Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
I
Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, I saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan I boshqalari musofiriar ila to'la .11 E’tibor bering: jumlaning ilk kolonida ma’no urg'usi «dong’dor saroy»ga tushmoqda, u esa mazmunan bi rinchi jumladagi «tevaragidan azon eshitiladigan joy»ni aniqlashtiradi. Ritmik tomoniga kelsak, birinchi gap oxi- ridagi ko‘tarilish ikkinchi gap boshidagi pasayish bilan al- mashsa, o‘z navbatida, bu pasayish ilk kolon adog'idagi ko‘tarilish bilan almashinadi - ritmik izchillik yuzaga keladi, jumladan jumlaga ravon o‘tiladi. Jumlani bu tarz tahlil qilayotganimiz «nahotki, adib gap tuzayotganida shularni o‘ylagan bo'lsa?!» tarzida e’tiroz uyg'otishi mumkin va bu tabiiy ham. Darhaqiqat, yozuv chi bularni o‘ylab o'tirmaydi - o‘zi tasvirlayotgan (ya’ni o‘zi tasavvurida aniq-tiniq ko‘rib, his qilib turgan) narsa-hodi sa, holat haqida o'quvchisida ham imkon qadar yorqin (ya’ni o‘zi ko'rib, his qilib turgan kabi) tasavvur hosil qi lishga intiladi, xolos. Bunga qay darajada erisha olishi esa iste’dod darajasi va shaxsiyati kuchi, shu ikkisi zaminida shakllangan uslubi bilan bog'liq. Ya’ni biz hijjalab tushu- 304 nish va tushuntirish payidagi holatlar asl iste’dod ongi-yu ko'nglidagini so'z bilan ifoda etsayoq, shunchaki hikoya qilsayoq yuzaga kelaveradi. Negaki, «asar tug'ilmasidan oldin uning ohangi, musiqasi tayyor bo'ladi», demak, shu ohangga muvofiq so'zlar quyilib kelaveradi. Quyilib kelgan- da esa har bir so'zning o'z o'rni bor - uni na almashtirish, na tushirib qoldirish va na unga boshqa so'zni qo'shish mumkin. Negaki, jumla qurilishidagi har qanday o'zgarish ritmni ham o'zgartiradi, demakki, fikming oqimiga, ruhiga, urg'ulanayotgan ma’noga jiddiy ta’sir qiladi. Bunga amin bo'lmoq uchun, masalan, birinchi jumla qurilishini o'zgar- tirib ko'rish kifoya: Hijriy bir ming ikki yuz oltmish to'rtinchi yil / dalv oyining o'n yettinchi kuni... / Birinchi kolonda bitta so'zning o'rnini almashtirib (hijriy), bittagina so'zni (kun) qo'shdik. Natijada ma’no urg'usi ko- lonning boshiga ko'chib, kolon oxiridagi avval ustma-ust tushgan mantiqiy va ritmik pauzalardan faqat keyingisigina qoldi. Agar avvalgi variantida vaqtni umumiy tarzda (ya’ni umuman hikoya qilinajak voqealar vaqtini anglatish) belgi- lash maqsadi ustuvor bo'lsa, endi konkret vaqt (ya’ni ayni damni atash) ma’nosi ustun, sirasi, endi avvalgi ma’no yo'qqa chiqdi. Ikkinchi kolondagi o'zgarish sabab kesib sanash ohangi yo'qolib, tugallanmagan ohang va shu bi lan bog'liq kutuv (ya’ni o'quvchi ayni shu kuni sodir bo'lgan voqea-hodisaning ataiishini kutadi) yuzaga keiadi. Avvalgi shaklida jumla «dongdor saroy»dagi doimiy holatlar (ham- ma vaqt gavjum, kechki payt hammaning ovqatga unnashi kabi) tavsiflangan keyingi jumlalarga mazmunan mos edi, o'zgarish tufayli bu moslik ham yo'qqa chiqadi. Anglashila- diki, ritm jumlalararo mazmuniy aloqani ta’minlash, nutqiy bo'laklarni o'zaro bog'lagan holda butunlikni yuzaga chiqa- rishga ham xizmat qilar ekan. 305 Atoulloh Husayniy «alfozning ko‘p-ozlig‘i jihatidin saj’- ning eng yuksak martabasi aning qisqasidur va aning che- ki ikki lafedur», shuning uchunki «alfoz necha oz bo'lsa, saj’ning husni ortiqdur»1 deb uqtiradi. Haqiqatan ham shunday, chunki kolonlar uzunligi qanchalik qisqa bo'lsa, ritmiklik ham shunchalik bo'rtiq ko'zga tashlanaveradi. Ma salan, Otabek ta’rifida aytilgan mana bu jumladagi kabi: Og'ir tabiatlik, 6 ulug‘ gavdalik, 5 ko‘rkam va oq yuzlik, 6 kelishgan qora ko'zlik, 7 mutanosib qora qoshliq va 9 endigina murti sabz urgan 9 bir yigit. 3 O'quvchisi dilida ham o'zi mehr qo'ygan qahramoniga mehr uyg'otishni juda xohlaganidan, adib uning ta’rifida jumlani yuksak martabadagi saj’ shaklida quradi. Natijada portret detallarini ta’kidlab sanash asosida (go'yo mo'yqa- lamning bitta harakati bilan) o'quvchi tasavvurida «istarali» qiyofa yaratiladi - qahramonga nisbatan simpatiya hosil qilinadi. Xuddi shuningdek, o'quvchi tasavvurida Homid- ning «sovuq» qiyofasini yaratish uchun ham salbiy otten- kali portret detallari ta’kidlab sanaladi - unga nisbatan an- tipatiya hosil qilinadi: uzun bo'ylik, 4 qora cho'tir yuzlik, 6 chag'ir ko'zlik, 4 chuvoq soqol, 4 o'ttuz besh yoshlarda bo'lg'an 8 ko'rimsiz bir kishi edi 8 1 Атоулло* Х,усаиний. Бадоииъу-с-санойиъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1 9 8 1 .-Б .6 7 . 306 A.Qodiriy uyushiq va ajratilgan bo'laklar, turli darajada- gi takrorlar, o'xshash sintaktik konstruksiyalarni parallel qo‘llash hisobiga jumlalarni murakkablashtirish orqali yet- kazilayotgan informatsiyani hissiy to'yintirishga erishadi. Ayni chog‘da, adibning grammatik jihatdan o‘ta murak kab va sirtdan qaraganda juda uzundek, kitobiydek ko'ri- nadigan jumlalari ham ritmiklik hisobiga jonli so'zlashuv nutqiga maksimal yaqinlashadi. Natijada o'quvchida adib o‘zini unga juda yaqin tutayotgandek, har dam u bilan yon- ma-yon turgandek taassurot tug‘iladi: Biz \ bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib / 15 ayvonning chap tarafidagi daricha orqalik / 15 uyga kiramiz,/ 5 ham uyning to'riga soling'an atlas ko‘rpa, / 13 par yostiq quchog'ida \ 7 sovuqdan erinibmi / 7 va yo boshqa bir sabab bilanmi / 10 uyg‘oq yotqan bir qizni ko'ramiz.// 10 Ko‘rib turganimizdek, ushbu jumladagi ritm kolonlar- ning 15, 14 va 10 bo‘g‘inli guruhlariga asoslanadi. Kolonlarning uzunligi izchil tartibda pasayib borayotgani ham bu o'rinda ritmni ta’kidlovchi vosita bo'lib xizmat qila di. Shuningdek, murakkablashtiruvchi sintaktik unsurlar (ajratilgan, uyushiq bo'laklar) ham ayni shu vazifani baja- rishi yaqqol ko'rinadi. Aslida, gapdagi asosiy fikr «Biz ... uyga kiramiz» konstruksiyasida mujassam, oradagi yoyiq hoi («bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib») va yo yiq to'ldiruvchi («ayvonning chap tarafidagi daricha orqa lik») esa qo'shimcha informatsiya tashiydi va talaffuzda alohida intonatsiya bilan ajraladi. Chunki, garchi hozir- gi o'zbek punktuatsiyasida bu kabi hollarda ikki tomon- dan vergul bilan ajratish qat’iy belgilanmagan bo'lsa-da, mazmun talaffuzda ajratishni taqozo etadi. Ega (biz)dan 307 keyingi juda qisqa (shu bois uni teskari drob chiziq bilan belgiladik) pauza uning kesim bilan aloqasiga ishora qila di. Umuman, ritmning his qilinishida pauza - to'xtamlar- ning ahamiyati juda katta, ular taqriban teng uzunlikdagi kolonlarni ajratib ta’kidlaydi. Adabiyotlarda pauzaning mantiqiy, intonatsion-sintaktik, psixoiogik kabi ko'rinish- lari farqlanadi. Pauzaning sanalgan ko'rinishlari nutqda ritmik pauza bilan ustma-ust tushishi, bundan tashqa ri, sof ritmik to'xtamlar ham bo'lishi mumkin. Masalan, yuqoridagi jumlaning beshinchi va oltinchi kolonlari orasi da («par yo stiq quchog'ida \ sovuqdan erinibmi») tom ma’nodagi to'xtam mavjud emas, ularni pasayib boruvchi (ya’ni ma’no urg'usi olayotgan so'zdan urg'usizlari to- mon) ohanglar chegarasi ajratadi. Bu jihatdan qaralsa, koion musiqadagi takt tushunchasiga monand ekanini ko'rish qiyin emas. Zero, musiqadagi takt ham bir kuchli zarb bilan ikkinchisi orasidagi masofani ajratadi. A.Qodiriy personajlari dilida kechayotgan holatlarni tasvirlaganda nutqning qalb kechinmalariga hamohang bo'lishiga alohida e’tibor beradi. Natijada personaj ruhiyati g'oyat ishonarli va ta’sirli akslanadi - ohang orqali perso naj qalbidagi mayin mavjlardan tortib dolg'ali to'lqinlar qa dar o'quvchi diliga inadi, uni beixtiyor hamdardga aylantirib qo'yadi. Masalan, kuni kecha ko'ngil halovatini o'g'irlatgan Kumushning ertalab uyg'onib to'yi bo'layotganidan xabar topgandan keyingi holati: Kumushning dardini hech kim biimas, 11 uning xayoliga hech kim tushunmas, 11 magar shu ariq bo'yi tushungandek, 11 b//gandek... 3 Siriik ariq bo‘yi 6 unga nimaiarnidir so'zlar, 9 undan nimaiarnidir tmg\ar, 9 bunga chetdan hech kim 6 308 voqif bo'la olmaydir-da, bo'/mog'i ham mumkin emas. Ko'zlaridan oqqan marvarid tomchilarini shu sirlik ariq suvi bilan Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling