Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Xazonga aylandi kunlarim...
Motamda turganday boqaman.
Fasllar to'qnashgan lahzada 
xazonlar to'pini yoqaman.
Ko‘zlarim achishar bexosdan, 
yuragim, qo'llarim titraydi.
Alanga olmaydi kunlarim, 
tutaydi, oh, muncha tutaydi.
She’rning lirik qahramoni - kechmishini sarhisob qi- 
layotgan, o'tgan kunlaridan qoniqmaslik tuyayotgan odam. 
Shoirning assotsiativ tafakkuri «xazon»da metonimik 
asosda kuzni, metaforik asosda esa yana o'tgan, hayot 
daraxtidan go'yo uzilib tushgan kunlarini ko'radi. She’rning
282


kayfiyatini his qilishda, uni tushunishda «xazon» yetakchi 
ahamiyat kasb etadi, go’yo kaiit vazifasini bajaradi. Shun­
ga o'xshash, X.Davronning «Qarshida deraza so'ylaydi er- 
tak, Unda ikki soya - baxtiyor malul» satriarida ham yolg'iz 
ayol ruhiyatini ochishda metonimiyadan mohirona foyda- 
lanilgan va unda ham metonimiya metafora bilan baqamti 
qo'llangan.
Tropning yana bir turi sinekdoxa bo'lib, ko'pchilik mu- 
taxassislar uni mohiyat e’tibori bilan metonimiyaning bir 
ko'rinishi deb biladilar. Ayni chog'da, sinekdoxani alohida, 
hatto ko'chimning asosiy turlaridan biri deb qarovchilar 
ham bor. Aytish kerakki, har ikki qarashda ham muayyan 
asos bor. Jumladan, metonimiya ko'rinishi sifatida qarali- 
shiga sabab shuki, bunda ham ma’no ko'chishi aloqadorlik 
asosida - butun va qism, yakka va umum aloqasi asosi­
da yuz beradi. Shu bois ham mutaxassislar sinekdoxani 
metonimiyaning miqdoriy ko'rinishi deb qaraydilar. X.Dav­
ronning «Kulol muhabbati» she’ridan:
#
Sahardan to oqshomga qadar,
Ko'kda porlab yonmaguncha oy,
Ertak so‘ylar sarxush barmoqlar,
Ertak tinglar qizil rangli loy...
Keltirilgan parchada ham «ertak so'ylar» metafora 
bo'lsa, «barmoqlar» sinekdoxadir. «Ertak so'ylar» de­
ganda kulol o'z ishiga butun mehri, qalb qo'ri bilan beril­
gan ijodning sehrli onlari nazarda tutiladi. Tabiiyki, ertak 
so'ylayotgan «barmoqlar» - qism va u butunni - ishiga, 
yaratish shavqiga berilgan kulolni she’rxon ko'z oldiga 
keltirishga xizmat qiladi. Yoki M.Yusuf «Faqat shu yer ya­
qin yurakka, Faqat shunda quvonar ko'zlar» deganida ko'z 
odam ma’nosini bildirishi ham sinekdoxaga misol bo'la 
oladi. E’tibor berilsa, bu ikki misoldagi ma’no ko'chishi, 
yuqorida metonimiyaga keltirilgan misollardagidan farq-
283


li o'laroq, ikki narsa-hodisa orasidagi aloqadorlik asosida 
amalga oshayotgani yo‘q, bitta predmetning qismini ang- 
latuvchi so'z uni butun holda atashga xizmat qilayotganini 
ko'rish qiyin emas. Ayni hoi sinekdoxani boshqa ko'chim 
turlaridan farqlaydigan asosiy jihatdir. Sinekdoxaning yana 
bir ko'rinishi - yakka narsa nomi bilan umumni nazarda 
tutishda ham mohiyatan ayni shu hoi kuzatiladi. Masalan, 
Sh.Rahmon birshe’rida «Qadimda mevalar yetilgan payt­
da savob deb yashagan komil ajdodim musofir chanqog'in 
bossin deb atay buzib qo'yar ekan bog'lar devorin» deb 
yozarkan, «qadim ajdodim» birikmasi bilan jami ajdodlarni, 
o'tmishdagi o'zbek xalqini ataydi. Xuddi shunga o'xshash, 
« 0 ‘zbekning qorako'z bolalariga bitta dunyo qolsin hayrat- 
lik» misrasida ham «o'zbekning qorako'z bolalariga» birik­
masi ostida kelgusidagi o'zbek xalqi nazarda tutilgani 
ayon. Diqqat qilinsa, bu misollarda ham ma’no ko'chishi 
ikkita narsa-hodisa orasidagi aloqadorlik asosida amalga 
oshmoqda deb bo'lmasligini ko'rish qiyin emas. Negaki, 
«qadim ajdod»lar jami xalqni tashkil qiladi, ya’ni teskari 
tomondan borsak, bitta predmet - «xalq»ni atash uchun 
uning qismini anglatuvchi so'zdan foydalanilayotgani ko'ri- 
nadi.
Manbalarda atoqli otlarning turdosh ot ma’nosida qo'lla- 
nishiga ham sinekdoxaning bir ko'rinishi deb qaraladi. 
Masalan, shoir «faqat Jumavoyi bo'lgani uchun havasla- 
ring kelar robinzonlarga» deganida Robinzonga o'xshash 
hayot kechiruvchi kishilarni - ko'pchilikni nazarda tutadi. 
Bir qarashda bunda qism nomi orqali butun atalayotgani
demak, qarshimizda sinekdoxa ekani shubhasizdek ko'ri- 
nadi. Biroq, chuqurroq mushohada etib ko'rilsa, mazkur 
da’vo haq ekanligiga shubha tug'lladi. Chunki «robinzon- 
lar» deganda «Robinzonga o'xshab hayot kechiruvchilar» 
tushunilar ekan, bu o'rinda o'xshashlik asosidagi ma’no 
ko'chishi - metafora haqida gapirish to'g'riroq bo'ladi. 
Faqat biz ko'nikkan metaforalardan farqi shuki, bunda
284


o'xshatish obyekti adabiy asardan olinmoqda. Shunga 
o'xshash, M.Yusuf: «Toshkentga qiz berma, Marg'ilon, 
Qodiriy yo'q, zaynablar omon!» - deganida ham «zay- 
nablar» so'zi bilan «fe’l-amali Zaynabga o‘xshaganlar»ni 
umumlashtirib ataydiki, bunda ham ma’no metafora aso­
sida ko'chadi. Umuman olganaa, mashhur adabiy asar 
qahramonlari, afsonaviy yoki tarixiy shaxslarning nomlari 
orqali o'xshatish asosida muayyan fe’l-xususiyatni (Ho- 
tam - saxiylik, Qorun - o'ta boylik, Otello - rashkchilik, 
Yago - hasadgo'ylik) ifodalash she’riyatimizda eskidan 
qo'llanib keluvchi uslubiy vositadir. Ayni jihati, mavhum 
tushunchani konkret obraz nomi bilan atashi bunday 
ko'chimlarni allegoriyaga, benihoya ko'p takrorlanishi esa 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling