Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
emblemaga - biron-bir tushunchaning turg'un belgisiga
yaqinlashtiradi. Aytilganlardan ayon bo'lyaptiki, konkret ko'chimni aniq bir turga mansub etish doim ham to'g'ri bo'layermaydi, sababi, u o'zida ko'chimning turli ko'ri- nishlariga xos xususiyatlarni mujassam etishi ham mum kin ekan. Xuddi shu narsa perifraz(a) misolida ham kuza- tiladi. Manbalarda perifraz(a) ham ko'chim turlari sirasida sanalib, narsa-hodisa, joy yoki shaxsni o'z nomi bilan emas, unga xos xarakterli belgilarni ifodalovchi so'z birik- masi bilan atashni anglatadi. Mantiqan olib qaralsa, mo- domiki narsa {butun) uning belgisi (qism)ni ifodalovchi so'z birikmasi bilan atalar ekan, perifrazni sinekdoxaning bir ko'rinishi deb tushunish to'g'ri bo'lur edi. Biroq ma’no ko'chishi bundan tamom o'zgacha asoslarda amalga osh- gan perifrazlar ham talaygina. Masalan, Shavkat Rahmon: «Ikki daryo oralig'ida Haq, adolat topmadi qaror», - dega nida jug'rofiy joylashishiga oid belgi orqali O'zbekistonni nazarda tutadi. Bu o'rinda ko'chma ma’no narsa va uning joyiashish o'rni orasidagi aloqadorlik asosida voqe bo'ladi, ya’ni ayni hoi uni metonimiyaga mansub etishga izn bera di. Bundan farqli o'laroq, «madaniyat beshigi», «Sharqning 285 yulduzi» yoki «Sharq mash’ali» ( 0 ‘zbekiston), «yurtimning yuragi» yoki «Sharq darvozasi» (Toshkent) kabi perifraz- larda o'xshashlik asosidagi ma’no ko'chishi kuzatiladi. Shuningdek, kinoyaviy tarzda zidlab o'xshatish - teskari o'xshatishga asoslangan perifrazlar ham ko'plab uchraydi. Masalan, Cho'lpon Zebining advokatini bir o'rinda «uyezd miqyosiga yarasha ish ko'radigan kichkinagina bir Ple- vako», boshqa bir o'rinda «kichkina shaharning kichkina Plevakosi» deb ataydi. Aslida, u - «davlat xazinasining kattagina pulini yeb qo'ygan askariy bir to'ra» - dordan qochib Turkistonga kelib qolgan. Ya’ni u taraqqiyotdan ortda qolgan Turkistondagina «zakunchi»lik qilishga ya- roqli, shunchaki «suv bo'lmasa tayammum...» qabilidagi advokat, xolos. Shu odamning kasbi bilan bog'liq va o'z davrining mashhur advokatiga o'xshatish orqali tavsiflab atalgani kinoyani yuzaga keltiradi. Ma’lum bo'ladiki, badiiy nutqda perifrazaning metaforik, metonimik, kinoyaviy va sinekdoxa qolipidagi ko'rinishlari uchrashi mumkin ekan. Yana bir jihati, perifrazda doim ham ko'chma ma’no ku- zatilavermaydi. Masalan, Toshkentni «yurtimiz poytaxti», A.Qodiriyni «milliy romanchiligimiz asoschisi», S.Ahmadni «qahramon adibimiz» tarzida atovchi perifrazlarda ma’no ko'chishi mavjud emas, ulardagi obyektga xos belgilar o'z ma’nosida qayta nomlashga xizmat qiladi. Ma’no ko'chishining yana bir turi «kinoya» (ironiya) bo' lib, u zidlash, teskari o'xshatishga asoslangan ko'chim sifatida tavsiflanadi. Masalan, A.Qodiriy Kalvak maxzum- ning badbashara qiyofasini chizib bergach, boshqa bir o'rinda uni «husni Yusuf» deb ataydiki, bu birikmaning teskari ma’noda qo'llanganini o'quvchi yaqqol fahmlay ola di. Ta’kidlash kerakki, kinoyaning ma’nosi faqat kontekst- da ro'yobga chiqadi, ya’ni u alohida olingan holda mav jud bo'lolmaydi, kontekstdan xabardorlik uni anglashning qat’iy shartidir. Ayni shu jihati tufayli ham ayrim mutaxas- sislar kinoyani ko'chim turi o'laroq e’tirof etmaydilar. 286 Kinoya personajlar nutqida ham keng qo'llanadi. Biroq bu holda u ko'chim sifatida emas, ko'proq konkret hayo tiy holatga, sog'lom mantiqqa yoxud so‘zlovchining maq- sadiga muvofiq kelmaydigan gap sifatida ko'rinadi. Kinoya asosidagi bu usul antifrazis deb yuritiladi. Antifrazis tasvir predmetiga yozuvchi munosabatini ifodalashda, ayniqsa, qo‘l keladi. Masalan, M.M.Do‘stning «Iste’fo» qissasida shu usuldan samarali foydalanilgan. Qissa personajlari- dan biri - Blnafshaxon qizini himoya qilib: «Qizimiz kimdan kam? 0 ‘zi husndor bo‘lsa, diplomi yaqin qoldi, aqli-odo- bi joyida. 0 ‘zbekcha gapirishniyam biladi...» - deydiki, uning gapi ko'zlagan maqsadiga mutlaqo zid: xonim qizi ni maqtamoqchi edi, haqiqatda aks natijaga kelindi, ya’ni qizning milliylik unutilgan muhitda o'sgani ayon bo'lib qoldi. Ayni paytda, bu bilan personaj ma’naviy qiyofasiga muhim chizgi tortildi: Binafshaxonning sirtigina yaltiroq, ma’navi- yati hilvirab ketgan kaltabin ayolligi yana bir karra tasdig'ini topdB Yoki qissa personajiaridan birining: «Bugun kayfiya- tim o'nglandi. Xotingayam do‘q urdim», -deyishi; boshqa- sining: « 0 ‘zimizdayam do'xtir ko‘p, barisi ota qadrdon, po- rayam so'ramaydi», - deya maqtanishi ham kinoya bo'lib, u yozuvchining so'zlovchiga, davr muhitiga munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Ko‘chimning yana bir turi allegoriyadir. Adabiyotshunos ligimizda allegoriya termini o‘rnida «majoz» (albatta, bunda istilohning tor ma’nosi ko‘zda tutiladi) istilohi ham qo'llanadi. Allegoriyaning ko'pchilik e’tirof etgan spetsi- fikasi mavhum tushunchalarni konkret narsa-hodisalar nomi bilan ifodalashda namoyon bo'ladi. Badiiy adabi yotda so‘z-allegoriyalar ko'proq an’anaviy tarzda qo'llana di, ularning ma’nosi ham turg'un holatga kelib ulgurgan. Negaki, allegoriyadagi ma’no ko'chishi doim ham mo- tivlangan emas, aniqrog'i, motiv keyinchalik unutilgan yoki unga zarurat qolmagan. Misol uchun, «ayyorlik» tushun- chasining «tulki» so'zi bilan ifodalanishini olaylik. Aslida, 287 o'ziga yemish topish-u kushandalaridan omonlik topish uchun yovvoyi jonivorki «hiyla» ishlatadi. Shunday ekan, nega aynan tulkining nomi majozan «ayyorlik» ifodasiga aylangan? Sababi, atrof-javonibida tulki keng tarqalgani uchun ham ajdodlarimizda uni bevosita kuzatish imkoni katta bo'lgan: «ayyorlik»larini ko'rganlar, zavqlanib kul- ganlar. Xullas, tulkining «аууог» ekaniga ko'pchilik beshak ishonch hosil qilgan. Avvalida ayyor kishilar tulkiga meng- zalgan, so'ng esa, ko’p ishlatilaverishi natijasida, «tul ki» va «ayyorlik» so'zlari go‘yo ma’nodoshga aylangan, shu ma’noda qo'llashga tabiiy ravishdagi kelishuv sodir bo'lgan, «shartlashib olingan». Shu tariqa badiiy asarlar da, masalan, «bo'ri» - vahshiylik, «eshak» - farosatsiz- lik, «bedana» - qo'nimsizlik, «buqalamun» - beqarorlik, «musicha» - ojizlik, «chayon» - zararkunandalik tarzidagi allegoriyalar urfga kirgan. Bu nav allegoriyalarning aksari- yati, yuqorida ham aytdik, ayni tushunchalarning turg'un belgisiga - emblemaga yaqinlashib qolgan. Adabiyotshunoslikda allegoriyada ma’no ko'chish asosi masalasida ham yakdillik yo'q: ayrim mutaxassis- lar bunda o ‘xshatishri\ asos deb bilsa, boshqalari aloqa- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling