tasniflash masalasida hanuz yakdillik yo'q. An’anaviy 
tarzda mutaxassislar tomonidan ko'chimning asosiy turlari
275


sifatida metafora va metonimiya ko‘rsatilib, uning boshqa 
navlariga shu ikki turning ko‘rinishlari deb qaraladi. Ke- 
yinroq sinekdoxa, undan so‘ng esa ironiya (kinoya) ham 
ko'chimning asosiy turlari sifatida e’tirof etila boshladi. 
Hozirda vaziyat shundayki, manbalarda ko'chimning aso­
siy turlari ikkita (metafora va metonimiya) deb ham, uch- 
ta (metafora, metonimiya, kinoya) yoki to'rtta (metafora, 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling