Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


BADIIY  NUTQNING RITM1KLIGI


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

291


BADIIY 
NUTQNING RITM1KLIGI
Ritm haqida umumiy tushuncha. Nutq ritmikligi. Ritmik- 
lik badiiy nutqning tabiiy xususiyati sifatida. Nasriy nutq 
ritmikligi. Sintagma va kolon tushunchalari. Saj’ haqida. 
Ritmik vositalar haqida.
Ritmik tashkillanishi jihatidan badiiy nutqning soch- 
ma (nasr) va tizma (nazm) shakllari mavjudligi, nasriy 
nutqning ritmik jihatdan ma’lum darajada amaliy nutqqa 
yaqinligi, she’riy nutqning esa muayyan bir o'lchov asosi­
da tartibga solingan ritmiklikka egaligini ilgari aytdik. Endi 
ushbu nutq shakllarining har biriga xos xususiyatlarni mu- 
fassal ko'rib o'tish kerak bo'ladi. Buning uchun esa, av- 
valo, «ritm» va «nutq ritmi» tushunchalarini oydinlashtirib 
olish zarur.
Ritm nihoyatda keng tushuncha bo'lib, ritmiklik borliq- 
dagi juda ko'p narsa-hodisalar, tabiiy jarayonlarga xos- 
dir. Shunga ko'ra, keng ma’noda ritm deganda muayyan 
bo‘iaklarning ma’lum vaqt oralig'ida tartibii takrorlanib 
turishi tushuniladi. Ayonki, bu ma’nodagi ritm borliqdagi 
juda ko'p narsa-hodisalar, tabiiy jarayonlar, jumladan, in­
son organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchi- 
lab turgan tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvi- 
ning maromli shildirab oqishida, yil fasllarining, kun bilan 
tunning almashinuvida; insonning yurak urishi, nafas oli- 
shi, ma’lum bir ish-harakatni bajarishi - bularning barida 
muayyan ritm kuzatiladi. E’tibor berilsa, ritm tushunchasi 
zamon va harakat tushunchalari bilan uzviy bog'liq hodisa 
ekanini anglab olish qiyin emas. Darhaqiqat, zamonda ke- 
chuvchi har qanday harakat (jarayon)da ritm mavjud. Ta­
biiyki, bu gap zamonda voqe bo'luvchi inson nutqiga ham
292


to'la tegishli. Avvalo, har bir odamning gapirishida o'ziga 
xos ritm bo'lib, bu ritm birinchi galda uning fiziologik im­
koniyatlari (mas., har bir odamda nafas olish o'ziga xos, 
nutq ritmi shunga ko'p jihatdan bog'liq) bilan belgilanadi. 
Kundalik muloqot nutqidagi ritmga ichki va tashqi omillar 
(kasallik, ruhiy holat - ichki; biror narsadan ta’sirlanish, 
tez harakat qilish - tashqi) ta’sir qilishi, uni muayyan da­
rajada o'zgartirishi mumkin. Og'zaki nutqda kuzatiluvchi 
ritm tabiiy ravishda yozma nutqqa ham ko'chadi, negaki, 
yozganimizda «miya»da gapiriladi, o'qiganimizda «tasav- 
vur»da eshitiladi. Demak, o'z-o'zidan ayonki, nasriy yo 
nazmiy ekanligidan qat’i nazar, ritmiklik badiiy nutqda 
ham tabiiy ravishda mavjud va u asarning o'qishli, ta’sirli 
bo'lishida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Manbalarda nasriy nutq ritmikligini eng avval ritm umu­
man nutqqa xos ekani bilan izohlash, uning amaliy nutq 
ritmiga yaqinligini ta’kidlash urfga kirgan. Biroq bundan 
badiiy nasrdagi ritmiklik spontan xarakterga ega, ya’ni o'z- 
o'zidan yuzaga keladi degan xulosa chiqarish xato bo'lur 
edi. Sirasi, bunday xulosani badiiy nutqning yuksak dara­
jada uyushtirilganlik xususiyati, ya’ni muallif g'oyaviy-ba­
diiy niyati ijrosi, muayyan konsepsiya ifodasiga safarbar 
etilganiyoq istisno etadi. Bu haqda yozuvchi O'.Hoshimov 
suhbatlaridan birida aytadiki: «Chinakam asar tug'ilma- 
sidan oldin uning ohangi, musiqasi tayyor bo'ladi. Bu -
g'oya emas, syujet ham emas, aynan mana shu ohang 
adibni qo'lidan sudrab olib kelib, stolga «mixlab» qo'yadi. 
Asarning joni degani shu. ... «Tushda kechgan umrlar» 
romanimning ohangi qulog'im ostida jaranglab turadi. Bu 
ohang asarning boshidan to oxiriga qadar mungli, g'am- 
li musiqa bilan yo'g'rilgan. Asarning boshini eslang! «Kuz 
o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshaydi. Oyoq ostida 
kasalvand xazonlar ingraydi». Bo'ldi, shu musiqa. Bosh­
qa asarlarda ham shunday musiqa bor. «Bahor qaytmay- 
di» qissam «Qonqus» haqidagi rivoyatdan boshlanadi.
293


Demoqchimanki, katta polotnoda ham, she’rda ham o'z- 
o'zidan musiqa bo'ladi. Kuy bo'ladi. Yirik badiiy asarda, al­
batta, kuy bo'lishi shart. Bo'lmasa, u badiiy asar emas».1 
E’tibor bering: adib eng avval asarning «ohangi, musiqasi 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling