Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Adabiyotlar
Tayanch tushunchalar:
sochma, tizma, nasr, nazm, ritm, ritmiklik, nutq ritmi, nasriy nutq ritmi, «asar ohangi, musiqasi» (O'.Hoshimov), ritmik quri- iish, ritmik bo'lak, sintagma, mazmuniy-grammatik-fonetik birlik, kolon, prosodik vositalar, urg'u, pauza, saj’, fosila, kalom bo'lak (qarina)iari, abzats, saj’ martabalari, prelyudiya, saraxbor. Savol va topshiriqlar: 1. Yuqorida aytilgan «ritm tushunchasi zamon va harakat tu shunchalari bilan uzviy bog'liq» degan fikrni qanday tushuna- siz? Ayni tushunchalarni nutq ritmi bilan bog'lab, shu asosda ritmiklik nutqqa tabiatan xos xususiyat ekanini dalillang. 2. Agar «og'zaki nutqda kuzatiluvchi ritm tabiiy ravishda yozma nutqqa ham ko‘chadi»gan bo'lsa, u holda «badiiy nasrdagi rit miklik spontan xarakterga ega» deyish mumkinmi? Mumkin emasligini isbotlashga harakat qiling. 310 3. Misollar yordamida «ritmik jihatdan qaraganda bitta so'z ham, bitta so'z birikmasi ham, bitta gap ham sintagmaga teng kelaverishi mumkin» degan fikrni dalillab bering. 4. Yozuvchi va qahramonning ruhiy yaqinligi yoki, aksincha, ruhan uzoqligi ritmga qanday ta’sir qiladi? Umuman, nasriy asardagi ritm roviyning emotsional holati, ayni damda nima haqda so'z borayotgani, tasvirlanayotgan hayotiy holat mohiyati kabilarga mos bo'lishini aniq misollar yordamida ko'rsatib bering. 5. «0‘tkan kunlar»dagi personajlardan ikkitasini tanlab oling-da, ularning nutqi ritmik jihatdan ham o'ziga xos ekanini ko'rsatib berishga urinib ko'ring. Bunda nutq egasi, nutq vaziyati, nutq predmeti kabi omillarni nazarda tuting. Adabiyotlar: 1. Аъзамов А. Мансур дард // Масъул суз. - Тошкент, 1987. - Б . 4 - 3 3 . 2. Гиршман М.М. Ритм художественной прозы. - М.: СП, 1982. - Б.60, 38. 3. Саримсоков Б. Узбек адабиётида сажъ. - Тошкент: Фан, 1978. 4. Суз бу - сехрли дунё. Узбекистон хал к; ёзувчиси Уткир Х,о- шимов билан сухбат // Шарк юлдузи,- 2010,- №1. - Б.133 - 134. 5. Щерба Л.В. Фонетика французского языка. - М.: Выс шая школа, 1963. - С.86. 6. Х,усайний Атоуллох;. Бадойиъу-с-санойиъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981. 7. Куронов Д. Нутк таъсирдорлиги ва ритм // Узбек тили ва адабиёти.- 1996,- №6. - Б.31 - 33. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling